Toshkent avtomobil va yo‘llar texnikumi o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari
S.S.Raximberdiev
Toshkent avtomobil va yo‘llar texnikumi direktor o‘rinbosari..
R.J.Maxkamov
Toshkent avtomobil va yo‘llar texnikumi maxsus fan o‘qituvchisi.
Taqrizchilar:
R.S.Xikmatov.
TDTrU t.f.n. dotsent
U.Soipov.
SHMKFUSTIB yetakchi muxandis
1. O‘quv dasturi umumiy talablari
Dastur nomi
Avtomobil tuzilishi o‘quv amaliyoti
Ajratilgan soat
180
O‘qituvchining mashg‘ulotida qatnashib o‘zlashtirilishi lozim bo‘lgan mavzular soni
17
Dasturning maqsadi
O‘quv amaliyotni o‘qitishdan maqsad o‘quvchilarda avtomobil va dvigatellarning tuzilishi va ularning tavsifnomalari haqidagi bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish
O‘zlashtirish (o‘qitish) natijalari
-avtomobil mexanizmlari, asboblari va detallarini;
-ichki yonuv dvigatelida sodir bo‘layotgan jarayonlarni;
-zamonaviy avtomobillarning tuzilishini;
-avtomobil dvigatellari tuzilishini;
-mexanizmlar, asboblar, detallarning tuzilishi va ishlashini o‘rganish.
Bilimlar
avtomobillarning umumiy tuzilishini;
dvigatellarni umumiy tuzilishi va ish tsikllarini;
dvigatel va mexanizm tizimlari tuzilishi va ishlash tartibini;
transmissiyaning vazifasi, tuzilishi va ishlash tartibini;
yurish qismining vazifasi va tuzilishini;
boshqarish organlarining vazifasi va tuzilishini bilish.
Ko‘nikmalar
avtomobillarni tuzilishini bo‘laklarga bo‘lib o‘rganish;
dvigatellarni mexanizm va tizimlari tuzilishi bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlarni mustaqil ravishda bajarish;
avtomobillarning transmissiyasi, yurish qismi, boshqarish organlarini tuzilishi bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlarni mustaqil ravishda bajarish;
barcha turdagi avtomobillarni tavsifnomalarini maxsus mahlumotnoma asosida tuzib chiqish;
avtomobilning birikma, agregat, mexanizmlarni qismlarga ajratish-yig‘ish bo‘yicha mustaqil bajarish ko‘nikmasiga ega bo‘lishi kerak.