12. Talabalarning ochiq darslarini kuzatish.
Pedagogik amaliyotning oxirgi to‘rt haftasi «Ochiq darslar» haftaligi deb e’lon qilinadi.
Bunda har bir talabaning ochiq darsga alohida mas’uliyat bilan yondashishi, turli dars usullaridan
foydalanishi, yangi pedagogik texnologiya talabalariga javob beradigan darajada darsga
tayyorgarlik ko‘rish tavsiya etiladi. Metodistlar har bir dars oldidan doimgiday ochiq dars reja–
konspektlari, tayyorlangan ko‘rsatma qurollari, bukletlar, tarqatmalar, test va hokazolarni ko‘rib
chiqish, tavsiya, maslahatlar berish va imzolashi shart.
13.Pedagogik amaliyotni yakunlashga tayyorgarlik ko‘rish.
Talabalarning pedagogik amaliyot davomidagi ish qog’ozlarini birma-bir ko‘zdan kechirish,
har biriga alohida – alohida ball qo‘yish, amaliyotchiga ma’muriyat, o‘qituvchilar
tomonidanberilgan tavsifnoma bilan tanishish, hisobotlarini ko‘rib chiqish.
O‘quv yurti jamoasi bilan birgalikda pedagogik amaliyot yakuniga bag’ishlab anjuman
o‘tkazish, o‘qituchilarning amaliyotchilar, ularning faoliyati haqidagi fikr-mulohazalarini
eshitish.
14. Institut talabalarining olgan amaliy bilimlari natijasiga bag’ishlangan metodik
yakunlovchi konferensiya.
Pedagogik amaliyot davrida institut talabalarining olgan amaliy bilimlarini kafedrada
namoyish etishi, ya’ni ularning amaliyot davrida olib borgan faoliyati haqida (namunaviy ish
qog’ozlari, ochiq darslar ishlanmalari, tarbiyaviy-ma’naviy ishlar namunalari va hokazo)
namunaviy hujjatlarni ajratib olish va ko‘rgazma tashkil qilish.
Pedagogik amaliyot yakuniga bag’ishlangan konferensiya o‘tkazish. Konferensiyada
institut bo‘yicha pedamaliyot rahbari, fakultet rahbariyati, kafedra mudiri, o‘qituvchilar, metodist
– rahbarlar va barcha talabalar ishtirok etadi.
Konferensiyada pedagogik amaliyot yakuniga bag’ishlangan hisobot, olib borilgan ishlar,
namunaviy o‘tilgan ochiq darslar, o‘zlarining faolligi, intizomi bilan ajralib turgan talabalar, bir
so‘z bilan aytganda barcha yutuq va kamchiliklar haqida ro‘y-rost suhbatlashib, kelgusidagi
rejalar haqida kelishib olinadi.
|