1. «Pedagogik aksiologiya» tushunchasiga ta’rif bering.
2. Pedagogik aksiologiya faniningpredmetininimatashkiletadi?
Tayanch tushunchalar:
Qadriyat – qadr-qimmat ma’nosini anglatib, inson uchun qadrli bo‘lgan barcha narsa va hodisalar (predmet va jarayonlar) majmuidir.
Qadriyat – voqelikdagi muayyan hodisalarning umuminsoniy, ijtimoiy axloqiy, ma’daniy –ma’naviy ahamiyatini ko‘rsatish uchun qo‘llaniladigan tushuncha.
An’ana – arabcha so‘z bo‘lib, uzoq zamondan beri avloddan – avlodga o‘tib davom etib kelayotgan urf – odatlar, axloq mezonlari, qarashlar va shu kabilardir. An’ana– ijtimoiy va madaniy merosdir (Zuhra Ismoilova) . Bu uzoq vaqtlardan beri ajdoddan – avlodga o‘tib kelayotgan va bizgacha etib kelgan, ko‘pchilik tomonidan qabul qilingan tartib va qoidalardir. «An’ana», «Urf – odat», «marosim» lar bir – biriga bog‘lanib, ko‘pincha urf – odat tushunchasi asosida targ‘ib qilinadi.
Qadr – kishining jamiyatda tutgan o‘rni, obro‘-e’tibori, hurmati, nufuzi.
Tabiiy qadriyatlar – insonning yashashi va rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan resurslar, ya’ni er va er osti boyliklari, suv, havo, o‘rmonlar, o‘simliklar, hayvonot dunyosi va boshqalar.
Moddiy qadriyatlar – insonlarning moddiy ehtiyojlarini qondirishda qadrli bo‘lgan narsa (predmet, buyum)lardir. Ular: ishlab chiqarish vositalari va qurollari, mehnat predmetlari, moddiy ne’matlar, kishi faoliyati jarayonini amalga oshirishdagi buyumlar.
Ma’naviy qadriyatlar – siyosiy, huquqiy, badiiy, diniy, estetik, falsafiy, axloqiy, ma’rifiy, madaniy qadriyatlar majmuasidir.
Estetik qadriyatlar – barcha ham shaklan, ham mazmunan go‘zalliklardir (barcha tabiiy va ijtimoiy go‘zalliklar).
Milliy qadriyatlar – muayyan xalq va millatlarning uzoq tarixiy davrlar asosida rivojlanib kelgan va ma’lum shakl va mazmunga ega bo‘lgan moddiy va ma’naviy boyliklar majmuasidir.