Pdf-faylidagi rasmiy manba O‘zbekiston Respublikasining Qonuni


-modda. Shaxsga bir nechta vasiy yoki homiy tayinlash



Yüklə 167,83 Kb.
səhifə18/38
tarix05.04.2022
ölçüsü167,83 Kb.
#54745
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   38
O‘RQ-364 02.01.2014

24-modda. Shaxsga bir nechta vasiy yoki homiy tayinlash

Vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj bo‘lgan shaxsning qonuniy manfaatlaridan kelib chiqqan holda, unga tuman, shahar hokimi qarori bilan bir nechta vasiy yoki homiy tayinlanishi mumkin.

Bir nechta vasiy yoki homiy tayinlanganda, vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxsning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bir vaqtning o‘zida barcha vasiylar yoki homiylar tomonidan amalga oshiriladi. Agar vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxsning ishlarini yuritish vasiylarning yoki homiylarning biriga topshirilsa, bu shaxs qolgan vasiylardan yoki homiylardan ishonchnomalar olgan bo‘lishi lozim.

Bir nechta vasiy yoki homiy tayinlanganda, vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxsning parvarish qilinishini ta’minlash va uning tibbiy yordamni o‘z vaqtida olishiga ko‘maklashishga doir majburiyatlar, vasiylikdagi yoki homiylikdagi voyaga yetmagan shaxsga nisbatan esa, shuningdek ta’minot, tarbiya va ta’lim berishga doir majburiyatlar vasiylik va homiylik organlarining ularni tayinlash haqidagi xulosasiga muvofiq vasiylar yoki homiylar o‘rtasida taqsimlanadi.

Vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxsning va bir vaqtning o‘zida barcha vasiylarning yoki homiylarning manfaatlari o‘rtasida, shuningdek vasiylar yoki homiylar o‘z majburiyatlarini bajarayotganda vasiylar yoki homiylar o‘rtasida qarama-qarshiliklar yuzaga kelgan taqdirda, vasiylik va homiylik organi yuzaga kelgan qarama-qarshiliklar hal etilguniga qadar vasiyning yoki homiyning majburiyatlarini bajaradi.

 LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 22-sentabrdagi 269-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Vasiylik va homiylik to‘g‘risida”gi nizomning 75-bandi.


Yüklə 167,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin