Pedagogik kengash shakllari


Suhbat ta'lim metodikasi sifatida



Yüklə 108,31 Kb.
səhifə5/6
tarix28.12.2023
ölçüsü108,31 Kb.
#200828
1   2   3   4   5   6
7.PEDAGOGIK KENGASH SHAKLLARI

Suhbat ta'lim metodikasi sifatida - bu tarbiyachining bolalar guruhi bilan (yoki alohida bir bola bilan) aniq maqsadga yo‘naltirilgan, muayyan mavzuda oldindan tayyorlangan so‘zlashuvidir. Bolalar bog‘chasida takrorlovchi, umumlashtiruvchi va nazorat-tekshiruv suhbatlaridan foydalaniladi.
Takrorlovchi va umumlashtiruvchi suhbatlarda tarbiyachi turli usullar yordamida bolalarni ko‘rgan narsalarni tahlil qilish, taqqoslash, to‘ldirish, chuqurlashtirish usullarini o‘rgatadi, bolalardagi mavjud bilimlarni tizimlashtiradi, ularni muyyan xulosalarga kelishga undaydi.
Nazorat-tekshiruv suhbatlari pedagog tomonidan biron-bir o‘tilgan mavzu bo‘yicha bolalarning bilimlarini aniqlash uchun o‘tkaziladi. Pedagog savollar yordamida bolalarning biron-bir mavzuni o‘tish jarayonida olgan bilimlari darajasini aniqlashi mumkin.

XULOSA
Suhbatni tashkil qilish, uning tuzilmasi mavzu va mazmunga, bolalarning yoshiga bog‘liq bo‘ladi. Har bir suhbatda quyidagi tarkibiy komponentlarni ajratib ko‘rsatish mumkin: 1) kirish (boshlash); 2) asosiy qism (suhbat mavzusini rivojlantirish); 3) nihoyasiga yetish.


Kirish maqsadi bolalarning diqqat e'tiborini suhbat mavzusiga jalb qilish, ularda suhbatda ishtirok etish xohishini paydo qilish, bolalar xotirasida ilgari olingan taassurotlarni, imkoni boricha obrazli va emotsional taassurotlarni jonlantirishdan iborat.
Tarbiyachi suhbatlashadigan narsa (hodisa) haqida taklif qilgan topishmoq ham kirish bo‘lishi mumkin. Suhbatni tegishli mavzudagi she'rni o‘qish yoki suratlarni ko‘rish bilan boshlash mumkin. Suhbat boshlanishida tarbiyachi bo‘lajak suhbat mavzusini (maqsadini) shakllantiradi, uning muhimligini asoslaydi, uni tanlash sabablarini bolalarga tushuntirib beradi.
Asosiy qism maqsadi - bolalar ko‘rgan narsalarni esga olish, qo‘shimcha bilimlarni tahlil qilish, ularni tushuntirish hisobiga chuqurlashtirish, qo‘shimcha bilimlarni ma'lum qilish, ularni bir tizimga keltirish va mustahkamlashdan iborat.
Suhbatning asosiy qismi mikromavzu yoki bosqichlarga ajratilishi mumkin. Har bir bosqich - bu mavzuni bo‘g‘in qismlari bo‘yicha tahlil qilishdan iboratdir. Pedagog mashg‘ulotga tayyorlanar ekan, barcha bosqichlarni belgilab olishi lozim.
Suhbat mavzusini rivojlantirish aniq maqsadga yo‘naltirilgan bo‘lishi lozim, tarbiyachi imkoni boricha bolalarning mazkur mavzudan chetga chiqishlarining oldini olishi zarur (ba'zan ortiqcha faktlarni aniqlash uchun undan chekinish mumkin, biroq so‘ngra yana asosiy suhbat mavzusiga qaytish darkor). Tarbiyachi suhbat rejasini oldindan belgilab oladi.



Yüklə 108,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin