Pedagogik mahorat haqida tushuncha, uning o’qituvchi faoliyatidagi o’rni


Pedagogik faoliyatni tashkil etishda muloqotga kirishishni rivojlantirish



Yüklə 38,38 Kb.
səhifə9/12
tarix19.12.2023
ölçüsü38,38 Kb.
#186763
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Pedagogik mahorat haqida tushuncha, uning o’qituvchi faoliyatida-fayllar.org

Pedagogik faoliyatni tashkil etishda muloqotga kirishishni rivojlantirish
Insonning o’zini qurshab turgan olam bilan o’zaro birgalikdagi harakati odamlar o’rtasidagi ularning ijtimoiy hayoti va ishlab chiqarish faoliyati jarayonida tarkib topadigan ob’ektiv munosabatlar sistemasida yuz beradi. Kishilar ishlab chiqarish jarayonida tabiatgagina emas, balki bir - birlariga ham o’zaro ta’sir ko’rsatadilar.
Ikki notanish o’zbek yigiti uchrashib qolsa, salom - alikdan keyingina suhbatni "Uylanganmisiz?" degan gapdan boshlaydi. Agar ular 30 yoshlarda bo’lsa savol boshqacharoq bo’ladi: "Og’ayni bolalardan nechta?" Ha, kasb - kor, uy - joy, boylik va shu kabi moddiy jihatlar surishtirilmaydi, bu odob doirasiga kirmaydi ham, lekin bola - chaqadan so’z ochish o’zbeklarga xos milliy odatlardandir. Ota - ona uchun farzandlari haqida maqtov eshitish, "Otangga rahmat" degan olqish ham eng katta saodatdir. O’rta yoshdagi tanish yoki notanish erkaklar va ayollar muloqotida "hammasidan qutilganmisiz?" degan savol uchrashi tabiiy. O’g’illarini uylantirib, qizlarini uzatib bo’lganmisiz? Ota - ona farzandlarini oilali, uy - joyli qilish tashvishi bilan yashaydi, bu ular hayotining mazmuni bo’lib qoladi. Barcha madaniy xalqlarda bo’lgani kabi o’zbeklarda ham muomal "Assalomu - alaykum" va "Vaalaykum assalom"dan boshlanadi, keyin hol-ahvol so’rashishga o’tiladi[1]. Muomala va muloqotda xalqimizning milliy an’analari va urf-odatlari ham ta’sirini ko’rsatadi. "An’ana" arabcha so’z bo’lib, uzoq zamonlardan beri avloddan - avlodga, otalardan bolalarga o’tib davom etib kelayotgan urf - odatlar, axloq mezonlari, qarashlar va shu kabilardir. Xalqimizning ilg’or an’analarini o’zlashtirish, unga rioya qilish va boyitib borish lozim. Xalqimizda azaldan ko’pchilik ishtirokida o’tadigan turli bolalar o’yinlari, choyxona suhbatlari, to’y - ma’rakalar, mavsumiy bayramlar - lola sayli, "boychechak" aytish, qovun sayli, qizlar majlisi, kelin salomi, yuz ochtisi, sumalak, kurash, mehmon kutish kabi ko’plab marosimlarimiz o’zbek xalqiga xos bo’lgan "o’zbekona", "SHarqona" tarbiyalashda muhim rol o’ynaydi.


Yüklə 38,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin