Pedagogik innovatsiyalar haqida tushuncha Hozirgi vaqtda «Innovatsiya tushunchasi»



Yüklə 25,03 Kb.
səhifə3/5
tarix20.11.2023
ölçüsü25,03 Kb.
#162623
1   2   3   4   5
Pedagogik innovatsiya

- iste'dod nishonalari;
-uquvlilik;
-qobiliyat;
-iste'dod;
O‘qituvchining innovatsiya faoliyati tuzilmasidagi eng muhim kompopenti bu refleksiyadir.
Refleksiya o‘qituvchining o‘z ongi va faoliyatini belgilashi va tahlil qila olishi deb qaraladi (o‘z fikri va harakatlariga tashqaridan nazar. V.A.Slastenin).
V.A.Slastenin o‘tkazgan tadqiqotlar o‘qituvchining innovatsion faoliyatga kasbiy tayyorgarligini aniqlash imkoniyatlarini beradi. Ular quyidagi tavsiflardan iborat:
          • mo‘ljallangan yanglikni qo‘llash;


          • kelgusida, qayta ishlash maqsadida yangilikning o‘zidagi va uni tatbiq qilishdagi kamchiliklarni aniqlash;


          • yangilikni boshqa innovatsiyalar bilan qiyoslash, ulardan samaradorlarini tanlab olish, ularning eng ahamiyatli va yuqori natijasini aniqlash;


          • yangilikni tatbiq etishning muvaffaqiyatlilik darajasini tekshirish;


          • yangilikni tatbiq etadigan tashkilotchining innovatsiya qobiliyatiga baho berish.


O‘qituvchining innovatsion faoliyati o‘z ichiga yangilikni tahlil qilish va unga baho berish, kelgusidagi harakatlarning maqsadi va vazifasini shakllantirish, ushbu rejani amalga oshirish va tahlil qilish, samardorlikka baho berishni qamrab oladi.


Innovatsion faoliyatning samaradorligi pedagog shaxsiyati bilan belgilanadi.
V.L.Slastenin tadqiqotlarida o‘qituvchining innovatsion faoliyatga bo‘lgan qobiliyatlarining asosiy xislatlari belgilab berilgan. Unga quyidagi xislatlar taalluqli:
• shaxsning ijodiy yo‘nalganligi. Ya'ni qiziquvchanlik ijodiy qiziqish; ijodiy yutuqlarga intilish; peshqadamlikka intilish; o‘z kamolotiga intilish va boshqalar;
          • kreativlik. Bu-hayolot, faraz; qoliplardan xalos bo‘lish, tavakkal qilish, tanqidiy fikrlash. Baholay olish, o‘zicha mushohada yuritish,


          • kasbiy faoliyatni baholash. Bu - ijodiy faoliyat metodologiyasini egallash qobiliyati; pedagogik tadqiqot metodlarini egallash qobiliyati; ziddiyatni ijodiy bartaraf kilish qobiliyati; ijodiy faoliyatda hamkorlik va o‘zaro yordam berish qobiliyati va boshqalar;


          • o‘qituvchining individual qobiliyati. Bu-ijodiy faoliyat sur'ati; shaxsning ijodiy faoliyatdagi ish qobiliyati; qat'iyatlik, o‘ziga ishonch; mas'uliyatlilik, halollik, haqiqatgo‘ylik, o‘zini tuta bilish va boshqalar.





Yüklə 25,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin