Pedagog tarbiyachi shaxsini shakllantirish


-mavzu: Tarbiya jarayonini tashkil etishga doir zamonaviy yondoshuvlar va ularning о‘ziga xosliklari



Yüklə 44,69 Kb.
səhifə4/6
tarix15.06.2023
ölçüsü44,69 Kb.
#130584
1   2   3   4   5   6
Pedagog tarbiyachi shaxsini shakllantirish

2-mavzu: Tarbiya jarayonini tashkil etishga doir zamonaviy yondoshuvlar va ularning о‘ziga xosliklari


Reja:

  1. Shaxs rivojlanishi va tarbiyasi masalalari

  2. Bola shaxsi rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar

  3. Zamonaviy pedagogikada shaxs shakllanishiga doir yandoshuvlar

«Shaxs» - kadrlar tayyorlash tizimining bosh subyekti va obyekti, ta'lim sohasidagi xizmatlarning iste'molchisi va ularni amalga oshiruvchidir.
Harakat usullarini egallab borish orqali bolada faollik rivojlanadi. Ammo faollikning qay darajada rivojlanib borishi irsiyatga hamda taqlidchanlik qobiliyatiga bog'liq. Bola hayotining dastlabki yillarida kattalar bilan bo'ladigan munosabati va narsa-buyumlar bilan bajargan harakati asosiy faoliyat turi hisoblanadi. Bola bilan muomala qilish orqali kattalar ularni asta-sekin buyumlar olamiga olib kiradilar.
Mana shu yo'l bilan bola buyumlar bilan bo'ladigan faoliyatning o'ziga xos tomonlarini egallab boradi.
2,5 yoshdan keyin buyumlar bilan bo'ladigan faoliyatda bolalar ancha yuqori ko'rsatkichlarga erishadilar va ularning o'yin hamda tasviriy faoliyatga o'tishlari uchun asos yaratiladi.
Kattalar tomonidan tashkil etilgan muomala munosabatlarida, faoliyatlarda o'z-o'zini anglab olishning dastlabki shakllari shakllanadi.
Mashg'ulotlardagi o'quv faoliyati orqali bolalar tevarak atrofidagi tabiat to'g'risida, ijtimoiy hayot, kishilar to'g'risidagi bilimlarni o'zlashtirib oladilar. Shuningdek, ularning aqliy va amaliy bilimlari kengayib boradi.
Agar ta'lim jarayonida 3-4 yoshli bolalar diqqati tabiat, kishilar to'g'risidagi konkret faktlarga qaratilsa, 5-6 yoshli bolalarga ta'lim berishda asosiy e’tibor muhim bog'liqliklar va munosabatlarga, ulardagi oddiy tushunchalarni shakllantirishga qaratiladi. Bular orqali bolalarda tushunarli tafakkur rivojlantiriladi.
Kichik maktab yoshidagi bolalar uchun o'qish asosiy faoliyat bo'lib qoladi va bu faoliyatni bolalar ijtimoiy ahamiyatli faoliyat deb anglay boshlaydilar, Bola o'zini maktab o'quvchisi deb tushuna boshlaydi.
Demak, bolani tarbiyalashda, uning rivojlanishida faoliyat yetakchi rol o'ynaydi. Shuning uchun ta'lim-tarbiya muassasalarida va oilada bolaning hayotini u turli-tuman faoliyatlar bilan shug'ullana oladigan qilib tashkil etish kerak. Bunga albatta, bolalar faoliyatining mazmunini boyitib borish, yangi bilim malakalarni singdirish mustaqilligini rivojiantirish bilan erishiladi.
Odam shaxsini shakllantirish bu tevarak-atrofdagi dunyoga, tabiatga, mehnatga, boshqa odamlarga va o'ziga munosabat sistemasini izchil o'zgartirish va murakkablashtirishdir.
Bu uning butun hayoti davomida ro'y beradi. Bunda bolalik va o'smirlik yoshi, ayniqsa, muhimdir.
Odamning shaxs sifatida rivojlanishi uning **oniy va ma'naviy kuchlari birligida har tomonlama va yaxlit amalga oshiriladi. Dunyoqarash, e'tiqod, ma’naviy sifatlar, his-tuyg'ular (burch, vijdon, mas'uliyat, muhabbat] madaniyati aniq tarixiy ijtimoiy sharoitda yaratiladi va shaxsning shakllanishiga ta’sir, etadi.
Shaxs faoliyati muomalada shakllanadi hamda rivojlanadi. Agar odam ijtimoiy faoliyatning turli xillarida: o'quv, ishlab chiqarish faoliyati va hokazolarda ishtirok etsa, bu faoliyat shaxsni rivojlantiradi, lekin faoliyat odamni u yoki bu ijtimoiy munosabatlardan chegaralab qo'ysa, u shaxsning rivojlanishiga to'sqinlik qiladi, yoki uning rivojlanishini buzadi. Shaxsning yetakchi xususiyatlari shaxsga, uning ichki dunyosiga tashqi ta'sir natijasida rivojlanadi. Shaxsning ma'naviy hayot mazmuni - bu shaxsning o'z ichki ishining yakuni bo'lib, bu jarayonda tashqi ta'sirlar qayta ishlanadi va o'zlashtiriladi.
Odamning rivojlanishi - bu miqdor va sifat o'zgarishi, eskining yo'q bo'lishi va yangining vujudga kelishi jarayoni bo'lib, uning manbayi va harakatlantiruvchi kuchlari shaxsning ham tabiiy, ham ijtimoiy tomonlarining ziddiyatli o'zaro aloqasida yashiringandir.
Odamning tabiiy tomoni uning butun umri davomida rivojlanadi va o'zgaradi. Bu rivojlanish va o'zgarishlar yosh xususiyatiga ega bo'ladi. Shaxsning ijtimoiy rivojlanish manbayi shaxs bilan jamiyatning ziddiyatli o'zaro aloqasida yashiringandir.
Maktabgacha pedagogika fani bu ziddiyatli o'zaro aloqani ochib tashlaydi va ulardan shaxsni shakllantirish uchun foydalanadi. Jumladan, bolaning odamlar hayotida ishtirok etish ehtiyoji bilan u intilishni amalga oshirish imkoniyatlari o'rtasidagi ziddiyat faoliyat sifatida o'yinning vujudga kelishi va rivojlanishiga hamda bolalardagi o'yin faoliyatida ijtimoiy xulq-atvor shakllari, ijtimoiy munosabatlar va hokazolarning shakllanishiga olib keladi.

Yüklə 44,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin