Педагогик компетентлик



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/39
tarix15.03.2023
ölçüsü0,96 Mb.
#87982
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39
uslubiy qo\'llanma

 
KIRISh 
 



O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Malakali pedagog kadrlar 
tayyorlash hamda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarini shunday 
kadrlar bilan ta’minlash tizimini yanada takomillashtirishga oid chora-
tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarori (28. 05. 2012 y.) da mazkur tizimning rahbar 
va pedagogik kadrlari malakasini oshirish va qayta tayyorlash masalalariga 
alohida e’tibor qaratilishi zarurligi uqtirilgan. 
Shunga bog‘liq ravishda ushbu ilmiy-uslubiy ishlanmada biz kasb-
hunar muassasalari uchun pedagoglar tayyorlovchi oliy o‘quv yurtlari 
professor-o‘qituvchilarining aynan qanday kompetensiya larga ega bo‘lishi 
lozimligi bo‘yicha to‘plagan ma’lumotlarimiz bilan o‘rtoqlashib o‘tishni 
vazifa qilib qo‘ydik. 
Ma’lumki, bozor munosabatlariga asoslangan demokratik ja-miyatda 
mavjud u yoki bu ish yoki xizmat o‘rnini egallab turgan har bir 
mutaxassisning tegishli o‘ringa qanchalik munosibligi darajasi uning shu 
ish yoki xizmat egasiga qo‘yiladigan turli-tuman talablarga naqadar javob 
berishligi bilan o‘lchanadi. Keyingi yillarda ish yoki xizmat o‘rni bilan shu 
ish yoki xizmat o‘rniga talabgor shaxs o‘rtasidagi ana shunday munosiblik 
darajasini hisoblash asoslarini ishlab chiqish yo‘lida jahonning bir qator 
davlatlarida kasb kompetensiyalarini tadqiq qilish va ana shunday 
tadqiqotlar natijalarini amalda qo‘llashga oid bir qancha konsepsiyalar 
vujudga keldi. 
“Kompetensiya” so‘zi tarjimada “layoqatli”, “munosib bo‘lmoq” 
kabi ma’nolarni anglatuvchi lotincha “competere” so‘zi asosida hosil 
bo‘lgan. “Kompetensiya” deyilganda, shaxsning biror-bir sohadan 
xabardorlik, shu sohani bilish darajasi tushuniladi. 
Ushbu uslubiy qo‘llanmani yozishdan maqsad – talabalarni 
pedagogik 
kompetentlikning 
ilmiy-nazariy 
asoslari, 
kompetentlik 
tushunchasining mazmun-mohiyati va ta’limdagi innovatsion jarayonlar 
tizimida o‘qitish va tarbiyalashda kompetentlikka nisbatan chuqur 
pedagogik-psixologik tayyorgarlikni shakllantirish dan iborat. Vazifalari 
esa: 
- talabalarga pedagogik kompetentlikka doir manbalardan foydala na 
olishga o‘rgatish va ularda pedagogik kompetentlik haqidagi tasavvurlarni 
hosil qilish; 



- bo‘lajak o‘qituvchilarni zamonaviy kishilik jamiyati oldida turgan eng 
muhim muammolardan biri – ta’lim-tarbiya jarayonini modernizatsiya 
qilishga oid istiqbolli yo‘nalishi bo‘lgan pedagogik kompetentlik 
yuzasidan nazariy bilimlar bilan tanishtirish; 
- pedagogik kompetentlikka qo‘yilayotgan zamonaviy talablar bilan 
qurollantirish; 
- ta’lim-tarbiya jarayonini bola ruhiyati, uning neyropsixologik, 
neyropedagogik imkoniyatlarini hisobga olgan holda tashkil etish uchun 
zarur bo‘lgan bilim ko‘nikmalarni egallashlarini ta’minlash; 
- pedagogik faoliyatni amalga oshirishda ijodiy va metodik savodxonlikni 
hamda 
kompetentlikka 
nisbatan 
chuqur 
pedagogik-psixologik 
tayyorgarlikni shakllantirishdan iborat. 
Pedagogik kompetentlik bir qator ya’ni pedagogika nazariyasi va 
tarixi, 
pedagogik 
konfliktologiya, 
neyropedagogika, 
pedagogik 
imidjalogiya, innovasion pedagogik texnologiyalar, yosh davrlar 
psixologiyasi, ijtimoiy pedagogika, pedagogik aksiologiya, pedagogik 
psixologiya fanlari bilan o‘zaro aloqada shakllanadi. 
Murakkab, mashaqqatli, kutilmagan holatlarga boy, ammo 
jamiyatning zaruriy ehtiyoji hisoblangan ta’lim-tarbiya tizimini yangicha 
ko‘rinish va yangicha mazmunda amalga oshirish, dars jarayonida 
innovatsion pedagogik va axborot texnologiyalarni samarali qo‘llash orqali 
ta’lim samaradorligiga erishish davr talabidir. Ta’lim muassasasi 
bitiruvchisi o‘z hayotida shaxsiy, ijtimoiy, iqtisodiy va kasbiy 
munosabatlarga kirishishi, jamiyatda o‘z o‘rnini egallashi, duch keladigan 
muammolarning yechimini hal etishi, eng muhimi o‘z sohasi, kasbi 
bo‘yicha raqobatbardosh bo‘lishini ta’minlashda asosan pedagog kadrlar 
salohiyati hal qiluvchi omil hisoblanadi.
Demak, jamiyatdagi barcha yangilanishlarni uyg‘unlashtirish uchun 
shaxsiy yetuklik bilan birga kasbiy kompetentlik ham muhim ahamiyat 
kasb etadi. 
Oliy ta’lim muassasalarida talabalarning bilim samaradorligini 
oshirish, dars va ta’lim jarayonini yanada sifatli tashkil etish: 




Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin