23-modda. Dastlabki tarzda vasiy yoki homiy tayinlash
Agar vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj bo‘lgan shaxsning manfaatini ko‘zlab unga darhol vasiy yoki homiy tayinlanishi zarur bo‘lsa, shu jumladan bolalar ota-onasidan yoxud ularning o‘rnini bosuvchi shaxslardan olib qo‘yilsa vasiylik va homiylik organi bir oy muddatga dastlabki tarzda vasiy yoki homiy tayinlash to‘g‘risida qaror qabul qilishga haqli.
Oldingi tahrirga qarang.
Dastlabki tarzda vasiy yoki homiy tayinlash vasiy yoki homiy bo‘lish istagini bildirgan shaxsning arizasiga ko‘ra, basharti mazkur shaxs tomonidan o‘z shaxsini tasdiqlovchi hujjat, shuningdek vasiylik va homiylik organi tomonidan uning turmush sharoitlarini tekshirish dalolatnomasi taqdim etilsa, vasiylik va homiylik organi tomonidan amalga oshiriladi.
(23-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 28-sentabrdagi O‘RQ-638-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 03/20/638/1333-son)
Dastlabki tarzda tayinlangan vasiylar yoki homiylar vasiyning yoki homiyning barcha huquqlari va majburiyatlariga ega bo‘ladi, vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxsning mol-mulkini uning nomidan tasarruf etish huquqi bundan mustasno.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Qonunning 31 va 32-moddalari.
Agar vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj bo‘lgan shaxsga dastlabki tarzda vasiy yoki homiy tayinlash to‘g‘risida qaror qabul qilingan kundan e’tiboran bir oy o‘tguniga qadar joylashtirishning u yoki bu shakli tanlangan bo‘lsa yoxud vaqtincha tayinlangan vasiy yoki homiy unga vasiy yoki homiy etib tayinlanmasa, dastlabki tarzdagi vasiylik yoki homiylik tugaydi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 22-sentabrdagi 269-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Vasiylik va homiylik to‘g‘risida”gi nizomning 74-bandi.
Dostları ilə paylaş: |