22-modda. Vasiy yoki homiy etib tayinlanishi mumkin bo‘lmagan shaxslar
Quyidagilar vasiy yoki homiy etib tayinlanishi mumkin emas:
ota-onalik huquqidan mahrum etilgan yoki ota-onalik huquqlari cheklangan shaxslar;
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 79 va 83-moddalari.
sud tomonidan muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaxslar;
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 30 va 31-moddalari.
sobiq farzandlikka oluvchilar, agar farzandlikka olish ularning o‘z zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarini bajarishdan bo‘yin tovlaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi, ota-onalik huquqlarini suiiste’mol qilganligi, farzandlikka olinganlar bilan shafqatsiz munosabatda bo‘lganligi, surunkali alkogolizm yoki giyohvandlikka mubtalo bo‘lganligi oqibatida bekor qilingan bo‘lsa;
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 169-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 12-apreldagi 171-son qarori bilan tasdiqlangan “Voyaga yetmagan bolalarni farzandlikka va bolalarni oilaga tarbiyaga olish (patronat) to‘g‘risida”gi nizomnin 22-bandi.
o‘z zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi yoxud o‘z huquqlarini suiiste’mol qilganligi uchun vasiy yoki homiy majburiyatlarini bajarishdan chetlashtirilgan shaxslar;
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur qonunning 30-moddasi.
Oldingi tahrirga qarang.
hayotga, sog‘liqqa qarshi jinoyatlar, hayot yoki sog‘liq uchun xavfli bo‘lgan jinoyatlar, jinsiy erkinlikka, oilaga, yoshlarga va axloqqa qarshi, shaxsning ozodligiga, sha’ni va qadr-qimmatiga qarshi (bundan tuhmat, haqorat qilish mustasno), fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklariga qarshi (bundan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish, mualliflik yoki ixtirochilik huquqlarini buzish mustasno), tinchlikka va insoniyatning xavfsizligiga qarshi, O‘zbekiston Respublikasiga qarshi jinoyatlar, o‘zgalarning mol-mulkini talon-toroj qilish bilan bog‘liq bo‘lgan jinoyatlar, jinoiy yo‘l bilan topilgan mol-mulkni olish yoki o‘tkazish, tijoratda pora evaziga og‘dirib olish yohud nodavlat tijorat tashkilotining yoki boshqa nodavlat tashkilotining xizmatchisini pora evaziga og‘dirib olish, boshqaruv tartibiga, shuningdek odil sudlovga qarshi jinoyatlar, qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qo‘llash, jamoat xavfsizligiga qarshi jinoyatlar (bundan uchuvchisiz uchadigan apparatlarni qonunga xilof ravishda olib kirish, o‘tkazish, olish, saqlash yoki ulardan foydalanish, karantinli va inson uchun xavfli bo‘lgan boshqa yuqumli kasalliklar tarqalishi haqida haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan ma’lumotlarni tarqatish, uchuvchisiz uchadigan apparatlarni saqlash va ulardan foydalanish tartibini buzish, tadqiqot faoliyatini amalga oshirishda xavfsizlik qoidalarini buzish, mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish, sanitariyaga oid qonunchilikni yoki epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzish, tog‘-kon, qurilish yoki portlatish ishlari xavfsizligi qoidalarini buzish, yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish mustasno), giyohvandlik vositalarining yoki psixotrop moddalarning qonunga xilof muomalasidan iborat jinoyatlar, jamoat tartibiga qarshi jinoyatlar va harbiy mansabdorlik jinoyatlari sodir etganlik uchun ilgari hukm qilinganlar;
(22-modda birinchi qismining oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-oktabrdagi O‘RQ-723-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.10.2021-y., 03/21/723/0983-son)
LexUZ sharhi
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 22-sentabrdagi 269-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Vasiylik va homiylik to‘g‘risida”gi nizomning 71-bandi.
Oldingi tahrirga qarang.
ushbu modda birinchi qismining oltinchi xatboshisida ko‘rsatilgan jinoyatlar jumlasiga kirmaydigan og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlarni sodir etganlik uchun ilgari hukm qilinganlar;
ushbu modda birinchi qismining oltinchi va yettinchi xatboshilarida ko‘rsatilgan jinoyatlarni sodir etganlik uchun o‘ziga nisbatan jinoyat ishi ayblilik to‘g‘risidagi masala hal qilinmay turib tugatilganlar;
(22-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-oktabrdagi O‘RQ-723-sonli Qonuniga asosan yettinchi va sakkizinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.10.2021-y., 03/21/723/0983-son)
Oldingi tahrirga qarang.
vasiy yoki homiy etib tayinlanishiga to‘sqinlik qiladigan kasalliklarga chalingan shaxslar.
(22-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 13-iyundagi O‘RQ-436-sonli Qonuniga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2017-y., 24-son, 487-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Shaxsning vasiy yoki homiy etib tayinlanishiga to‘sqinlik qiladigan kasalliklar ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
(22-modda O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 13-iyundagi O‘RQ-436-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2017-y., 24-son, 487-modda)
Dostları ilə paylaş: |