qulaylik, mazkur sharoitda eng yaxshi natijalarga erishish uchun minimal darajada vaqt va kuch sarf qilish;
yuksak namunalarga mos keladigan faoliyat usullarini o‘zlashtirish va natijalarga erishish;
yangi vazifalar qo‘yish, nostandart texnologiyalarni topish, umuman yangi mahsulot yaratish, shakllangan tajribalardan chetga chiqish (kasbiy ijod, yangiliklar yaratish).
kasbiy faoliyatda ijobiy psixologik muhitni ta’minlash, ishtirokchilarning hamkorlikdagi faoliyatdan o‘zaro qiniqishiga erishish;
mazkur guruhda qabul qilingan kasbiy etika, me’yor va muloqot tiliga rioya qilish.
4. Yetuk mutaxassis shaxsining ko‘rsatkichlari:
mazkur kasbning ahloqiy qadriyatlari va mentalitetini tushunish;
shaxsiy kasbiy tajribasini to‘plash va tahlil qilish;
o‘z kasbining ustasi sifatida namoyon eta olish, kasbiy rivojlanishi uchun eng qulay ssenariyni tashkil eta olish;
o‘z imkoniyatlaridan maksimal darajada foydalana olish va kompensatsiya qilish (o‘rnini to‘ldirish);
kasbiy faoliyatda kishining imkoniyatlariga mos keluvchi, kasbiy topshiriq va faoliyat usullarini birlashtiruvchi individual uslubni shakllantirish;
o‘zini saqlab qolish uchun xavf tug‘ilgan paytda ham mehnat faoliyatini blokirovka qilish (ajratib olish), xulq-atvorga xos kasbiy xatti-harakatlarning adekvatligi va tejamkorligi;