Pedagogik aksiologiya pedagogika fanining yangi tarmog‘i sifatida



Yüklə 30,26 Kb.
səhifə2/5
tarix09.06.2023
ölçüsü30,26 Kb.
#127801
1   2   3   4   5
Hamroyeva (Pedagogik aksiologiya pedagogikafanining yangi tarmog‘i)

Qadriyatlar faqat o‘tmish uchun qadrli bo‘lmasdan, balki hozirda ham kelajak taraqqiyotida ham qadrli bo‘lib, ular jamiyat taraqqiyotiga ijobiy ta’sir qiladi hamda kishilar ongiga singib ijtimoiy ahamiyat kasb etadigan moddiy, ma’naviy, tabiiy, diniy, axloqiy, falsafiy va h.k.lar majmui tushuniladi.
Qadriyat turlari quyidagilar:

  • tabiiy qadriyatlar;

  • moddiy qadriyatlar;

  • ma’naviy qadriyatlar;

  • estetik qadriyatlar;

  • milliy qadriyatlar;

  • umuminsoniy qadriyatlar.

Bular o‘z navbatida shajaraviy xususiyatga ega.
Tabiiy qadriyatlar– insonning yashashi va rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan resurslar, ya’ni yer va yer osti boyliklari, suv, havo, o‘rmonlar, o‘simliklar, hayvonot dunyosi va boshqalar.
Moddiy qadriyatlar – insonlarning moddiy ehtiyojlarini qondirishda qadrli bo‘lgan narsa (predmet, buyum)lardir. Ular: ishlab chiqarish vositalari va qurollari, mehnat predmetlari, moddiy ne’matlar, kishi faoliyati jarayonini amalga oshirishdagi buyumlar.
Ma’naviy qadriyatlar – siyosiy, huquqiy, badiiy, diniy, estetik, falsafiy, axloqiy, ma’rifiy, madaniy qadriyatlar majmuasidir.
Estetik qadriyatlar– barcha ham shaklan, ham mazmunan go‘zalliklardir (barcha tabiiy va ijtimoiy go‘zalliklar).
Milliy qadriyatlar – muayyan xalq va millatlarning uzoq tarixiy davrlar asosida rivojlanib kelgan va ma’lum shakl va mazmunga ega bo‘lgan moddiy va ma’naviy boyliklar majmuasidir.
Umuminsoniy qadriyatlar– umumbashariy ahamiyatga ega bo‘lgan va uning sivilizatsiyasi bilan bog‘liq bo‘lgan moddiy va ma’naviy qadriyatlar majmuasidir. Umuminsoniy qadriyatlarning asosini kurrai zamindagi ilm-fanni taraqqiy ettirish, dunyo bo‘yicha tinchlik va barqarorlikni saqlash, ekologik muammolar yechiminiizlash, yadroviyqurollarpoygasinito‘xtatish, turlixalqaroxavflarnioldiniolish, turlikasalliklarningoldiniolish, tabiatnimuhofazaqilish, qashshoqlikvasavodsizlikkabarhamberish, sanoatxomashyosi, energiya manbalariniyaxshilash, koinotvajahonokeaniresurslarinio‘zlashtirishva shu kabilarbilanbog‘liqbo‘lganmuammolartashkiletadi.
17 asrda Bekon, Dekart, Gobbs, Leybnits kabi faylasuflar bilim qadri oshirilishi haqida gapira boshlaydi. Dekart bilim qadri haqida shunday yozadi: “Men fikrlayabman, demak men mavjudman” [2].

Yüklə 30,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin