vazifasi - individuallararo - kishilar o‘rtasidagi muloqot vositasidir. Ushbu holatda nutq og‘zaki nutq - monolog, dialog, bir nechta odamlar suhbati sifatida chiqadi.
vazifasi - ichkiindividual - bu yerda nutq ko‘plab ruhiy jarayonlarni (fikrlash, diqqat- e'tibor, xotira, tasavvur va boshq.) aniq tiniq anglash darajasiga ko‘targani hamda shaxsga ruhiy
jarayonlarni tartibga solish va nazorat qilish imkonini bergani holda ularni amalga oshirish vositasi bo‘lib xizmat qiladi.
vazifasi - umuminsoniy - bu o‘rinda nutq alohida bir odamga umuminsoniy ijtimoiy- tarixiy tajriba xazinasidan axborot olish imkonini beradi. Ushbu holatda bu grafik ramzlar va belgilarda moddiylashtirilgan yozma nutqdir.
Nutqning shakllanishida va bolaning undan foydalanishida maktabgacha bosqichdagi turli davrlarda bolalarda o‘zgarib turadigan kommunikativ tusdagi omillar hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ladi. Kommunikativ tusdagi omillar deganda muloqotni yo‘lga qo‘yishga, muloqotga ehtiyoj tug‘ilishiga ta'sir qiladigan omillar tushuniladi.
Dastlabki yetti yilda bolada kattalar bilan muloqotga ehtiyoj rivojlanishining 4 ta bosqichi ro‘y beradi.
- bosqich - vaziyatli-shaxsli muloqot (bola hayotining birinchi yarim yilida) - kattalarning diqqat-e'tiboriga va yaxshi muomalasiga bo‘lgan ehtiyoj;
- bosqich - vaziyatli-amaliy muloqot (6 oydan boshlab 2 yilu 6 oygacha) - kattalar bilan hamkorlikka va ularning ishtirokiga muhtojlik;
- bosqich - vaziyatsiz - bilish muloqoti (2 yilu 6 oydan boshlab 4 yoshgacha) - kattalarning hurmat bilan munosabatda bo‘lishlariga muhtojlik. U bolaning jismoniy olamdagi his qilinmaydigan o‘zaro bog‘liqliklarni aniqlashga yo‘naltirilgan bilish faoliyati doirasida vujudga keladi. Ushbu davrda bola kattalar bilan o‘ziga xos «nazariy» hamkorlikka intiladi, u predmetli olamning hodisa va voqyealarini birgalikda muhokama qilishda ifodalanadi.