Vasiylik va homiylik tuman, shahar hokimining qarori bilan belgilanadi.
Vasiylik yoki homiylik vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj bo‘lgan shaxsning yashash joyi bo‘yicha, agar shaxs muayyan yashash joyiga ega bo‘lmasa, vasiyning yoki homiyning yashash joyi bo‘yicha belgilanadi.
Qaran: mazkur Qonunning 10-moddasi uchinchi qismi, 21-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 174-moddasi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 22-sentabrdagi 269-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasida vasiylik va homiylik to‘g‘risida”gi nizomning 59-72-bandlari.
Ota-ona yashash joyida vaqtincha bo‘lmaganda, agar bola ular tomonidan olti oydan ortiq muddatga qarindoshlarining yoki boshqa yaqin kishilarining vasiyligida yoki homiyligida va nazorati ostida qoldirilgan bo‘lsa, mazkur shaxslarning bolaga nisbatan vasiyligi yoki homiyligi belgilanadi.
Ota-ona yashash joyida olti oydan kam muddatga vaqtincha bo‘lmaganda, basharti bola ular tomonidan qarindoshlarining yoki boshqa yaqin kishilarining vasiyligida yoki homiyligida va nazorati ostida qoldirilgan bo‘lsa, vasiylik yoki homiylik, agar bu bolaning manfaatlari uchun zarur bo‘lsa, belgilanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 22-sentabrdagi 269-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Vasiylik va homiylik to‘g‘risida”gi nizom II bo‘limi 3 bobining 2 paragrafi (“Alohida holatlarda vasiylik va homiylikni belgilash, vasiy va homiyni tayinlash xususiyatlari”).