kommunikativ, axborotlar bilan ishlash, o‘zini o‘zi rivojlantirish, ijtimoiy-emotsional va
fuqarolik
kabilarni kiritish mumkin. O‘quvchilarda kompetensiyalardan foydalanish tajribasini
hosil qilishga alohida e’tibor qaratish lozim. Buning uchun o‘quv dasturlari, darsliklar, o‘quv
qo‘llanmalarini kompetensiyaviy yondashuv asosida loyihalash, o‘qituvchilar tomonidan
tanlanadigan ikkilamchi loyihalar tarkibiga kompetensiyalarni hosil qilishga xizmat qiladigan
o‘quv materiallari, ta’limiy topshiriqlarni kiritish, raqamli didaktik vositalarni ishlab chiqishga
xuddi shu nuqtai nazardan yondashish alohida dolzarblik kasb etmoqda.
O‘zbekiston Respublikasida ta’limning uzluksizligi, barkamol shaxsni tarbiyalashga
yo‘naltirilganligidan kelib chiqqan holda umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limida
RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV OʻQITISHNING PSIXOLOGIK-
PEDAGOGIK JIHATLARI
RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI
2023-yil 2-iyun
378
o‘qitiladigan umumta’lim fanlari mazmunining izchilligini ta’minlash maqsadida tayanch
kompetensiyalar hamda har bir o‘quv fani mazmunidan kelib chiqqan holda fanga oid
kompetensiyalar belgilab berildi.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida tayanch hayotiy
kompetensiyalarni shakllantirishda
umumiy va xususiy yondashuvlarni aniq hisobga olish va mavjud metodologik yondashuvlarga
tayangan holda mazkur hodisaning nazariy-didaktik asoslarini ishlab chiqish pedagogika fani
oldida turgan muhim vazifalardan hisoblanadi.
So‘nggi yillarda kompetentli yondashuv tushunchasi pedagogikada keng qo‘llanilmoqda.
Ta’lim amaliyotida tez-tez qo‘llanilayotgan ushbu atama ta’lim mazmunida ustuvor o‘rin
egallamoqda. Kompetentli yondashuv tayanch tushuncha sifatida zamonaviy pedagogikaning
ilmiy tushunchalari tarkibiga singish bosqichlarini o‘tamoqda. Mazkur tushunchaning o‘ziga xos
jihati uning pedagogika fanida eskirib qolgan tushunchalar bilan o‘zaro qiyoslashni taqozo
qilishidadir. Biz o‘z tadqiqotimiz davomida kompetensiyaviy yondashuv doirasiga kiradigan va
u bilan o‘zaro aloqador bo‘lgan tushunchalarni izohlashga harakat qilamiz. Ular: kompetensiya,
kompetentlilik, kasbiy kompetentlik, pedagogik kompetentlik kabilar. Shu bilan bir qatorda biz
tadqiqotimiz davomida kompetentlilik va tayyorlik, kompetensiya hamda bilim, ko‘nikma,
malakalarning har biri ustida fikr yuritishga harakat qildik.
Kompetentli yondashuv yagona ta’lim jarayonini ta’minlashning konseptual asosi sifatida
taqdim etiladi. Shuning uchun ham u bugungi kunda ta’lim mazmunini yangilashni taqozo
qilmoqda. O‘tgan asrning 90 yillaridayoq, kompetentlilik tushunchasi, bir tomondan yangi
kashfiyotlar va ishlanmalarni muvofiqlashtirish imkonini berib, insonning bilish faoliyati va
amaliy harakatlariga taalluqlidir. Ikkinchi tomondan esa, har bir sinfda pedagogik vaziyat bilan
bog‘liq holda ta’limiy talablarni aniqlashga ko‘maklashadi, deb yozgan edi Н.С.Розов [6].
Kompetentlik tushunchasi so‘nggi yillarda asosan kasbiy ta’lim sohasidagi tadqiqotlarda
keng qo‘llanilganligini ko‘rish mumkin. Jumladan, S.T.Turg‘unov, M.B.Ma’murov,
O‘.Q.Tolipov, Sh.Q.Mardonov, G.T.Boymurodova, G.N.Ibragimovalarning ishlarida bo‘lajak
o‘qituvchilarni tayyorlash, o‘qituvchilarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish sohasiga
kompetensiyaviy yondashuvni tatbiq etishning ayrim masalalari tadqiq etilgan.
Kompetensiyaviy yondashuv doirasida tadqiqotlarni amalga oshirish umumiy o‘rta ta’lim
maktablari davlat ta’lim standartlarini takomillashtirish bilan bog‘liq holda tadqiq etilmoqda. Bu
sohada R.G.Safarova, M.M.Vahobov, Yu.M.Asadov, M.Pardaevalarning tadqiqotlarini alohida
ko‘rsatib o‘tish mumkin.
Umumiy o‘rta ta’lim jarayoniga kompetensiyaviy yondashuvni tatbiq etish haqida fikr
yuritganda И.А.Зимняя uchta sababni ko‘rsatib o‘tgan: integratsiyaning umumevropa va jahon
miqyosidagi ko‘lami, ta’lim paradigmasining o‘zgarishi, ta’lim sohasidagi yo‘riqnomalar,
ko‘rsatmalar, dasturlar va farmoyishlar[5].
O‘zbekistonda umumiy o‘rta ta’lim tizimini kompetensiyaviy yondashuv asosida tashkil
etishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 10 dekabrdagi “Chet tillarini o‘rganish
tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-1875-sonli, O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2017 yil 6 apreldagi “Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar
ta’limining Davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 187-sonli Qarorlari muhim
ahamiyatga ega bo‘ldi.
Ma’lumki, kompetentli yondashuv insonning ijtimoiy hayotga har tomonlama tayyorligi
va tarbiyalanganligi bilan bir qatorda shaxs sifatida shakllanishini ta’minlashda insonparvarlik
|