Pdf-faylidagi rasmiy manba O‘zbekiston Respublikasining Qonuni


-modda. Voyaga yetmaganlarga nisbatan ular ota-onasining yoki voyaga yetmaganlarning o‘z arizasiga ko‘ra vasiy yoki homiy tayinlash



Yüklə 167,83 Kb.
səhifə20/38
tarix05.04.2022
ölçüsü167,83 Kb.
#54745
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   38
O‘RQ-364 02.01.2014

26-modda. Voyaga yetmaganlarga nisbatan ular ota-onasining yoki voyaga yetmaganlarning o‘z arizasiga ko‘ra vasiy yoki homiy tayinlash

Tuman, shahar hokimi qarori bilan ota-onaning uzrli sabablarga ko‘ra o‘zlarining ota-onalik majburiyatlarini bajara olmaydigan davr uchun o‘zining voyaga yetmagan bolalariga vasiy yoki homiy tayinlash to‘g‘risidagi arizasi asosida vasiy yoki homiy tayinlanishi mumkin, ushbu arizada aniq shaxs hamda vasiy yoki homiy vakolatlarining amal qilish muddati ko‘rsatiladi.

Voyaga yetmagan bolalarning ota-onasi o‘z sog‘lig‘i holatiga ko‘ra bolalariga vasiyni yoki homiyni, agar uning roziligi bo‘lsa, belgilashi mumkin. Ota-onaning o‘z voyaga yetmagan bolalariga vasiy yoki homiy tayinlash haqidagi arizasi bolalarning yashash joyidagi vasiylik va homiylik organiga beriladi.

Ota-onaning o‘z voyaga yetmagan bolalariga vasiy yoki homiy tayinlash haqidagi arizasi ushbu ariza yozilgan sana ko‘rsatilgan holda ularning o‘z qo‘li bilan imzolangan va notarial tartibda tasdiqlangan bo‘lishi kerak.

 LexUZ sharhi

Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Notariat to‘g‘risida”gi Qonunning 6-bob (“Normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini tashkil etish va ta’minlash”), “Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma” (ro‘yxat raqami 3113, 04.01.2019-y.).

Ota-ona o‘z voyaga yetmagan bolalariga vasiy yoki homiy tayinlash haqidagi arizasini bolalarning yashash joyidagi vasiylik va homiylik organiga yangi ariza berish yo‘li bilan bekor qilishga yoki o‘zgartirishga haqli.

O‘n to‘rt yoshga to‘lgan voyaga yetmaganga homiy voyaga yetmaganning aniq shaxs ko‘rsatilgan arizasiga ko‘ra tuman, shahar hokimi qarori bilan tayinlanishi mumkin.

Oldingi tahrirga qarang.

Tuman, shahar hokimi voyaga yetmaganning otasi (onasi) yoki ota-onasi yoxud o‘n to‘rt yoshga to‘lgan voyaga yetmaganning o‘zi ko‘rsatgan shaxsni vasiy yoki homiy etib tayinlashni rad etish to‘g‘risidagi qarorni faqat bunday tayinlash qonunchilikka yoxud voyaga yetmaganning qonuniy manfaatlariga zid bo‘lgan taqdirda qabul qiladi.



(26-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

 LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 22-sentabrdagi 269-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Vasiylik va homiylik to‘g‘risida”gi nizomning 77-bandi.


Yüklə 167,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin