Pedagogik kengash shakllari



Yüklə 108,31 Kb.
səhifə2/6
tarix28.12.2023
ölçüsü108,31 Kb.
#200828
1   2   3   4   5   6
7.PEDAGOGIK KENGASH SHAKLLARI

Beshinchi qonuniyat: Nutq me‘yorlarini o‘zlashtirish tilni his etishning rivojlanishiga bog‘liq. Ma‘lumki, ta‘limda biror-bir yutuqqa erishish tarbiyaga bog‘liq. Shuning uchun ham maktabgacha yoshdagi bolalarning madaniy xulq-odatlarini shakllantirishga muayyan darajada e‘tibor berish lozim. Ularda yaxshilik, kamtarlik, adolatlilik, vijdonlilik to‘grisidagi axloqiy tasavvurlarni tarkib toptirish kerak. Nutqni samaraliroq rivojlantirish maqsadida bolalarning tevarak-atrof obyektlari (kishilarning hayoti va mehnati, hayvonlar, o‘simliklar olami, suv osti dunyosi) to‘g‘risidagi tasavvurlarini aniqlash va izchil, rejali tarzda kengaytira borish talab etiladi. Nutqni rivojlantirishning samaradorligini oshirish rejasida nafaqat tevarak-atrof obyektlari ustida oddiy kuzatishlar (mushohadalar) uchun, balki ularni o‘rganish uchun ham sayrlar, sayohatlar o‘tkazish muhimdir. Shu o‘rinda tevarak-atrof obyektlarini o‘rganishda nimalarga erishish mumkinligini aniqlab olishimiz lozim bo‘ladi. Buning uchun, avvalo, nutq o‘stirishga oid tevarak-atrof manbalarining o‘zini guruhlashtirish taqozo etiladi.
—Bolajon” tayanch dasturida bolalar nutqini rivojlantirishning ilmiy asosi. Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga quyiladigan Davlat talablari 2008- yil 28-sentabrdagi XTV hay‘at yig‘ilishining
Ilk bolalik chog‘iga taalluqli bo‘lgan nutq o‘sishi va rivojlanishi bosqichlari turli sohalar olimlarini, jumladan pedagog-psixologlar, lingvistlarni, eng avvalo, bu nutq rivojlanishidagi o‘ziga xos davr bo‘lganligi uchun ham qiziqtiradi. Uning o‘ziga xosligi shundaki, u nutqni o‘stirish va rivojlantirish uchun senzitiv hisoblanadi: bu davrda nutq muloqot vositasi sifatida paydo bo‘ladi va takomillashadi; u shunchalik jadal sur’atlarda rivojlanadiki, nutqning keyingi butun ontogenezi jarayonida ushbu holat boshqa kuzatilmaydi. K.D.Ushinskiyning ta’kidlashicha, «…bola ikki-uch yilda shuncha narsani oson va tez o‘rganib oladiki, keyin yigirma yil qunt bilan astoydil o‘qigan taqdirda ham uning yarmini o‘zlashtira olmaydi».
Ilk yoshdagi bolalar nutqini o‘rganishga E.I.Tixeeva, M.M.Kolsova, N.M.Askarina, G.M.Lyamina, M.I.Lisina va boshqa ko‘plab taniqli olimlar, pedagoglar va metodistlar sezilarli hissa qo‘shishgan.
Ilk yoshda nutqni o‘stirish va rivojlantirish ikki yo‘nalish bo‘yicha ro‘y beradi:
1 – nutqni tushunishni takomillashtirish;
2 – bola nutqining faolligini shakllantirish.
Bolalar nutqini psixologiya-pedagogika nuqtai nazaridan tadqiq etishni F.A.Soxin va O.S.Ushakovalar tasnifiga ko‘ra, uchta yo‘nalishga ajratish mumkin:
- tarkibiy – til tizimining turli tarkibiy darajalari – fonetik, leksik, grammatik darajalarini shakllantirish;
- funksional – kommunikativ funksiyada tilni egallash ko‘nikmalarini shakllantirish;
- kognitiv – til va nutq hodisalarini eng oddiy usulda anglashni shakllantirish.
Ilmiy tadqiqotlar va yo‘nalishlar tahlili maktabgacha yoshdagi bolalar nutqining turli tomonlarini rivojlantirish xususiyatlari hamda ularning ilmiy adabiyotda o‘rganilganlik darajasini aniqlash imkonini beradi.
V.I.Loginova, YU.S.Lyaxovskaya, V.V.Gerbova, E.M.Strunina va boshqalarning tadqiqotlarida bolalar ona tili leksikasini o‘zlashtirib olishlarining o‘ziga xos xususiyatlari yoritilgan.
Maktabgacha yoshdagi bolalarning lug‘atni o‘zlashtirishlarida ikki jihat ajratib ko‘rsatilgan: atrofdagi olam lug‘atini (so‘z boyligini) anglash bilan birgalikda rivojlantirish; lug‘atni til birligi sifatida o‘zlashtirish. Ular predmetli aloqalar va munosabatlar mantig‘ida ham, til mantig‘i borasida ham so‘z ustida ishlash zarurligini isbotlab berishgan.
Bolalar nutqining grammatik tuzilishi sohasidagi tadqiqotlar bolalarda nutqning morfologik va sintaktik tomonlarini shakllantirish (F.A.Soxin, M.I.Popova, A.V.Zaxarova, V.I.YAdeshko, A.G.Tambovseva va boshq.), ona tilining so‘z hosil qilish tizimi xususiyatlarini aniqlash, shuningdek, bolalar nutqining grammatik tuzilishini takomillashtirishga oid pedagogik ishda nafaqat odatdagi grammatik xatoliklarni o‘rganish va tuzatishga, balki birinchi navbatda grammatik umumlashmalarni shakllantirishga e’tiborni qaratish zarurligini isbotlash imkonini berdi.
Bolalar tomonidan tilning tovush tizimini o‘zlashtirilishi bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlarda (G.M.Lyamina, E.I.Radina, G.A.Tumakova, A.I.Maksakov, M.I.Gening, N.A.German va boshq.) o‘rganish predmeti sifatida xizmat qildi.
Logopediyaning bolalar nutqidagi kamchiliklarning oldini olish bilan bog‘liq masalalar doirasini ishlab chiquvchi profilaktik yo‘nalishi keng tarqalgan.
Bolalar nutqini rivojlantirishga oid yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan yondashuvlar maktabgacha yoshdagi bolalarning tilni tizim sifatida, ya’ni tovush tomoni, lug‘at tarkibi va grammatik tuzilishni birgalikda o‘zlashtirishlarini o‘rganish sohasiga taalluqlidir.
Bolaning til tizimini egallash borasidagi barcha yutuqlarini muloqotni ta’minlovchi mazmunli, keng yoyilgan fikr sifatida qaraladigan ravon nutq o‘z ichiga oladi. U mazmunliligi, mantiqliligi va izchilligi bilan ajralib turadi. Ravon nutq bola til boyligini qanchalik o‘zlashtirganligining ko‘rsatkichi hisoblanadi, u bolaning aqlan, estetik, emotsional jihatdan rivojlanish darajasini aks ettiradi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarning ravon nutqi tadqiqotchilari E.I.Tixeeva, E.A.Flerina, A.M.Leushina, L.A.Penevskaya va boshqalar bolalar og‘zaki nutq va hikoya qilishni o‘zlashtirishining o‘ziga xos xususiyatlari, dialogik va monologik nutqning o‘zaro bog‘liqligini chuqur tushunish asosiga quriladigan ravon nutqni o‘qitish tizimiga asos solishgan. Ular tomonidan bolalar hikoyalari tasniflab chiqilgan bo‘lib, uning asosini fikr bildirish manbasi: predmetlarni tavsiflash, adabiy matnlarni hikoya qilib berish, suratga qarab hikoya qilish, shaxsiy va jamoa tajribasidan misol keltirish, ijodiy hikoya qilishlar tashkil etadi.
Monologik nutqni o‘stirish va rivojlantirish nazariyasi va metodikasining yanada rivojlanishi bolalar ravon nutq turlari va fikr bildirishning turli xillarini o‘zlashtirish xususiyatlarining chuqur tadqiq etilishi bilan tavsiflanadi. Izohlovchi nutqlar, mulohaza shaklidagi jumlalarning xususiyatlari o‘rganiladi va uning negizida bolalarga monologlarning turli xillarini o‘rgatish metodikasi yaratiladi.
F.A.Soxin, O.S.Ushakova va ularning shogirdlari tomonidan ravon nutqni shakllantirishninig turli jihatlari bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar ravon nutqni baholashning shunchaki mantiqlilik, izchillikdan ko‘ra yanada aniqroq mezonlarini qidirishni galdagi vazifalardan biri qilib qo‘ydi. Ravonlikning asosiy ko‘rsatkichi sifatida so‘zlar, gaplar va fikrlarning qismlari o‘rtasida zarur aloqa vositalaridan foydalangan holda, matnni tarkibiy jihatdan to‘g‘ri tuzish qobiliyatini shakllantirish qabul qilingan.
Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish masalalarini tadqiq etish O‘zbekiston Respublikasida o‘tgan asrning 50-yillarida boshlangan. Maktabgacha ta’lim sohasidagi birinchi fan nomzodi A.V.Nikolskaya mahalliy millat bolalariga rus tilini o‘qitish zarurligi masalasini ko‘tarib chiqdi. U tomonidan o‘tkazilgan sinov tadqiqotlari (1958-60 yillar) natijasida maktabgacha katta yoshli o‘zbek bolalariga ruscha og‘zaki nutqni o‘rgatish metodikasining asosiy mazmuni belgilangan va uning asosiy masalalari ishlab chiqilgan.
XX asrning 70-yillarida A.V.Nikolskayaning ilmiy rahbarligi ostida E.M.Razbaeva tomonidan maktabgacha yoshdagi katta bolalarda o‘qilgan asarlar asosida kattalar mehnatiga hurmatni tarbiyalash bo‘yicha tadqiqot o‘tkazildi. S.O.G‘ozieva tomonidan (E.M.Razbaevaning ilmiy rahbarligi ostida) maktabgacha katta yoshdagi bolalarda o‘zbek xalq og‘zaki ijodidan (xalq ertaklari, o‘yinlar) foydalanish asosida atrofdagilarga adolatli munosabatda bo‘lishni shakllantirish masalalari tadqiq qilindi.
1979 yildan boshlab to bugungi kungacha maktabgacha yoshdagi bolalarga ona tili va o‘zga tilni (rus, o‘zbek) o‘qitish muammosi O‘zbekiston olimlari, metodistlari, psixologlarining tadqiqot ob’ekti hisoblanadi (F.R.Qodirova, R.M.Qodirova, G.X.Jumasheva, D.Abdurahimova, L.R.Mirjalilova, N.SH.Nurmuhammedova va boshq.).
Barcha tadqiqotchilar bola nutqini va uning rivojlanishini alohida ajratilgan holda emas, balki katta yoshli kishining bolaga pedagogik ta’siri bilan o‘zaro bog‘liqlikda ko‘rib chiqadilar. Ushbu yondashuv o‘rinlidir, zero fandagi zamonaviy tadqiqotlar nutqni o‘zlashtirish va ijtimoiy o‘zaro hamkorlik – o‘zaro bog‘liq jarayonlardir, nutqni o‘stirish va rivojlantirish esa – ijodiy jarayon, biroq u stixiyali jarayon emas, degan fikrga asoslanadi.
Inson tajribasining tarixan shakllangan mazmuni so‘zli shaklda umumlashtirilgan, uni bayon etish va o‘zlashtirish esa ushbu jarayonda nutqning ham ishtirok etishini nazarda tutadi. Nutq bolaga inson madaniyatining barcha yutuqlariga yo‘l ochadi. Umuman shaxsning va barcha asosiy psixik jarayonlar (qabul qilish, fikrlash va boshq.)ning shakllanishi ham bolada nutqning rivojlanishi bilan bog‘liqdir. Bolaning psixik jihatdan shakllanishida nutqning alohida o‘rin tutishi uning turli bosqichlarda rivojlanishiga yordam beruvchi shart-sharoitlar va omillarni bilishni juda muhim qilib qo‘yadi. Nutqning rivojlanishi bilan harakatlanuvchi kuchlar haqidagi masala, ushbu holat shiddat bilan, sakrash tarzida ro‘y berishi tufayli ham, muhim ahamiyat kasb etadi.
Bolalarda nutq rivojlanishini rag‘batlantiruvchi yoki unga to‘sqinlik qiluvchi kuchlarni aniqlash ushbu jarayonga aniq maqsadni ko‘zlagan holda pedagogik ta’sir ko‘rsatishni tashkil etish kalitidir.
Olimlar bolalarni o‘qitishni ularning yuqori darajadagi aqliy va nutqiy rivojlanish darajasini ta’minlash, til qobiliyatlarini shakllantirish imkonini beradigan darajada optimal tashkil etish yo‘llarini topish borasida faol ish olib bormoqdalar. Nutqni o‘qitishning nazariy va empirik muammolarini tadqiq etish quyidagi nazariy qoidalardan kelib chiquvchi umumiy boshlang‘ich pozitsiyalarga ega:
- ta’lim maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirishda, ayniqsa zamonaviy noqulay nutqiy muhit sharoitida hal qiluvchi ahamiyatga ega;
- nutqni o‘rgatish – «…dan to …gacha» kabi qattiq qoliplar to‘g‘ri kelmaydigan hamda nutqni rivojlantirishning yosh qonuniyatlari va bolaning individual xususiyatlari bilan belgilanadigan ijodiy jarayondir;
- nutqni rivojlantirishning asosida kommunikativ yondashuv bo‘lishi kerak, xususan: ona tilini o‘zlashtirish nutqiy muloqot faoliyatiga qo‘shilishi, o‘quv sharoiti tabiiy muloqot sharoitlariga yaqinlashtirilishi lozim;
- o‘qitish vaziyatida katta yoshli odamning bola bilan o‘zaro hamkorligining xususiyati ushbu bola uchun etakchi bo‘lgan muloqot shakli bilan belgilanishi lozim;
- til ustida nutqiy faoliyat tuzilmasi doirasida hamda uning barcha komponentlarini: undov-motivatsiya, yo‘naltirish-tadqiqot, ijro komponentlarini hisobga olgan holda ish olib borish zarur;
-nutqni o‘qitish bolalarning tilni o‘rganish bo‘yicha mustaqil faoliyatiga asoslanishi va bolalar faolligining boshqa turlari bilan bog‘liq bo‘lishi kerak.
Hozirgi paytda maktabgacha yoshdagi bolalarga nutqni o‘qitish muammosini ishlab chiqish mazkur metodologik xolatlardan kelib chiqqan holda olib borilmoqda.
Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish sohasidagi psixologik, pedagogik tadqiqotlarni tahlil qilish quyidagi xulosalarga kelish imkonini beradi:
-nutqni o‘stirish va rivojlantirish – bolaning individual psixik rivojlanishida markaziy o‘rin tutuvchi ijtimoiy-tarixiy tajribani o‘zlashtirishining murakkab, ko‘p omilli jarayonidir;
-nutqni o‘stirish va rivojlantirish – bu malakali pedagogik rahbarlikni nazarda tutuvchi ijodiy jarayon, lekin u stixiyali jarayon emas;
-bola nutqni o‘stirish va rivojlantirish jarayonini boshqaruvchi pedagog bu jarayonning turli yosh bosqichlaridagi qonuniyatlari, mexanizmlari, o‘ziga xosliklarini bilishi, nutqiy rivojlantirishning o‘ziga xosliklarini ko‘ra olishi va bolaning individualligini hisobga olgan holda, uning nutqiga ta’sir ko‘rsatishning eng samarali yo‘llarini tanlashi lozim.
Eski o'zbek adabiy tili o'zbek xalqining buyuk mutafakkiri Navoiy asos solgan va keyinchalik Muqimiy, Furqat kabi demokrat shoirlar tomonidan rivojlantirilgan adabiy tildir. Bu adabiy tilda yaratilgan yozma yodgorliklar o'zbek xalqi va lining tili taraqqiyot tarixini o'rganish uchun manba boiishi bilan birga, hozirgi zamon o'zbek adabiy tili uchun ham asos bo'lgan. Hozirgi zamon o'zbek adabiy tili eski o'zbek adabiy tilining davomi, yangi sharoitda o'zbek xalqining iqtisodiyoti va madaniyatining rivojlanishi asosida har tomonlama boyigan shaklidir
10/4 qarori bilan tasdiqdangan. Bu Davlat talablarini amaliyotga joriy etish zarurati O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta‘limi vazirligi Maktab-gacha ta‘lim muassasalari xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish Respublika o‘quv-metodik markazi —Bolajon” tayanch dacturining ishlab chiqilishiga sabab bo‘ldi.
—Bolajon” tayanch dasturi yangi takomillashtirilgan dasturning maksaq vazifasi bugungi Davlat va jamiyat boshqaruvining erkinlashuvi sharoitida, fiuqarolik jamiyatining bo‘lg‘usi shaxslarini barkamol qilib kamolga yetkazishga bo‘lgan talab va hxtiyojini qondirish, amaldagi —Uchinchi mingyillikning bolasi” tayanch dasturining samarali mazmun-mohiyatini saqlab qolgan holda, maktabgacha yoshdagi bolalarni yangi Davlat talablari asosida tarbiyalashga qaratilgan. Dastur mazmuni bolalarda ilk bora milliy o‘zlikni anglash tuygusini shakllantirish, milliy urf-odatlar, milliy va umummilliy qadriyatlarga hurmat-ehtiromni kuchaytirish maqsadini ko‘zda tutadi.
—Bolajon” tayanch dasturi bugungi kunda maktabgacha ta‘lim sohasining barcha yo‘nalishlari ushbu me‘yoriy hujjatlar bilan ta‘minlanganligi va ular XTVning elektron saytlarida yoritilganligi bois, yangi tayyorlangan takomillashtirilgan nashrga ushbu hujjatlar kiritilmadi.
Qayta qurish jamiyatimizning faqatgina ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy soha-sidagina emas, balki madaniy hayotida ham o'z aksini topmoqda. Ma'lumki, adabiy tilda gapirish va yozish kishilarning bir-birini tez va oson tushunishiga yordam beradi, nutqning jozibadorligini, ta'sirchanligini oshiradi. Bolalarni adabiy nutqqa o'rgatishda oila, maktabgacha tarbiya muassasalarining roli benihoyadir. Bugungi kunda bizning asosiy vazifamiz bog'cha yoshidanoq bolaning og'zaki nutqini o'stirib borishdir.
„Bola, — degan edi K. D. Ushinskiy, — ilk yoshlik chog'idayoq xalq madaniyati elementlarini o'zlashtira boshlaydi, bularni avvalo, ona tilini bilish yo'li bilan o'rganadi. Shu bois, bizning fikrimizcha, oilada, bolalar bog'chasida ta'lim-tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishda ona tilidan o'rinli foydalanmoq zarur".
Ma'lumki, jamiyat taraqqiyotida tilning ahamiyati juda katta. Butun dunyo xalqlarining xoh siyosiy, xoh madaniy taraq-qiyotini tilsiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Chunki til eng muhim aloqa vositasi, jamiyat esa aloqasiz rivojlanmaydi.
Bog'chada ta'lim berish samaradorligini oshirish, bolalarni mustaqil ta'lim olishga (maktab ta'limiga) tayyorlash, yangi jamiyatning ongli quruvchilarini tarbiyalash kabi muhim va hayotiy vazifalarni hal qilishda ona tili asosiy o'rin egallaydi.
„... Xalqning milliy madaniyati va o'ziga xosligini ifoda etuvchi vosita bo'lmish o'z-bek tilini rivojlantirish bu tilning davlat maqomini izchil va to'liq ro'yobga chi-qarish ... demakdir", deb ta'kidlab o'tgan edi birinchi Prezidentimiz I. A. Karimov.
O'zbek adabiy tili o'zbek xalqining yagona, normallashgan tili sifatida og'zaki va yozma shaklda asrlar mobaynida rivojlanib, mukammallashib keldi.
O'zbek adabiy tilini taraqqiyot bosqichiga ko'ra ikki adabiy tilga ajratish mumkin: eski o'zbek adabiy tili va hozirgi zamon o'zbek adabiy tili.
Eski o'zbek adabiy tili o'zbek xalqining buyuk mutafakkiri Navoiy asos solgan va keyinchalik Muqimiy, Furqat kabi demokrat shoirlar tomonidan rivojlantirilgan adabiy tildir. Bu adabiy tilda yaratilgan yozma yodgorliklar o'zbek xalqi va lining tili taraqqiyot tarixini o'rganish uchun manba boiishi bilan birga, hozirgi zamon o'zbek adabiy tili uchun ham asos bo'lgan. Hozirgi zamon o'zbek adabiy tili eski o'zbek adabiy tilining davomi, yangi sharoitda o'zbek xalqining iqtisodiyoti va madaniyatining rivojlanishi asosida har tomonlama boyigan shaklidir.
Bola tashqi dunyoni xotira, tasavvur, xayol, tafakkur kabi ruhiy jarayonlar yordamida, shuningdek nutq yordamida bilib olish qobiliyatiga ega. Ammo bolalardagi intellekt, ya'ni ruhiy jarayonlar (xotira, tasavvur, xayol, tafakkur va h.k.) shunchaki bola organizmining o'sib borishi va takomillashishi bilangina paydo bo'lmay, balki nutqining rivojlanishi bilan paydo bo'ladi va takornillashadi.
Agar bola kichik yoshidan boshlab to'g'ri gapirishga (so'zlashishga) o'rgatib borilsa, u vaqtda bunday bola normal holatda rivojlanadi, ya'ni ayval tasavvur etish, keyin esa fikr yuritish, xayol qilish qobiliyati paydo bo'ladi va bu qobiliyat har bir yosh bosqichida takomillashib boradi. Bolalarda intellekt bilan barobar (parallel) ravishda iroda kabi ruhiy jarayon ham takomillashib boradi. Ko'pgina tajribalar shuni ko'rsatdiki, nutqi rivojlanmagan bola to'liq shaxs sifatida kamol topmaydi.
Demak, tarbiyachi har doim shuni esda tutishi kerakki, nutq bu maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda barcha ruhiy jarayonlar rivojlanishiga ko'maklashuvchi vositadir. Bolaga ona tilini o'rgatish bilan bir vaqtda, ularni maktabda muvaffaqiyatli o'qishlari uchun zamin tayyorlaydi. Bolalar bog chasining barcha tarbiyaviy-ta'limiy ishlarida bolalarga ona tilini o'rgatish orqali ularning nutqi o'stiriladi. Ayniqsa, nutq o'stirish mashg'ulotlarida har bir bolaning nutqini rivojlantirish bo'yicha ishlar rejalashtiriladi. Bolalarga barcha nvashg'ulotlarning mazmuni faqat ona tili orqali singdiriladi. „Ona till, — deb ta'kidlagan edi K.D. Ushinskiy, — har qanday taraqqiyotning asosi, butun bilimning xazinasidir. Har qanday lushunish undan boshlanadi, u orqali o'tadi va unga qaytadi".
