Pdf-faylidagi rasmiy manba O‘zbekiston Respublikasining Qonuni


-modda. Vasiylikni va homiylikni tugatish asoslari



Yüklə 167,83 Kb.
səhifə22/38
tarix05.04.2022
ölçüsü167,83 Kb.
#54745
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   38
O‘RQ-364 02.01.2014

28-modda. Vasiylikni va homiylikni tugatish asoslari

Vasiylik quyidagi hollarda tugatiladi:

vasiylikdagi shaxs vafot etganda;

voyaga yetmagan o‘n to‘rt yoshga to‘lganda;

voyaga yetmagan ota-onasiga qaytarilganda;

vasiylikdagi shaxs farzandlikka olinganda;

fuqaroning muomala layoqati sud tomonidan tiklanganda.

Voyaga yetmagan o‘n to‘rt yoshga to‘lganligi sababli vasiylik tugatilgach, vasiyning majburiyatlarini bajaruvchi shaxs belgilangan tartibda tayinlanmagan holda voyaga yetmaganning homiysi bo‘lib qoladi.

Homiylik quyidagi hollarda tugatiladi:

homiylikdagi shaxs vafot etganda;

homiylikdagi shaxs voyaga yetganda;

homiylikdagi shaxs ota-onasiga qaytarilganda;

homiylikdagi shaxs farzandlikka olinganda;

fuqaroning muomala layoqatini cheklash haqidagi sudning hal qiluv qarori bekor qilinganda;

voyaga yetmagan to‘la muomalaga layoqatli deb e’lon qilinganda (emansipatsiya);

homiylikdagi shaxs nikohga kirganda;

sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra homiylik belgilanishiga muhtoj bo‘lgan shaxsning sog‘lig‘i yaxshilanganda.

Vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxs tarbiya, sog‘liqni saqlash, aholini ijtimoiy muhofaza qilish muassasalarida va boshqa shunga o‘xshash muassasalarda vaqtincha bo‘lganda vasiyning yoki homiyning uzrli sabablarga ko‘ra o‘z majburiyatlarini bajara olmasligi vasiyning yoki homiyning vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxsga nisbatan huquqlari va majburiyatlarini bekor qilmaydi.

 LexUZ sharhi

Shuningdek, qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 22-sentabrdagi 269-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Vasiylik va homiylik to‘g‘risida”gi nizomning 100, 101 va 102-bandlari.


Yüklə 167,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin