Innovatsion jarayon-innovatsion o‘zgarishlarga tayyorgarlik ko‘rish va uni amalga oshirish jarayoniga aytiladi.
Innovatsion jarayon-bu pedagogik yangiliklar, bu yangiliklarning pedagogik hamjamiyat tomonidan o‘zlashtirilishi va ulardan ilmiy asosda amaliyotda samarali foydalanishning o‘zgarib boruvchi yaxlitligidir.
Ta'lim jarayonidagi innovatsion o‘zgarishlar - ta'lim tizimiga har qanday yangilikning kiritilishi bevosita o‘qituvchi faoliyatini yangilash va o‘zgartirish orqali amalga oshirilishi ham atroflicha o‘rganilgan.
Innovatsion faoliyat - bu uzluksiz ravishda yangiliklar asosida ishlash bo‘lib, u uzoq vaqt davomida shakllanadi va takomillashib boradi.
Innovatsion faoliyat davrida yangiliklar, innovatsiyalar, tom ma'noda ta'lim jarayoniga kirib keladi. Shu sababli ta'lim tizimidagi innovatsiyalarni pedagogik jarayonga kiritish 4 bosqichda amalga oshiriladi:
1. Muammoli tahlil asosida aniqlash. 2. Mo‘ljallanayotgan ta'lim tizimini loyihalash. 3. O‘zgarishlar va yangiliklarni rejalashtirish. 4. O‘zgarishlarni amalga oshirish. Innovatsiya - boshqarish shakllarini yangi turlarini ishlab chiqish va amalda qo‘llashga yo‘naltirilgan faoliyatdir.
Innovatsiya - yangi kiritilgan sharoit, jamiyatning rivojlanishi ta'sirida o‘zgarayotgan inson ehtiyojlarini qondirish uchun yangi amaliy vositani yaratish, tarqatish va foydalanishning majmuaviy jarayonidir.
Innovatsion jarayonning asosiy bosqichlari 1. Kelib tushayotgan fikrlarni tizimga solish. Muassasa faoliyatini rivojlantirishga doir ma'lumotlar yig‘ish.
2. G‘oyaning aniqlanishi. G‘oyaning amaliy jihatdan amalga oshirish imkoniyatlarini aniqlash.
3. Amalga oshirish dasturini ishlab chiqish.
4. Vazifalarni taqsimlash.
5. Natijalarni tahlil qilish.