Maple da matematik formulalarni analitik almashtirishlarni o’tka-zish uchun keng imkoniyatlar mavjud. Ularga soddalashtirish, qisqa-rtirish, ko’paytuvchilarga ajratish, qavslarni ochish, rasional kasrni normal ko’ri-nishga keltirish va hokazo shunga o’xshash ko’plab amallarni keltirish mumkin.
Almashtirish bajarilayotgan matematik formulalar quyidagicha yoziladi: > y:=f1=f2;bu yerda y – ifodaning ixtiyoriy nomi, f1 – formulaning chap tomonining shartli belgilanilishi, f2 – formulaning o’ng tomonining shartli belgilanilishi.
Ifodaning o’ng tomonini ajratish rhs(ifoda) , chap tomonini ajratish lhs(eq) buyrug’i orqali bajariladi. Masalan: > y:=a^2-b^2=c;
y : =a2-b2=c
> lhs(eq);
a2-b2
> rhs(eq);
c
lcoeff- funksiyasi ko’phadning katta , tcoeff - funksiyasi kichik koeffisiyentini aniqlaydi.
degree(a,x);– funksiyasi ko’phadning eng yuqori darajasini, ldegree(a,x); – funksiyasi eng kichik darajasini aniqlaydi.