3
TALABA UCHUN PEDAGOGIK AMALIYOT TOʻGʻRISIDA
1. Pedagogik amaliyot davlat standartidagi mutaxassisni - yuqori malakali
oʻqituvchini tayyorlashda oʻquv jarayonining eng muhim shartlaridan biri
hisoblanadi. Amaliyot davrida talaba oʻz mutaxassisligi boʻyicha ilmiy va nazariy
bilimlarini tajribada sinovdan oʻtkazadi, darsni tashkil qilishning ilmiy-metodik
tomonlarini oʻzlashtirish bilan bogʻliq boʻlgan sir-asrorlarini egallaydi, eng
muhimi, predmet boʻyicha bayon etilgan mavzu yuzasidan oʻquvchilarga bilim
berish, iqtidor hosil qilish, ularda fanga, ilmga nisbatan qiziqish uygʻotish va ijobiy
fikrni tarbiyalash, Vatanga muhabbat tuygʻusini yuzaga keltirishning amaliy
usullarini tatbiq etishning yoʻl-yoʻriqlarini oʻzlashtirib oladilar.
Pedagogik amaliyot jarayonida talaba taʼlim muassasasi anʼanalari bilan
tanishishdan tashqari, ilgʻor oʻqituvchilarning ish tajribalarini oʻrganadi, uni
oʻzining amaliy faoliyatida tatbiq qilish koʻnikmalariga ega boʻladi, eng muhimi,
oʻquv va tarbiyaviy jarayonni tashkil qilish, darsda qoʻllaniladigan darslik va
metodik qoʻllanmalardan foydalanish уоʻ1-yoʻriqlarini oʻrganadi. Bulardan
tashqari, sinfdan va taʼlim muassasasidan tashqari ishlarni tashkil qilish, uni
oʻtkazish, oʻquvchilarning toʻgaraklariga rahbarlik qilish, isteʼdodli oʻquvchilar
bilan ishlash va ularning fanga nisbatan qiziqishlarini oʻstirish bilan bogʻliq
boʻlgan oʻquv-tarbiyaviy ishlarning uslubiy yoʻllarini oʻzlashtiradilar.
Pedagogik amaliyotda faol ishtirok etishni taʼminlash talabalarning taʼlim
muassasasini boshqarishning ilmiy asosini oʻrganishga, oʻquv jarayonining
samarali usullarini joriy qila bilishga imkon beradi.
Pedagogik amaliyotni oʻtash uchun nazariy va amaliy taʼlimning oʻquv
rejalarini toʻla bajargan talabalarga ruxsat beriladi.
2. Talaba pedagogik amaliyotdan oldin fakultet metodistlaridan amaliyot
kundaligi va dasturini olishi hamda bajarishi lozim boʻlgan ishlarning mohiyati
bilan tanishib tavsiya etilgan adabiyotlar roʻyxatini olishi kerak.
3. Amaliyot davrida talaba quyidagilarni bajarishi shart:
- taʼlim muassasasi ichki tartib-qoidalariga rioya qilish, amaliyot dasturida
koʻzda tutilgan vazifalarni toʻliq bajarish;
- taʼlim muassasasi direktori va oʻquv-uslubiy ishlar boʻyicha direktor
muovunining hamma topshiriqlarini bajarish hamda oʻqituvchilar va amaliyot
boshligʻining koʻrsatmalariga amal qilish;
- taʼlim muassasasi (sinf (guruh)lar, laboratoriyalar, oʻquv ustaxonalari,
taʼlim muassasasi uchastkasi va sanitariya uchastkalari) bilan batafsil tanishish;
- taʼlim muassasasining oʻquv-tarbiyaviy ish rejalarini oʻrganib chiqish;
- sinf (guruh) oʻquvchilari va ularning davomati bilan tanishish;
- mutaxassisligi boʻyicha 20 ta darslarini oʻtkazish;
4
- amaliyot davrida fan oʻqituvchilarining darslariga qatnashish;
- darslarning tahlilini berish;
- darsdan tashqari ishlar (daftar va kundaliklarni toʻldirish);
- oʻquvchilarning uylariga borish va ularning ota-onalari bilan suhbatlar
uyushtirish;
- oʻzlashtirishi sust oʻquvchilar bilan qo`shimcha shug`ullanish;
- taʼlim muassasasida ota-onalar majlislarini oʻtkazishda faol ishtirok etish,
devoriy gazeta chiqarish va taʼlim muassasasi madaniy ishlarini bajarish;
- amaliyot kundaligini muntazam yuritish.
Amaliyotda bajarilgan hamma ish amaliyotchi talabaning oʻquv-tarbiyaviy ishlar
taqvim-tematik rejasida oʻz ifodasini topmogʻi lozim.
4. Amaliyot tugagandan soʻng talaba uch kun ichida taʼlim muassasasi
oʻqituvchilarining tavsifnomasi bilan pedagogik amaliyot boʻyicha ushbu kundalik
hisobotni va quyidagilarni fakultet metodistiga topshirishi kerak:
- bir oʻquvchi va butun sinfga batafsil psixologik tavsiyanomasi, sinf bilan
ishlash rejasi;
- dars ishlanmalari (darsining konspekti, kuzatilgan darslarning tahlili,
kundalik yuzasidan hisobot);
5. Amaliyot darslari va bajarilgan ishlar haqida salbiy tavsifnoma olgan yoki
amaliyotdan qoniqarsiz baho olgan talabalarga universistetda belgilgan nizom
asosida tegishli chora koʻriladi.
6. Taʼlim muassasasining ichki tartibini buzgan talabalarga jazo berilishi
mumkin, bu haqida universitet rektoriga xabar beriladi.
|