Pedagogik amaliyot boʻyicha talabaning kundaligi



Yüklə 330,65 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/12
tarix01.12.2023
ölçüsü330,65 Kb.
#170625
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
4-kurs Pedagogik Kundalik 2023

 
 
 



TALABA UCHUN PEDAGOGIK AMALIYOT TOʻGʻRISIDA 
1. Pedagogik amaliyot davlat standartidagi mutaxassisni - yuqori malakali 
oʻqituvchini tayyorlashda oʻquv jarayonining eng muhim shartlaridan biri 
hisoblanadi. Amaliyot davrida talaba oʻz mutaxassisligi boʻyicha ilmiy va nazariy 
bilimlarini tajribada sinovdan oʻtkazadi, darsni tashkil qilishning ilmiy-metodik 
tomonlarini oʻzlashtirish bilan bogʻliq boʻlgan sir-asrorlarini egallaydi, eng 
muhimi, predmet boʻyicha bayon etilgan mavzu yuzasidan oʻquvchilarga bilim 
berish, iqtidor hosil qilish, ularda fanga, ilmga nisbatan qiziqish uygʻotish va ijobiy 
fikrni tarbiyalash, Vatanga muhabbat tuygʻusini yuzaga keltirishning amaliy 
usullarini tatbiq etishning yoʻl-yoʻriqlarini oʻzlashtirib oladilar. 
Pedagogik amaliyot jarayonida talaba taʼlim muassasasi anʼanalari bilan 
tanishishdan tashqari, ilgʻor oʻqituvchilarning ish tajribalarini oʻrganadi, uni 
oʻzining amaliy faoliyatida tatbiq qilish koʻnikmalariga ega boʻladi, eng muhimi, 
oʻquv va tarbiyaviy jarayonni tashkil qilish, darsda qoʻllaniladigan darslik va 
metodik qoʻllanmalardan foydalanish уоʻ1-yoʻriqlarini oʻrganadi. Bulardan 
tashqari, sinfdan va taʼlim muassasasidan tashqari ishlarni tashkil qilish, uni 
oʻtkazish, oʻquvchilarning toʻgaraklariga rahbarlik qilish, isteʼdodli oʻquvchilar 
bilan ishlash va ularning fanga nisbatan qiziqishlarini oʻstirish bilan bogʻliq 
boʻlgan oʻquv-tarbiyaviy ishlarning uslubiy yoʻllarini oʻzlashtiradilar. 
Pedagogik amaliyotda faol ishtirok etishni taʼminlash talabalarning taʼlim 
muassasasini boshqarishning ilmiy asosini oʻrganishga, oʻquv jarayonining 
samarali usullarini joriy qila bilishga imkon beradi. 
Pedagogik amaliyotni oʻtash uchun nazariy va amaliy taʼlimning oʻquv 
rejalarini toʻla bajargan talabalarga ruxsat beriladi. 
2. Talaba pedagogik amaliyotdan oldin fakultet metodistlaridan amaliyot 
kundaligi va dasturini olishi hamda bajarishi lozim boʻlgan ishlarning mohiyati 
bilan tanishib tavsiya etilgan adabiyotlar roʻyxatini olishi kerak. 
3. Amaliyot davrida talaba quyidagilarni bajarishi shart: 
- taʼlim muassasasi ichki tartib-qoidalariga rioya qilish, amaliyot dasturida 
koʻzda tutilgan vazifalarni toʻliq bajarish; 
- taʼlim muassasasi direktori va oʻquv-uslubiy ishlar boʻyicha direktor 
muovunining hamma topshiriqlarini bajarish hamda oʻqituvchilar va amaliyot 
boshligʻining koʻrsatmalariga amal qilish; 
- taʼlim muassasasi (sinf (guruh)lar, laboratoriyalar, oʻquv ustaxonalari, 
taʼlim muassasasi uchastkasi va sanitariya uchastkalari) bilan batafsil tanishish; 
- taʼlim muassasasining oʻquv-tarbiyaviy ish rejalarini oʻrganib chiqish;
- sinf (guruh) oʻquvchilari va ularning davomati bilan tanishish; 
- mutaxassisligi boʻyicha 20 ta darslarini oʻtkazish; 



- amaliyot davrida fan oʻqituvchilarining darslariga qatnashish; 
- darslarning tahlilini berish; 
- darsdan tashqari ishlar (daftar va kundaliklarni toʻldirish); 
- oʻquvchilarning uylariga borish va ularning ota-onalari bilan suhbatlar 
uyushtirish; 
- oʻzlashtirishi sust oʻquvchilar bilan qo`shimcha shug`ullanish; 
- taʼlim muassasasida ota-onalar majlislarini oʻtkazishda faol ishtirok etish, 
devoriy gazeta chiqarish va taʼlim muassasasi madaniy ishlarini bajarish; 
- amaliyot kundaligini muntazam yuritish. 
Amaliyotda bajarilgan hamma ish amaliyotchi talabaning oʻquv-tarbiyaviy ishlar 
taqvim-tematik rejasida oʻz ifodasini topmogʻi lozim. 
4. Amaliyot tugagandan soʻng talaba uch kun ichida taʼlim muassasasi 
oʻqituvchilarining tavsifnomasi bilan pedagogik amaliyot boʻyicha ushbu kundalik 
hisobotni va quyidagilarni fakultet metodistiga topshirishi kerak: 
- bir oʻquvchi va butun sinfga batafsil psixologik tavsiyanomasi, sinf bilan 
ishlash rejasi; 
- dars ishlanmalari (darsining konspekti, kuzatilgan darslarning tahlili, 
kundalik yuzasidan hisobot); 
5. Amaliyot darslari va bajarilgan ishlar haqida salbiy tavsifnoma olgan yoki 
amaliyotdan qoniqarsiz baho olgan talabalarga universistetda belgilgan nizom 
asosida tegishli chora koʻriladi. 
6. Taʼlim muassasasining ichki tartibini buzgan talabalarga jazo berilishi 
mumkin, bu haqida universitet rektoriga xabar beriladi. 




Yüklə 330,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin