Ommaviyligi jihatdan Corel Draw dasturi ham keng tarqalgan. Adobe firmasining yanada sodda dasturlaridan biri – Illustrator sanaladi. Bu ikki dastur vektor grafikasining keng imkoniyatli vositasini tashkil qiladi. Vektorli dasturlar turli grafiklarni va chizmalarni yaratish, tahrirlash uchun samarali vositalardir.
Vektorli grafika bilan ishlash
Uch o’lchovli grafika bilan ishlash
Uch o‘lchamli grafika umumiy dasturning majburiy qismiga kirishi shart emas, chunki u faqat real ob’ektlarni modellashtirishda ishlatiladi. Ammo, 3D ni o‘rganishni aniq va tabiiy fanlar yo‘nalishlari bo‘yicha o‘qituvchilar tayyorlash ta’lim mazmuniga kiritishni tavsiya etish mumkin.
Animatsiyali grafika bilan ishlash
Animatsiyali grafikani yaratishni bir-biriga yaqin interfeysga ega yuqorida keltirilgan dasturlarda amalga oshirish imkoniyati mavjud. Ular asosan grafika turlari bilan farqlanadi: rastrli grafika uchun Adobe ImageReady , vektorli grafika uchun – Corel DRAW, uch o‘lchamli grafika uchun esa – 3D Studio Max o‘rinlidir
OVOZ BILAN ISHLASH
Navbatdagi bosqichda ovoz bilan ishlash metodlari o‘rganiladi. Bu yerda ovozlarni yozish, tahrirlash va qayta yaratish masalalari muhim hisoblanadi. Bu masalalarni Sound Forge dasturi yordamida hal etish mumkin.
INTEGRATSIYALASHGAN MUHITDA ISHLASH
Grafika yaratish va ovoz bilan ishlash bilimiga hamda metodlariga ega mutaxassis keyingi navbatda multimedia mahsulotlarini namoyish etish va yaratish vositalarini o‘rganadi. Bunga birinchi navbatda HTML-dasturlari guruhiga mansub MS Word, MS FrontPage, Macromedia Dreamweaver bilan ishlash, MS PowerPoint da namoyishlar tayyorlash kiradi.
O‘RGATUVCHI DASTURLARNI YARATISH METODIKASINI EGALLASH
Metodik bosqich bo‘lg‘usi mutaxassisga «qanday va qaysi vositalar bilan o‘quv materiallarini o‘quvchiga yetkazish kerak?» degan savolga javob berishi zarur. Bu bosqichda ular o‘zlarining grafika bo‘yicha bilimlari asosida va kompyuterning audio imkoniyatlarini bilgan holda, qaysi vaziyatlarda axborotlarni qanday uzatish maqsadga muvofiqligini aniq bilishlari shart.
Keling avvalo, elektron ta‟lim deganda nimani tushunamiz? Ushbu
kontseptsiyaning ta'rifi shuni ko'rsatadiki, bular ma'lum bir fan sohasi aks ettirilgan
va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalaridan foydalangan holda uni
o'rganish mumkin bo'lgan dasturiy vositalardir. Shunday qilib, ESPlar ta'lim
faoliyatining turli sohalarini amalga oshirish uchun sharoit yaratadi. Hozirgi vaqtda
elektron ta'lim vositalari pedagogik jarayonni axborot-moddiy jihatdan ta'minlashda
tobora ortib borayotgan o'rinni egallamoqda. Ularning tarkibiga nimalar kiradi?
Pedagogik dasturiy vositalar – kompyuter texnologiyalari yordamida o`quv
jarayonini qisman yoki to`liq avtomatlashtirish uchun mo`ljallangan didaktik vosita
hisoblanadi. Ular ta`lim jarayonini samaradorligini oshirishning istiqbolli
shakllaridan biri hisoblanib, zamonaviy texnologiyalarning o`qitish vositasi sifatida
ishlatiladi. Pedagogik dasturiy vositalar tarkibiga: o`quv fani bo`yicha aniq didaktik
maqsadlarga erishishga yo`naltirilgan dasturiy mahsulot (dasturlar majmuasi), texnik
va metodik ta`minot, qo`shimcha yordamchi vositalar kiradi.
Pedagogik dasturiy vositalarni quyidagilarga ajratish mumkin:
o`rgatuvchi dasturlar – o`quvchilarning bilim darajasi va qiziqishlaridan kelib
chiqib yangi bilimlarni o`zlashtirishga yo`naltiradi;
-test dasturlari – egallangan bilim, malaka va ko`nikmalarni tekshirish yoki
baholash maqsadlarida qo`llaniladi;
-mashq qildirgichlar - avval o`zlashtirilgan o`quv materialini takrorlash va
mustahkamlashga xizmat qiladi;
-o`qituvchi ishtirokidagi virtual o`quv muhitini shakllantiruvchi dasturlar.
Pedagogik dasturiy vositalar yaratishga qo`yiladigan talablar.
Pedagogik dasturiy vositalarni yaratish texnologiyasini amalga oshirish
maqsadida ularning an`anaviy vositalardan ustunligini tasdiqlovchi qator ijobiy
omillar mavjud. Mazkur omillar didaktik, psixologik, iqtisodiy, fiziologik guruhlarga
ajratildi.
Pedagogik dasturiy vositalarga qo`yiladigan didaktik talablarga quyidagilar
kiradi: ilmiylik, tushunarli, qat`iy va tizimli bayon etilishi bilan birgalikda
(pedagogika, psixologiya, informatika, ergonomikaning asosiy tamoyillarini,
zamonaviy fanning fundamental asoslarini hisobga olib, o`quv faoliyati mazmunini
qurish imkoniyatini ta`minlash), uzluksizlik va yaxlitlik (ilgari o`rganilgan
bilimlarning mantiqiy oqibati hamda to`ldiruvchisi hisoblanadi), izchillik,
muammolilik, ko`rgazmalilik, faollashtirish (o`qitish mustaqilligi hamda faollilik
Ushbu namunaviy o‘quv dasturi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi PF-5712-son Farmoni bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasi” hamda Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 28-dekabrdagi “Pedagog xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”psh 1026-son Qarorida belgilangan ustuvor vazifalar mazmunidan kelib chiqqan holda mamlakatimiz mehnat bozori, shaxs, davlat va jamiyatning o‘zgaruvchan ehtiyojlarini hisobga olib, xalq ta’limi tizimi xodimlariga bo‘lgan ehtiyojlardan kelib chiqib, qayta tayyorlashning samarali usullarini joriy etish maqsadida ishlab chiqilgan.
Mazkur namunaviy o‘quv dasturi mazmuniga O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalq ta’limi sohasidagi ilmiy-tadqiqot faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 25-yanvardagi PQ-4963-son hamda Vazirlar Mahkamasining “Xalq ta’limi xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2022-yil 17-yanvardagi 25-son hamda “Uzluksiz ta’lim tizimi uchun davlat ta’lim standartlarini ishlab chiqish va joriy etish to‘g‘risida” 1998-yil 5-yanvardagi 5-son qarorlariga muvofiq xalq ta’limi tizimi rahbar va mutaxassis xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishga qo‘yiladigan majburiy talablar singdirildi.