Pedagogik jihatlari respublika ilmiy-amaliy anjumani



Yüklə 78,57 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/6
tarix20.11.2023
ölçüsü78,57 Kb.
#165635
  1   2   3   4   5   6
o-quvchilarda-kompetensiyalarni-shakllantirish-dolzarb-ijtimoiy-pedagogik-muammo-sifatida



 
RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV OʻQITISHNING PSIXOLOGIK-
PEDAGOGIK JIHATLARI
RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI
 2023-yil 2-iyun 
377
O‘QUVCHILARDA KOMPETENSIYALARNI SHAKLLANTIRISH DOLZARB 
IJTIMOIY-PEDAGOGIK MUAMMO SIFATIDA 
Davletov Erkaboy Yusubovich 
Urganch davlat pedagogika instituti “Pedagogika, boshlang‘ich va maktabgacha ta’lim 
metodikasi” kafedrasi v.b. dotsenti 
https://doi.org/10.5281/zenodo.7993484
 
Annotatsiya.
Maqolada tayanch hayotiy kompetensiyalarni shakllantirish dolzarb 
ijtimoiy-pedagogik muammo ekanligi, “kompetensiya”, “kompetentlilik” tushunchalari, 
ularning tarkibi, mazkur tushunchalarga nisbatan turli-tuman yondashuvlar, kompetenisyalar va 
kompetentlilikning shaxs taraqiyotida tutadigan o‘rni tavsiflab berilgan. Ko‘plab pedagog va 
psixologlarning yondashuvlari tahlil qilingan. Mazkur tahlillar natijasida ilmiy qarashlar bayon 
etilgan. Shunga ko‘ra ushbu maqola pedagog olimlar, o‘qituvchilar, dastur va darslik 
mualliflari, tadqiqotchilar uchun dasturulamal bo‘lib xizmat qiladi.
Kalit so‘zlar:
kompetensiya, kompetentlilik, shaxs taraqqiyoti, ta’lim jarayoni, bilim, 
ko‘nikma, malaka, tayanch hayotiy kompetensiya, fanga oid kompetensiya.
Bugungi kunda ta’limni kompetensiyaviy yondashuv asosida tashkil etish, o‘qituvchi 
hamda o‘quvchilarning kompetensiyalarini shakllantirish va muntazam tarzda rivojlantirib borish 
pedagogikaning dolzarb masalalariga kiradi. 
Kompetensiya – o‘quvchilarning ma’lum sohada samarali faoliyat ko‘rsatishlari uchun 
ta’lim tayyorgarligiga oldindan qo‘yilgan ijtimoiy talab. Kompetentlilik ko‘p qirrali bo‘lib, uning 
bir necha talqinlari mavjud. Kompetentlilik o‘quvchi tomonidan tegishli kompetensiyalarga ega 
bo‘lishni anglatadi. 
Kompetentlilik o‘quvchida tarkib topgan shaxsiy sifatlar va berilgan sohadagi faoliyati 
bo‘yicha to‘plagan minimal darajadagi bilim, ko‘nikma, malakalari va amaliy tajribalarini o‘z 
ichiga oladi. Xususiy kompetensiyalar bilan tayanch kompetensiyalar o‘zaro farqlanadi. Tayanch 
kompetensiyalar o‘quvchining istiqboldagi hayotiy-ijtimoiy faoliyati modeli hisoblanadi. 
O‘quvchilar muayyan bilim, ko‘nikma, malaka va tajribaga ega bo‘lgach, o‘zlari egallagan 
kompetensiyalarni faoliyatlari orqali tatbiq eta oladilar. Tayanch kompetensiyalar ko‘proq 
o‘quvchining istiqboldagi ijtimoiy faoliyati uchun zarur hisoblanadi. Xususiy o‘quv fani 
doirasida o‘zlashtiriladigan kompetensiyalar esa, asosan, o‘quv va istiqboldagi kasbiy faoliyat 
samaradorligini ta’minlaydi. Kompetensiyalar har bir mamlakat xalqining turmush tarzi, 
madaniy, ma’naviy hayoti, an’analaridan kelib chiqqan holda shakllantiriladi. 
O‘quvchilarda shakllantiriladigan kompetensiyalar kreativ, ya’ni ijodiy yaratuvchilik 
xarakteriga ega bo‘lib, ularni muntazam faollikka undaydi. Bunday kompetensiyalar sirasiga 

Yüklə 78,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin