11. O‘qituvchining fikr almashish omillari bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan kommunikativ qobiliyat xususiyatlarini belgilang? Ishontirish; ta’sir etish; taqlid qilish.
12. Pedagogik faoliyatning tashkiliy shakli bo‘lib, qo‘l bilan tutib bo‘lmaydigan, behad uzoq ijodiy izlanishlar va azob-uqubatli kechinmalar, tinimsiz pedagogik faoliyat, o‘qituvchining fahm-farosati, bilimi va mahorati bilan amalga oshiriladigan qizg‘in ijodiy mehnat mahsuli.... bu? a. O‘qituvchining pedagogik muloqot madaniyati.
b. O‘qituvchining shaxsiy qobiliyatlari.
c. O‘qituvchining kasbiy pedagogik mahorati.
d. O‘qituvchining pedagogik texnikasi.
13. “Yo‘lda ham, cho‘lda ham, hamma fasl, hamma manzilda, qo‘yinchi umringizning oxirgi nuqtasigacha siz faoliyat ustidasiz. Bu degani sizning borlig‘ingiz, har bir so‘z, har bir ishorangiz odamlar uchun nur, madad va xaloskorlikdir”. Ushbu fikrlar muallifi kim? a. Abdulla Avloniy.
b. Tursunoy Sodiqova.
c. Alisher Navoiy.
d. Mahmudxo‘ja Behbudiy.
14. O‘z fikrlarini, kayfiyatini, holatini, hissiyotini, qosh, ko‘z va yuz muskullarining harakati bilan bayon qilish san’ati... a. O‘qituvchining pantomimikasi.
b. O‘qituvchining notiqligi.
c. O‘qituvchining mimikasi.
d. O‘qituvchining aktyorlik sa’nati.
15. O‘qituvchilik kasbini ko‘pincha qanday nomlashadi? Bolaga ta’lim-tarbiya beruvchi shaxs.
Matonatli kasb egasi.
Bola qalbining injeneri.
Otangdek ulug‘ inson.
16. Nutq texnikasiga nimalar kiradi? Nafas olish, ovozni yo‘lga qo‘yish, uning tovlanishi, talaffuzi, notiqlik san’ati.
Nutq asosida o‘quvchilarni ishontirisha olish, ularga ta’sir qilish, taqlid qilishni shakllantirish.
Tovushlarni to‘g‘ri talaffuz qilish, tilning grammatik qoidalariga rioya qilish.
Hamma javoblar to‘g‘ri.
17. O‘quvchilarga doimo tarbiyaviy ta’sir etuvchi ota-onalar,
tarbiyachilar, sinf jamoasi qanday nomlanadi?
O‘qituvchi faoliyatining sub’ektlari.