29-modda. Vasiyning yoki homiyning o‘z majburiyatlarini bajarishdan ozod qilinishi
Vasiy yoki homiy o‘zining arizasiga ko‘ra o‘z majburiyatlarini bajarishdan ozod qilinishi mumkin.
Homiy homiylikdagi shaxsning talabiga ko‘ra o‘z majburiyatlarini bajarishdan ozod qilinishi lozim.
Vasiyni yoki homiyni o‘z majburiyatlarini bajarishdan ozod qilish to‘g‘risidagi qaror tuman, shahar hokimi tomonidan vasiylik va homiylik organining iltimosnomasi asosida qabul qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Voyaga yetmaganning, muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan fuqaroning vasiysi yoki homiysi o‘z majburiyatlarini bajarishdan ozod qilingan taqdirda, vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxsning istagi inobatga olingan holda unga qonunchilikda belgilangan tartibda boshqa vasiy yoki homiy tayinlanadi yoxud joylashtirishning boshqa shakli belgilanadi.
(29-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining VI bo‘limi, (“Ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni joylashtirish shakllari”), O‘zbekiston Respublikasining “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunning 24-moddasi oltinchi qismi, O‘zbekiston Respublikasida Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 12-apreldagi 171-son qarori bilan tasdiqlangan “Voyaga yetmagan bolalarni farzandlikka va bolalarni oilaga tarbiyaga olish (patronat) to‘g‘risida”gi nizom.
Sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra homiylik belgilanishiga muhtoj bo‘lgan voyaga yetgan muomalaga layoqatli fuqaroning homiysi o‘z majburiyatlarini bajarishdan ozod qilingan taqdirda, homiylikdagi shaxsning roziligi bilan homiy sifatida boshqa shaxs tayinlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Vasiy yoki homiy majburiyatlarini bajargan shaxs o‘z majburiyatlarini bajarishdan ozod qilinganligi to‘g‘risida unga ma’lum bo‘lgan kundan e’tiboran uch ish kunidan kechiktirmay vasiylik va homiylik organiga qonunchilikda belgilangan tartibda hisobot taqdim etishi shart.
(29-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Qonunning 43-moddasi.
LexUZ sharhi
Shuningdek, qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 22-sentabrdagi 269-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Vasiylik va homiylik to‘g‘risida”gi nizomning 91-bandi.
Dostları ilə paylaş: |