Pedagogik mahorat haqida tushuncha. Pеdagоgik mahоratning asоsiy komponentlari O'qituvchining kommunikativ qobiliyati



Yüklə 21,33 Kb.
tarix11.05.2023
ölçüsü21,33 Kb.
#110975
O\'QITUVCHINING KOMMUNIKATIV QOBILIYATI


Pedagogik mahorat va uning asosiy komponentlari
Reja:

  1. Pedagogik mahorat haqida tushuncha.

  2. Pеdagоgik mahоratning asоsiy komponentlari

  3. O'qituvchining kommunikativ qobiliyati

Pedagogik mahorat haqida tushuncha. Uning mohiyati


O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda Prezidentimiz tomonidan qabul qilinayotgan har bir Qarorda barkamol avlod tarbiyasi va ularning kasbiy mahoratini awalo ta'lim muassasalarida oshirib borishga jiddiy e'tibor qaratilmoqda. Xususan 2010 yilning "Barkamol avlod yili" deb eion qilinishi ham pedagoglar va tarbiyachilar zimina-siga ulkan mas'uliyatlar yukladi. Jumladan, Respublikamiz Prezidenti I.A.Karimovning "Barkamol avlod yili" Davlat dasturi to'g'risidagi Qarorida "Mamlakatimizda sog'lom va barkamol avlodni tarbiyalash, yoshlarning o'z ijodiy va intellektual salohiyatini ro'yobga chiqarishi, mamlakatimiz yigit—qizlarini XXI asr talablariga to'liq javob beradigan har tomonlama rivojlangan shaxslar etib voyaga yetkazish uchun zarur shart-sharoitlar va imkoniyatlarni yaratish bo'yicha keng ko'lamli aniq yo'naltirilgan chora—tadbirlarni amalga oshirish"" muhim vazifa sifatida belgilangan. Ushbu vazifalarni bekamu ko'st amalga oshirilishi uchun bugungi kunda awalo, bo'lajak o'qituvchilarning saviyasini va bilimini uzluksiz takomillashtirib borishga mustahkam zamin yaratilishi kerak. Oliy pedagogik ta'lim muassasalarida ushbu muammolarning echimini topishda "Pedagogik mahorat" fanini chuqur o'rganish muhim ahamiyat kasb etadi.
Pedagogik mahorat nima? Uning mohiyati nimalardan iborat? Ularni egalJash uchun nimalarni bilish kerak? Hozirgi zamon pedagogikasi va psixologiyasi «pedagogik mahorat» tushunchasiga turlicha izoh beradi. Jumladan, "Pedagogik ensik!opediya,'da ta'rif quyidagicha izohlangan: "O'z kasbining mohir ustasi bo'lgan, yuksak darajada madaniyatli, o'z fanini chuqur biladigan, yondash fanlar sohalarini yaxshi tahlil eta ola-digan, tarbiyalash va o'qitish uslubiyatini mukammal egallagan muta-xassis". Ushbu ta'rifning mohiyatidan kelib chiqib o'qituvchining peda­gogik mahorati tushuncbasi mazmunini shunday izohlash mumkin:
1. Madaniyatning yuqori darajask bilimdonlik va aql-zakovatning yuksak ko'rsatkichi.
2. O'z faniga doir bilimlarning mukammal sohibi.
3. Pedagogika va psixologiya kabi fanlar sohasidagi bilimlarni puxta egallaganligi, ulardan kasbiy faoliyatida foydalana olishi.
4. O'quv - tarbiyaviy ishlar metodikasini mukammal bilishi.
Pedagogik mahorat tizimi quyidagi o'zaro bir-biri bilan bog'liq
bo'lgan asosiy komponentlardan iborat:
1. Pedagogik insonparvarlik talablariga bo'ysunishi.
2. Kasbga oid bilimlarni boshqa fanlar bilan aloqadorlikda muka-
mmal bilish.
3. Pedagogik qobiliyatga ega bo'lish.
4. Pedagogik texnika sirlarini puxta egallash.
Barcha kasblar orasida. o'qituvchilik kasbi o'zgacha va muhim ijti-moiy ahamiyat kasb etadi. Zero, o'qituvchi yosh avlod qalbi kamoioti-ning me'mori, yoshlarga ta'lim-tarbiya beruvchi insondir. Bugungi kunda u yoshlarni g'oyaviy - siyosiy jihatdan chiniqtirib tabiat, jamiyat, ijtimoiy hayot, tafakkur taraqqiyoti qonuniyatlarini o'rgatadi, yoshlarni mehnat faoliyatiga tayyorlab, kasb-hunar sirlarini puxta egallashlarida ko'maklashadi va jamiyat uchun muhim bo'lgan ijfimoiy-iqtisodiy vaziyatlarni hal etadi. Ana shu mas'uliyat o'qituvchidan o'z kasbining mohir ustasi bo'lishni, o'quvchilarga tarbiyaviy ta'sir ko'rsatib, ularning qiziqishi, qobiliyati, iste'dodi, e'tiqodi va amaliy ko'nikmalarini har tomonlama rivojlantirish yo'llarini izlab topadigan kasb egasi bo'lishni talab etadi. Buning uchun doimo o'qituvchilarning kasbiy mahoratini, ko'nikma va malakalarini oshirib borish, ularga har tomonlama g'am-xo'rlik qilish, zarur shart - sharoitlar yaratish, kerakli moddiy va ilmiy -metodik hamda texnik yordam ko'rsatish, o'qituvchilarning ijodiy tashabbuskorligini muntazam oshirib borishga ko'maklashish loziin.
Shunga asosan, «Pedagogik mahorat» fani, mahoratli o'qituvchilarni tayyorlashga xizmat qiladi, o'qituvchilar va tarbiyachilarning kasbiy faoliyati sirlarini, mohirligini o'rgatuvchi va uni takomillashtirish to'g'-risida ma'lumotlar berib boruvchi fan bo'lib, o'qituvchilarda pedagogik mahoratning mohiyat mazmunini, hozirgi zamon talablari doirasida kasbiy faoliyatini rivojlantirishning yo'llarini, vositalarini, shakllarini o'rganadi.
Pedagogik mahorat o'qituvchilar va tarbiyachilarga pedagogik ijod-korlik, pedagogik texnika, ta'lim - tarbiya jarayonida o'qituvchi va o'quvchilarning o'zaro hamkorligi. muloqot olib borish taktikasi, nutq madaniyati, tafakkuri, tarbiyachining ma'naviy - ma'rifiy va tarbiyaviy ishlarini tashkii etish va amalga oshirish, bu jarayonda xulq-atvorni va hissiyotni jilovlay olish xususiyatlarini o'rgatadi va o'z kasbini rivoj-lantirib boruvchi pedagogik faoliyatlar tizimi to'g'risida ma'lumotlar beradi. Pedagogik mahorat o'qituvchilaming pedagogik faoliyati zami-rida takomillashib boradi.
Pedagogik faoliyat yosh avlodni hayotga, mehnatga tayyoilash uchun jamiyat oldida. davlat oldida javob beradigan, ta'lim-tarbiya beri-shda maxsus tayyorlangan o'qituvchilar mehnati faoliyatidir. BoTajak o'qituvchilar o'z pedagogik faoliyati jarayonida faoliyatning quyidagi tarkibiy qismlarini bilishi lozim;
Pedagogik jarayonning mohiyatini anglamagan, bolaga nisbatan chuqur hurmatda bo'lmagan o'qituvchi ta'lim-tarbiya samaradorligi va inson kamolotini ta'minlovchi fikrga ega bo'imaydi. Pedagogik jara­yonning vazifasi bilim berish, tarbiyalash, rivojlantirish bo'lib, o'qituv­chilaming faoliyat mezonini begilab beradi. O'qituvchilarning faoliyati pedagogik jarayonning harakat vositasidir. Pedagogik jarayonning obyektlari bo'lmish tarbiyalanuvchi insonga, o'quvchi va o'quvchilar guruhiga hamda alohida o'quvchiga, pedagogik jarayonrting subyektlari — ota-onalar, o'qituvchilar, tarbiyachilar, sinf jamoasi, pedagogik jamoa mas'uldirlar va ular jamiyat talablari asosida ta'lim va tarbiya berish faoliyatini bajaradilar. O'qituvchining pedagogik faoliyatida ijobiy nati-jalarga erishishi, mehnat malakasini, ya'ni egallagan bilimlarini o'zining hayotiy va amaliy faoliyatida nechog'lik qo'llay bilishi bilan belgilanadi.
O'qituvchilarning pedagogik faoliyati samarali bo'lishi uchun zarur bo'lgan qobiliyatlar tizimini: bilim, bolani tushuna olish, kuza-tuvchanlik, nutq malakasi, tashkilotchilik, kelajakni ko'ra bilish, diqqatni taqsimlab olish, vaziyatni to'g'ri baholash, yuzaga kelish ehtimoli bo'lgan har xil ziddiyatlarni o'z vaqtida bartaraf etish, o'quvchilarni bilim olishga qiziqtirish kabilar tashkil etadi.
Pedagogik mahorat fanining vazifalari va asosiy tarkibiy qismlari
Mamlakatimizning istiqiol yo'lidagi ilk qadamlaridanoq, buyuk ma'-naviyatimizni tiklash va yanada yuksaltirish, milliy ta'lim-tarbiya tizi­mini takomillashtirish, uning milliy zaminini mustahkamlash , zamon talablari bilan uyg'unlashtirish asosida jahon andozalari va ko'nikmalari darajasiga chiqarish maqsadida ta'lim tizimida ulkan bunyodkorlik ish-lari olib borilmoqda. Xususan, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mah-kamasining IX sessiyasida qabul qilingan "Ta'lim to`g'risida"gi hamda "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" to'g'risidagi Qonunda ta'lim sohasida olib borilayotgan islohotlarda o'qituvchi-tarbiyachilarning mehnati naqa-dar yuksakligi, ular oldida barkamol avlodni tarbiyalashdek sharafli va mas'uliyatli vazifa turganligi ta'kidlanadi. "Ta'lim to'g'risida"gi Qonun-ning 3-moddasida ta'lim O'zbekiston Respublikasi ijtimoiy taraqqiyotida ustuvor soha deb e'lon qilingan hamda ta'lim sohasidagi davlat siyosa-tining quyidagi asosiy prins iplari belgilab berilgan:
-ta'lim va tarbiyaning insonparvar, demokratik xarakterda ekanligi; -ta'limning uzluksizligi va izchilligi;
-umumiy o'rta, shuningdek o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limining majburiyligi;
- o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limining yo'nalishini: akademik litseyda yoki kasb-hunar kollejida o'qishni tanlashning ixtiyoriyligi;
- ta'lim tizimining dunyoviy xarakterda ekanligi;
- davlat ta'lim standartlari doirasida ta'lim olishning hamma uchun ochiqligi;
- ta'lim dasturlarini tanlashga yagona va tabaqalashtirilgan yondashuv;
- bilimli bo'lishni va iste'dodni rag'batlantirish;
- ta'lim tizimida davlat va jamiyat boshqaruvini uyg'unlashtirish, Ushbu prinsiplar zamirida o'qituvchi pedagogik faoliyatining asosiy
mohiyati mujassamlangan bo'lib, uni hayotga tatbiq etish o'qituvchilar zimmasiga yuklatilgan. O'qituvchi yuqori maiakali kadrlar tayyorlash sifatini ta'minlovchi asosiy javobgar shaxs ekan, uning pedagogik mahorati ham hozirgi zamon talablari darajasida, jahon andozalariga mos ravishda shakllanishi kerak. Shu jihatdan, "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi"da ham o'qituvchining kasbiy mahoratini oshirishga jidcliy e'tibor qaratilgan. Jumladan, Dasturning 4.2. bandida pedagogik kadr-larning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlashning zamon talab-lariga moslashuvchan, ta'limning yuqori sifatli va barqaror rivojlanishini ko'zlovchi tizimini vujudga keltirish ta'kidlanadi. Pedagog kadrlarni ildam qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, raqobatbardosh darajada ularning kasbiy sifatlarini takomillashtirishni qo'llab-quvvat-lash ta'minlanadi. Ushbu talablar zamirida ham o'qituvchining pedago­gik mahoratini uzluksiz takomillashtirib borish naqadar muhim va davr talabi ekanligi ta'kidlanmoqda. Shunday ekan, "Pedagogik mahorat" fanining vazifalarini "Ta'lim to'g'risida"gi Qonun hamda "Kadrlar tay­yorlash milliy dasturi" talablari belgilab beradi. Uning vazifalari quyidagilardan iborat:
- ta'lim tizimida amalga oshirilayotgan yangilanish va islohotlarni insonparvarlik va demokratik tamoyillarga moslab olib borish;
- ta'lim mazmunini mamlakatning ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyoti istiqbollaridan, jamiyat ehtiyojlaridan, fan, madaniyat, texnika va texno-logiyaning zamonaviy yutuqlaridan kelib chiqqan holda boyitib borishni ta'minlash;
- bo`lajak o'qituvchilaming ma'naviy-axloqiy jihatdan dunyoqara-shini rivojlantirishda milliy urf-odat va an'analarimizdan, boy adabiy merosimizdan samarali foydalanishning tezkor metod va usullarini ishlab chiqish va joriy etish;
- ta'lim va tarbiya jarayonini kelgusida o'qituvchilardan talab qila-digan darajada sifatini va barqaror rivojlanishining kafolatlarini, ustuvor-ligini ta'minlash uchun normativ hujjatlar, o'quv-uslubiy adabiyotlar, moddiy-texnika va axborot bazasi bilan boyitib borish;
- bo`lajak o'qituvchilaming 3/uksak kasbiy tayyorgarlik darajasi, malakasi, bilimi, madaniy va ma'naviy-axloqiy saviyasining sifatini za­mon talablariga javob beradigan darajada oshirib borish;
- bo'lajak o'qituvchilarni yuqori maiakali kadrlar tayyorlash bilan pedagogik faoliyatning nufuzi va ijtimoiy maqomini ko'tarishga o'rgatish.
Pedagogik mahoratni egallashda kasbga oid nazariy va amaliy bilimlarni egallash, pedagogik jamoa bilan doimiy muloqotda bo'lish ijobiy natijalar beradi. Binobarin, bunday muhitda o'zaro fikr almashish, shaxsiy mulohazalarni boshqalar tomonidan bildirilayotgan qarashlar bilan taqqoslab, ularning to'g'riligi, haqqoniyligiga ishonch hosil qilish, mavjud bilimlarni yanada boyitish, xato yoki kamchiliklarni aniqlash hamda ulami bartaraf etish yo'llarini topish imkoniyati mavjud.
Buyuk nemis pedagogi Adolf Disterverg o'qituvchining doimiy ravishda fanlarni mutolaa qilish bilan shug'ullanishi haqida gapirib, shunday degan edi: "O'qituvchi muntazam ravishda fan bilan shug'ul-lanmog 'i lozim. Aks holda u qurigan daraxt va toshga o xshab qoladi. Qurigan daraxt va tosh meva bera olmaganidek, kelajakda bunday o 'qituvchidan hech qanday natija kutib bo 'Imaydi".
Hozirgi zamon fan va texnikasi jadal sur'atda rivojlanayotgan, zamonaviy axborot texnologiyalarining salmog'i keskin oshayotgan bir davrda o'qituvchi pedagogik mahoratini takomillashtirish muhim ahami-yat kasb etadi. Agar, ilgari fanning biror sohasida ro'y berayotgan yirik kashfiyot qariyb o'n besh yillik samarali va kishi zo'rg'a ishonadigan vo-qea hisoblangan boisa, hozir har yili, hatto har oyda fan, texnika soha­sida yangi kashfiyotlar yaratilmoqda, bilimlarning ilgari noma'lum bo'l­gan yangi yo'nalishlari maydonga kelmoqda. Kishilarda bilimga bo'lgan intilish beqiyos darajada o'sib borayotir. Shuning uchun hozir kunda o'qituvchi faqat o'z fani bo'yicha emas, balki o'z faniga yaqin bo'lgan sohalardagi yangiliklarni bilishi talab etiladi.
Bizga ma'lumki, ilg'or jamiyat fuqarosining, xususan o'qituvchining ma'naviy boyligi uning keng dunyoqarashi, teran fikrlash layoqati, savodxonligi, yuksak insoniy fazilatlarga boyligi bilan baholanadi. "Barcha illallarning kelib chiqishi ilmsizlikdandir" degan edi yunon faylasufi Sokrat. Shunday ekan, yosh avlodning yuksak bilim va tafakkur sohibi bo'lishi uchun barchamiz javobgarmiz. Bu javobgarlik ko'proq o'qituvchilar zimmasida.
Darhaqiqat, o'qituvchilarning obro'-e'tiborini ta'minlaydigan ilk vo-sita uning tarbiyalanganlik darajasidir. Birinchidan, o'qituvchi ma'na­viy jihatdan sogiom va keng fikrlay oladigan bo'lishi, o'z milliy qadri-yatlari, urf-odatlari va millatimizning buyuk siymolari ijodiy merosini teran bilishlari kerak. Binobarin, o'zi tanlagan mutaxassislik va fan soha­sida izlanishlar olib borgan, aliomalarning hayoti va ijodini yaxshi bilishi hamda mantiqiy tafakkurga ega bo'lishi lozim. Bu o'qituvchi pedagogik mahoratining shakllanib borishida muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, milliy an'analarimiz, urf-odatlarimiz, qadriyatlarimiz asosida davlati­mizning buyuk kelajagi boTmish yosh avlodga chuqur bilim berish o'qituvchilardan yuksak qobiliyatni va ishchanlikni talab qiladi.
O'qituvchi faoliyatida tarbiyalanuvchilar bilan pedagogik aloqa-1 anting uzluksizligi tarbiyaning asosiy qonuniyatlaridan biridir. O'quv­chilar bilan ta'lim-tarbiyaviy jarayonda ijobiy aloqalar o'rnatish, ijobiy iqlim yarata olish, o'ziga ishontira olish va jalb qilish - o'qituvchi kom­munikativ qobiliyatining asosiy mohiyati bo'lib, bunda bevosita o'qi­tuvchi bilan bog'liq bo'lgan minglarcha ruhiy jarayonlar, maium bir qolipdan chiqishi mumkin boimagan muomala turlari va shartlari mav­jud. Tarbiyaning samaradorligi, pirovard natijada o'quvchilar bilan aloqa o'rnatishning shakl va uslublariga qat'iy rioya qilgan holda amalga oshirilishi bilan belgilanadi. Asosiy maqsad, o'qituvchi va o'quvchi munosabatida majburiy itoatkorlik o'rnini ongli intizom egallashi, o'quv-chilarda mustaqii fikr yuritish ko'nikmalarini hosil qilishdan iborat. O'qituvchi tarbiya usullari tizimini belgilab olgandan keyin bir qator aloqa o'rnatish vazifalarini rejalashtirishi kerak. Albatta, bu nihoyatda qiyin jarayon, zero tarbiyaning har bir usuli, tarkibiy qismi va tashkil etuvchi usullari muomala orqali aloqa o'rnatishning samaradorligiga bog'liq. Ushbu jarayon bevosita o'qituvchining iikr almashuvi (reflek-siya) bilan bog'liq xususiyatlariga, o'quvchi mhiy holatini fikr tezligi bilan uqib olish san'atiga va pedagogik ta'sir ko'rsatishning turli usullarini bir-biri bilan o'zaro aloqadorlikda qo'llay bilishiga taalluqli bo'lib, ular uzluksiz shakllanadi.
O'qituvchining fikr almashuvi bilan bog'liq kommunikativ qobili­yatini shakllantiruvchi asosiy xususiyatlari o'quvchi ongiga qaratilgan faoliyat bo'lib, nihoyatda murakkab jarayonda takomillashadi. O'zaro fikr almashish omiilari bilan bevosita bog'liq bo'lgan kommunikativ qobiliyatning quyidagi yo'nalishlari mavjud:
- o'quvchilarni ishontirish;
- o'quvchilar ongiga ta'sir etish;
- o'zgalarga taqlid qilish.
O'quvchilarni ishontirish tarbiyalanuvchining ongiga qaratilgan bo'lib, o'qituvchi fikr-mulohazalarini ta'sirchan nutq orqali o'quv-chining bilimlar tizimiga, dunyoqarashiga, xulq-atvoriga, xatti-harakatiga ta'sir etadi va uni qisman o'zgartiradi. Ishontirish o'qituvchining kasb faoliyatiga taalluqli bo 'Igan murakkab faoliyatida asosiy ta 'sir ko 'rsatish vositasi bo 'lib, ta 'I'im-tarbiya jarayonida ishlatiladigan usullardan biri hisoblanadi. O'quvchi ongiga ta'sir ko'rsatish bilan bog'liq bo'lgan ishontirish usuli o'qituvchidan bahs, munozara asosida dalillar keltirishni, isbot va mantiqqa tayanishni talab qiladi. Ayniqsa o'qituvchi bilan o'quvchilar orasida o'rganilayotgan mavzuga taalluqli muqobillik mavjud bo'lganda, tanqid va fikrlar kurashiga tayanilganda samarali bo'ladi.
Ishontirish tarbiyalanuvchining ongiga qaratilgan ekan, o'qituv­chining his-tuyg'usi, nutqi va ishontira olish san'ati bunda muhim aha-miyatga ega. U pedagogik ta'sir ko'rsatish usuli sifatida darslarda yangi mavzuni tushuntirishda, o'quv-tarbiyaviy soatlarda, turli uchrashuvlar va ijodiy suhbatlarda munozaralar shaklida qo'llaniladi. Tarbiyaviy tadbir-larcia ishontirish usuli sinf jamoasi bilan hamda alohida o'quvchi bilan individual suhbatlar o'tkazish, siyosiy mavzulardagi darslarda keng qo'llaniladi. Ishontirish usuli yordamida o'quvchilarning dunyoqarashi shakllantiriladi. Bu ayniqsa o'quvchi ongini begona mafkuraviy g'oya-lardan himoya qilishda muhim ahamiyatga ega, ishontirish asosida o'quvchiga ideal va mustaqil fikrlar qayta quriladi, ularni ba'zi psixik ta'sirlar tufayli sodir bo'ladigan tushkunlik holatidan asraydi, ularda er-kinlikni hamda mustaqil fikrlash qobiliyatini o'stiradi, o'ziga va kela-jagiga ishonch uyg'otadi, o'z-o'zini tarbiyalashda, mustahkam irodani shakllantirishga undaydi.

Adabiyotlar

  1. Munavvarov A.K.-Pedagogika, Toshkent, «O’qituvchi», 2006.

  2. Tursunov I, Nishonaliev U.-Pedagogika kursi, darslik.-Toshkent «O’qituvchi», 2007.

  3. Gaybo’llaev N.va b. Pedagogika-Toshkent: 2000,-7-16 b.

  4. Baranov S.P. va b. Pedagogika, Toshkent. O’qituvchi 2008.-17-27 b.

  5. Savin N..V. Pedagogika, Toshkent, «O’qituvchi». 2005.-3-19 b.

Yüklə 21,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin