# Berilgan javoblardan qaysi biri pedagog nutqining talablariga kirmaydi?
- Nutqning lug‘aviy grammatik jihatdan to‘g‘riligi
+ Nutqning ifodaliligi, shiraliligi, his-tuyg‘ularga boyligi
- Nutqning lug‘aviy va madaniy jihatdan boyligi
- Ovoz tonining tezligi, yuqori darajada balandligi, bir xil gapirishi
# O’qituvchi tovushining o‘ziga xosligi nimada?
- O’qituvchi tovushining past-balandligida, kuchli nutq apparati organlarining faolligida
+ O’quvchilar tomonidan o'rganilayotgan yangi dars mavzusi qanday g‘oyani aks ettirishiga qarab o’zgarishida
- O’quvchilar O’qituvchining notiqlik san’atini namoyish etib, o‘z nutqini yaxshi ijro etishida
- O’qituvchi nutqidagi kamchiliklaming paydo bo‘lishiga qarab tuzatib borishida
# Pedagogning qaysi jarayonini sahnadagi aktyorlar faoliyatiga o‘xshatish mumkin?
- Xatti-harakati, dars olib borish jarayoni
- Estetik his-tuyg‘usini
- O’quvchilar bilan muloqotini, bilim saviyasini
+ Mimika va pantomimika qoidalariga xos harakatini
# Notiqlik san’ati tarixiga bag‘ishlangan “Brut”, “Notiqlik san’ati namoyondalari”, “Notiq”, “Notiqlik haqida” kabi asarlar muallifi kim?
+ Sitseron
- Demosfen
- Giperid
- Isokrat
# O’rta Osiyo madaniyati tarixida notiqlik san’ati namoyondalarini qanday atashgan?
+ Nadimlar, badihago‘ylar, qiroatxonlar, voizlar, go‘yandalar, maddohlar, qasidaxonlar, qissago‘ylar, muammogo‘ylar
- Voizlar, go‘yandalar, maddohlar
- Qasidaxonlar, qissago‘ylar, muammogo‘ylar
- Qissago‘ylar, muammogo‘ylar
# “Pedagogik mahorat” kursining maqsadi nimadan iborat?
+ Mahoratli pedagogni tayyorlash
- Ta’lim-tarbiyani rivojlantirish
- Tarbiyaviy ishlarni shakllantirish
- Diniy jihatdan tarbiyalash
# Pedagogik faoliyatda nechta qobiliyat etakchilik qiladi?
- 2 ta qobiliyat
- 5 ta qobiliyat
+ 6 ta qobiliyat
- 4 ta qobiliyat
Dostları ilə paylaş: |