4. Pedagogik amaliyot davomida amalga oshiriladigan kundalik ishlar: 1.Kundalik yuritish (reja bo‘yicha bajarilgan kunlik ishlar, o‘rganilgan yangi
ma‘lumotlar, duch kelingan muammolar va uni bartaraf etish uchun amalga
oshirilgan ishlar, pedagogik amaliyot samaradorligini oshirish bo‘yicha fikr-
mulohazalar va boshqalar yozib boriladi).
2.
Sinf va alohida tanlangan o’quvchi ustida pedagogik-psixologik kuzatish
olib borish, uning natijalari bo’yicha ma’lumot to’plash va tahlil qilib borish.
3.
Ta‘lim muassasasi pedagogik kengashlari va fan bo‘yicha uslubiy birlashma
yig‘ilishlarida faol ishtirok etish.
4.
Ta’lim muassasasi miqyosidagi yig‘ilishlar, ta‘lim-tarbiyaviy tadbirlarga
tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazishda faol ishtirok etish.
5. Amaliyot davomida paydo bo‘lgan kasbiy muammolarni aniqlab, tahlil
qilish va hal etib borish.
6.
Ta’lim va tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish va o‘tkazish bo‘yicha ilg‘or
tajribalarni o‘rganib borish va tadbiq etish.
5. Pedagogik amaliyot bo‘yicha hisobotning namunaviy shakli va mazmuni 5.1. Titul varaqasi: ta‘lim yo’nalishi, kurs, guruh, talaba, uslubchi
o‘qituvchi, fan o‘qituvchisi, guruh rahbarining ism-sharifi, amaliyot o‘tilgan ta‘lim
muassasasi, amaliyot muddati.
5.2. Hisobot mazmuni: amaliyot davomida bajarish belgilangan tadbirlar va
uning ijrosi bo‘yicha amalgan oshirilgan ishlar: amaliyotni o‘tish hamda o‘quv-
tarbiyaviy jarayonni tashkil qilish va olib borish bo‘yicha tanishib chiqilgan
me’yoriy va ishchi hujjatlar, biriktirilgan sinf va fan o‘qituvchisi, kuzatilgan va
tahlil qilingan darslar va darsdan tashqari mashg‘ulotlar haqida ma‘lumotlar,
o‘qituvchi yordamida va nazoratida o‘tilgan darslar va darsdan tashqari
mashg‘ulotlar (fakultativ dars, to‘garak, qo‘shimcha dars va h.k) hamda tarbiyaviy
tadbirlar bo‘yicha ma‘lumotlar, mustaqil tayyorgarlik ko‘rilgan va o‘tkazilgan
darslar hamda darsdan tashqari o‘quv-tarbiyaviy tadbirlar hamda ularning
baholanishi bo‘yicha ma‘lumotlar, ishtirok etilgan yig‘ilishlar, kengashlar va
boshqa ommaviy tadbirlar haqida ma‘lumotlar, biriktirilgan sinf va alohida
tanlangan o‘quvchi ustida o‘tkazilgan pedagogik va psixologik kuzatishlar hamda
uning natijasi, ota-onalar bilan olib borilgan ishlar, sinf bilan o‘tkazilgan tarbiyaviy
37
tadbirlar va ma‘naviyat soatlari, o‘rganilgan yangiliklar, pedagogik va axborot
texnologiyalari, tarbiyaviy usullar bo‘yicha ma‘lumotlar.