Pedagogik amaliyot hujjatlari jamlanmasi


Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludi munosabati bilan tashkil



Yüklə 0,79 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/36
tarix13.05.2023
ölçüsü0,79 Mb.
#112908
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   36
Pedagogik amaliyot hujjatlari jamlanmasi

5. Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludi munosabati bilan tashkil 
qilingan tadbirlarga talabalarning ishtirok etishlari. 
Ulug’ bobokalonimiz, g’azal mulkining sultoni Mir Alisher Navoiy hamda mumtoz 
adabiyotimizga katta hissa qo‘shgan shoirimiz Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludi 
munosabati bilan talabalar o‘zlari biriktirilgan o‘quvchilar bilan birga adabiy kechalar 
o‘tkazadilar. Bunda shoirlarning ijodiy faoliyatiga bag’ishlab, gazeta, bukletlar tayyorlanadi, 
asarlari ko‘rgazmasi tashkil qilinadi, g’azallaridan namunalar yodlanadi, mumtoz qo‘shiqlar 
tinglanadi. 
Tadbirda fan o‘qituvchisi, metodistlar, talabalar qatnashadi. So‘ngra tadbir haqida fikr-
mulohazalar bildiriladi. 
6. Birinchi dars o‘qituvchilarnig ish faoliyatida asosiy o‘rinni egallaydi: 
Talaba birinchi darsga nazariy, metodik, pedagogik va psixologik tomondan tayyorlanadi. 
Talabaning darsiga kirgan metodist, uning ham nazariy, ham metodik jihatdan darsga 
tayyorgarligini kuzatadi, kamchiligini ko‘rsatadi hamda metodik maslahatlar beradi. 
Nazariy jihatdan bo‘sh talabalarga qo‘shimcha maslahatlar berib, nazariy va ilmiy 
adabiyotlar ro‘yxatini o‘qishni tavsiya etadi. 


7. Uzoq muddatli pedamaliyot davrida yuritiladigan ish qog’ozlari yuzasidan suhbat 
o‘tkazish. 
Pedamaliyot uzoq muddatli bo‘lganligi uchun talabalar bu davrda yuritiladigan asosiy ish
qog’ozlari va qoidalar quyidagilar: 
- kundalik va uni qanday yuritish; 
- kuzatilgan darslarni qanday tahlil qilish
- yordamchi sinf jurnalini yuritish, 
- dars konspektlari; 
- o‘quvchilarga yozilgan tavsifnomalarini ko‘rib chiqish; 
- bajarilgan ishlarning hisobot tahlili
8. Talabalar ish rejalarini ko‘rib borish, ularning darslarini kuzatish, o‘z vaqtida tahlil 
qilish; 
Metodistlar har bir talabaning ish rejalarini ko‘rib borishi, xato-kamchiliklarini 
tushuntirib, bartaraf etishi, ularning darslarini sinf o‘qituvchisi, talabalar bilan birgalikda 
kuzatish va o‘z vaqtida tahlil qilib, baholashi kerak. Bu keyingi o‘tiladigan darslarning 
samaradorligini ta’minlaydi. 

Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin