Pedagogik mahorat haqida tushuncha, uning o’qituvchi faoliyatida-fayllar.org
Pedagogik texnikani shakillantirish uslublari Pedagogik texnologiya usulining о‘ziga xos xususiyati shundaki, unda ta’limning rejalashtirilgan maqsadiga erishishni kafolatlaydigan о‘qib – bilish (о‘zlashtirish) jarayoni loyhalashtiriladi. Maqsadni kо‘zlash, joriy natijalarni tekshirib borish, о‘quv materialini ayrim bо‘laklarga ajratib – о‘quv jarayonini tashkil etishning bu belgilari – qayta ishlab chiqiladigan (takrorlanadigan) ta’lim sikliga xos xususiyatlaridir. Boshqacha aytganda, takrorlanadigan ta’lim siklining asosiy qismlari quyidagilar: Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences - ta’lim maqsadlarini umumiy belgalash; - umumiy maqsadni oydinlashtirib о‘quv maqsadlariga aylantirish; - о‘quv amallari majmui; - ta’lim natijasini baholash. О‘quv jarayoni bunday takrorlanadigan shaklga ega bо‘lgani uchun modul xarakterini kasb etadi, alohida blok (qism)larga ajratiladi, ular turli mazmunga, lekin umumiy tuzilishga ega bо‘ladi. Ta’lim jarayonini pedagogik texnologiyaga binoan tashkil etish uchun loyihalashtirish bosqichida yuqori malaka talab etiladi, yetakchi metodist – pedagoglar guruhi pedagogik texnologiya qoidalari va prinsiplari asosida metodik materiallarni ishlab chiqadi. Bunday materiallar mavjud bо‘lsa, о‘qituvchining vazifasi asosan tashkiliy ishlar va maslahat berishdan iborat (ayrim ijodiy о‘zgarishlar kiritish imkoniyati saqlangan holda) bо‘ladi. О‘quv jarayonining hamma bosqichlarida asosiy e’tibor ta’lim natijasiga erishishga qaratiladi. Pedagogik texnologiya usuli tarkibiga umumlashtirib aytganda quyidagilar kiradi: 1. Ta’limning umumiy maqsadlari, muhim masalalari tasnifi. 2.Oddiylashtirilgan maqsad (о‘quv vazifa)larini ishlab chiqish. 3. Ta’limning maqsadlarini nazorat (test) topshiriqlariga aylantirish. 4. maqsadlarga erishish usullari. Ta’lim maqsadining aniq ifodalanishi, о‘qish davomida о‘quvchi bilimni qanchalik о‘zlashtirganidan xabardorlik, o’quvchi (talaba) ning harakatlari (faoliyati)ga asoslanib о‘qitish - pedagogik texnologiyaning muhim jihatidir. О‘qituvchi о‘z oldiga, odatda, o’quvchi (talaba) о‘quv materialining mazmunini tushunishi, о‘zlashtirib olishi va amalda qо‘llay olishni unga о‘rgatish maqsadini qo’yadi.