Tashkllotchilik faoliyati. Bunday faoliyat ilmiy izlanish va o ‘quv-tarbiya jarayonini aniq rejalashtirish va tashkil etish malakasida ko‘rinadi. Bu o‘qituvchi, talaba va boshqa olimlaming o ‘zaro aloqador faoliyatidir.
Tashkilotchilik faoliyati o‘zini, o ‘zining vaqtini; talabalarning individual, guruh, kollektiv ishini; birgalikdagi tadqiqotlarini amalga oshirish uchun
kadrlarni tanlab olish va ulaming vazifalarini belgilab berishni tashkil etish malakasida namoyon bo‘ladi.
Tashkilotchilik faoliyatining asosiy vazifasi shu faoliyat ishtirokchilarining xatti-harakatlarini integrasiyalashdir.
Ilmiy-bilish faoliyati. Bu faoliyat atrof-olamni va o‘zini chuqur va har tomonlama bilish malakasida ko‘rinadi.
0 ‘qituvchi o‘z tadqiqotlari, talabalar va aspirantlaming ilmiy faoliyati jarayoni va natijalarini tahlii qiladi.
Kommunikativlik faoliyati. Bu faoliyat safdoshlari va talabalar bilan maqbul o‘zaro aloqalami belgilash malakasini ko‘zda tutadi.
Kommunikativlik faoliyati asosida o ‘qituvchining o ‘z-o‘zini boshqarish qobiliyati yotadi.
Tadqiqotchilar pedagogik vazifani pedagogik jarayonning asosiy birligini namoyon etadigan o‘ziga xos tizim sifatida izohlaydilar.
V.A.Slastenin pedagogik vazifa deganda, bilish, voqelikni yangilash (o‘zgartirish) maqsadi boMgan o‘ylangan pedagogik vaziyatni tushunadi.
0 ‘qituvchining maqsadga yo‘nalgan faoliyatida pedagogik vazifaning:
strategik, taktik va operativ kabi uch katta guruhi farqlanadi.
Strategik vazifa. Bu o‘ziga xos ulkan vazifa. Strategik vazifalar ta’limning umumiy maqsadlaridan kelib chiqadi. U jamiyat rivojlanishining obyektiv ehtiyojlarini aks ettiradi. Bu vazifalar pedagogik faoliyatning dastlabki maqsadi va yakuniy natijalarini aniqlab beradi.
Joriy pedagogik jarayonda strategik vazifalar taktik vazifalarga aylanadi.
Taktik vazifalar ta ’lim ning yakuniy natijalarini ta ’m inlashga yo‘nalganligini saqlab qolgan holda strategik vazifalarning u yoki bu bosqichida hal qilinadigan vazifalardir.
Operativ vazifalar pedagog amaliy faoliyatida joriy va birinchi navbatda hal qiladigan vazifalardir.
Oliy maktab o‘qituvchisining kasbiy faoliyat tahlili shuni ko‘rsatadiki, bu kasb o‘ta murakkab hamda o‘ta ijodiy kasbdir.
Shunday qilib, o‘qituvchining pedagogik mahorati pedagogik vazifalami yuksak darajada yechish, o ‘qituvchining shaxsiy xislatlari sintezi, uning rang-barang ilmiy sohadagi va pedagogik faoliyatidagi bilim hamda malaka va ko‘nikmalari bilan belgilanadi.