So'z boyligi bolaga barcha mashg'ulotlarda beriladigan bilim-larni tez va puxta o'zlashtirib olish va bu bilim, tushunchalarni nutq orqali ifodalash imkonini beradi. Bu, o'z navbatida, bola kamoloti uchun ham keng yo'l ochadi. Bilimlarni puxta egallash-ga, uni sekin-asta hayotga tatbiq etishga ham o'rgatadi. Ona tili aqliy tarbiyaning manbayi va vositasi hamdir.
K.D.Ushinskiyning fikricha, bolaga ta'lim va tarbiya berishda lilning qimmati dastlab ijtimoiy hodisaning chuqur xalqcMii'gi bilan, uning milliy xarakteri bilan belgilanadi. U „tilda chuqur ma'noli ko'pdan ko'p falsafry fikrlar, chinakam nafis his-tuyg'ular, nihoyatda to'g'ri, ko'rkam did, fikrni bir yerga to'plab, zo'r diqqat bilan qilingan mehnat izlari, tabiat hodisalarini va ulardagi eng nozik rang-barangliklarni g'oyat darajada ziyraklik bilan his etish, kuzatuvchanlik, zo'r mantiqiylik ... bor" ' deb ta'riflaydi.
K.D .Ushinskiy o'zining „Ona tili so'zlari" maqolasida bolani ona tili, ona tiiidagi so'zlar orqali tarbiyalash masalasini qo'ydi. Chunki xalqchillik dastlab ona tilida o'z ifodasini topadi. Bolaning shaxsiyati, bilimi, malakasi, ma'naviy qiyofasi ana shu til ta'sirida shakllanadi. Shoira Zulfiya ta'kidlaganidek: „Ona tilini mukammal o'rgangan kishi ona yurtining tarixini to'liq o'rganish baxtiga muyassar bo'ladi".
Ona tili bolalarda vatanparvarlik, baynalmilal tuyg'ularni o'stirib borishda, bolalarning madaniy saviyalarini oshirib borishda qudratli vosita bo'lib xizmat qiladi. Demak, ona tili bolalarni axloqiy tomondan tarbiyalash vositasidir.
Bolalar bog'chasida tarbiyalanayotgan bola o'rtoqlari bilan o'ynaydi, qo‘lidan kelgancha mehnat qiladi. Bu jarayonda o'z harakatlariga baho berishga, fikrini boshqalarga tushunarli qilib bayon eta olishga o'rganadi.
Bola kuzatish va nutq orqali dunyoni, borliqni bilib oladi: tevarak-atrofdagi narsa va buyumlarning, voqea va hodisalarning nomini, sifatlari va belgilarini, xususiyatlarini, o'xshash va farqli tomonlarini aytishga o'rganadi.
Ona tili orqali bolalar o'z ajdodlarining tarixini, madaniyatini, qadriyatlarini, urf-odatlarini bilib oladilar, xalq og'zaki ijodiyoti, badiiy adabiyot, san'at bilan tanishadilar.
Shunday qilib, ona tili maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni ruhiy jihatdan rivojlantirishda, ularning madaniy saviyasini oshirishda, tevarak-atrofdagi voqea-hodisalar, tabiat va jamiyat qonuniyatlarini tushunib olishlarida, maktabda muvaffaqiyatli o'qishlari uchun zamin yaratishda, niehnat faoliyatiga ijodiy yondashishga o'rgatishda, aqliy va axloqiy tarbiyani amalga oshirishda, dunyoni, borliqni bilib olishda, xalqimiz madaniy merosini o'rganishlarida asosiy vosita bo'lib xizmat qiladi.
Til tafakkur quroli va muomala vositasi ekanligi. Til jamiyatda kishilarning bir-birlari bilan aloqa bog'lashlari uchun, bir-birlarining fikrlarini tushunishlari uchun muhim vositadir. Til jamiyatga xizmat qiladi. Shuning uchun u ijtimoiy hodisa hisoblanadi. Til jamiyat paydo bo'lishi bilan paydo bo'lgan, jamiyat taraqqiyoti bilan birga taraqqiy etgan, rivojlangan. Jamiyatda fikr almashuv doimiy va hayotiy zarurat hisoblanadi. Odamlar til vositasida o'zaro ftkr almashadilar. Shuning uchun ham til aloqa vositasi bo'lishi bilan birga, jamiyatning rivojlanish manbayi hamdir.
Odamlarning nutq orqali aloqalari har doim ma'lum bir til vositasida amalga oshiriladi. Til yordamida fikr almashmay turib, odamlar o'zaro mehnat faoliyatlarini tashkil eta olmaydilar. Tilsiz ijtimoiy ishlab chiqarish hamda jamiyat bo'lmaydi. Til jamiyat hayotida katta rol o'ynasada, u ijtimoiy taraqqiyotning mahsulidir.
Nutq bilan til o'zaro chambarchas bog'liq. Nutq odamlarning til vositasida aloqa bog'lashlaridir. Har bir kishining o'z nutqi bor. Ammo ana shu nutqni bir necha tilda ifodalash mumkin. Til ijtimoiy hodisa bo'lganligi uchun ham u kishilarda mustaqil liolda mavjud bo'ladi.
Til tarixiy taraqqiyot davomida odamlarning nutq orqali aloqa bog'lashi jarayonida vujudga kelgan va rivojlangan. Maktabga-cha tarbiya yoshidagi bolaning nutqi tashqi olam bilan bog'lan-gan holda uchta vazifani bajaradi: 1) kommunikativ; 2) bilish, 3) tartibga solish.
Nutqning kommunikativ vazifasi bolada juda erta paydo bo'ladi. Bolaning ilk bor aytgan birinchi so'zi kommunikativ vazifani bajaradi. Keyinchalik esa bu so'z bolaning atrofdagi kishilar bilan muomala qilish ehtiyoji o'sib borgani sari nutq sifatida takomillashib boradi. Ikki yoshdan boshlab bola o'z istak-xohishini atrofdagi kishilarga tushunarli tarzda ifodalay oladi, o'ziga qarata aytilgan Tiutqni, so'zlar ma'nosini tushuna boshlaydi.
Uch yoshdan keyin bola ichki nutqni egallaydi. Bu vaqtda nutq uning uchun muomala vositasi bo'libgina qolmay, balki boshqa vazifani — bilish vazifasini bajara boshlaydi: yangi so'zlar va so'z shakllarini o'zlashtira borib, tevarak-atrof haqidagi, predmet va hodisalar, ular o'rtasidagi o'zaro bog'liqlik haqidagi tasavvurlarini kengaytiradi.Bola nutqning kommunikativ va bilish vazifasi bilan birgalikda xulqini tartibga soluvchi nutqni ham egallay boshlaydi.
Bola xulqini tartibga soluvchi birinchi so'z—bu mumkin, mumkin emas hamda buyruq fe'li shaklidagi ye, bor kabi so'zlar bo'lib qoladi.
Bolalar hayotining dastlabki yetti yilida atrofdagi kishilar bilan muloqot vositasi sifatida nutqning paydo bo‘lishi va uni rivojlantirish jarayoniga alohida e'tibor qaratish zarur. Har bir kishi hayotida ravon nutq muhim ahamiyatga ega bo‘lib, u uchta asosiy vazifani bajaradi: individuallararo, ichkiindividual va umuminsoniy. Nutq vazifasi uning ontogenezdagi haqiqiy rivojlanish jarayoni bosqichini aks ettiradi, ularning har biri o‘ziga xos xususiyatlarga egadir:


  1. Yüklə 108,31 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin