Pedagogik nizolarni bartaraf etish texnologiyasi Reja



Yüklə 116,08 Kb.
səhifə4/6
tarix19.05.2023
ölçüsü116,08 Kb.
#117156
1   2   3   4   5   6
Pedagogik nizolarni bartaraf etish texnologiyasi MM -12

Nizolarni boshqarish

  • Eng ideal holatda menejer nizolarni hal qilibgina (bartaraf etib) qolmasdan, ularni boshqara olishi ham lozim deb hisoblanadi.

  • Nizolarni boshqarish nizoli vaziyatni o‘zgartirish, zarurat tug‘ilganda esa umuman bartaraf qilishdan iborat. Nizoni hal etishning hal qiluvchi belgisi to‘qnashuvni, ya’ni nizo predmeti, maqsadi, ob’yektini bekor qilishdir

Nizoli vaziyatlarni boshqarishning bir qator samarali usullari mavjud. Ularni quyidagi yirik guruhga bo‘lish mumkin.


Tarkibiy – tashkiliy usullarga quyidagilar kiradi.


Ishga bo‘lgan talabni tushuntirish usuli. Bu usul disfunsional usulga mutlaqozid bo‘lib, bunda har bir xodim va bo‘limlardan qanday natija kutilishi tushuntiriladi.
Muvofiqlashtirish va integrasiyalash usuli. Bu usul og‘zaki buyruq (amr) zanjiri deb yuritiladi.

Tarkibiy-tashkiliy usullar

  • Ishga bo‘lgan talabni tushuntirish

  • Muvofiqlashtirish va integrasiyalash

  • Umumtashkiliy kompleks maqsadlar

  • Mukofatlashning tarkibiy tizimini takomillashtirish

Strategik usullar

  • Uzoqlashish

  • Silliqlashish

  • Majburlash

  • Kelishuv

  • Muammoni xal etish


Nizoli vaziyatlarning oldini olish yoki ziddiyatni yumshatishning beshta strategik usuli ma’lum.
Uzoqlashish. Komil inson janjaldan uzoqlashishga harakat qiladi. Kelishmovchilik avjiga chiqqanda u muhokamaga qatnashmaydi. Bunday usul nizoli vaziyatning yechilishiga manfaatdor bo‘lmagan va o‘zaro manosabatlarning zohiriy yaxshiligicha qolishini istashgan hollarda tomonlar tarafidan qo‘llaniladi. Bunday xolatli zaruriyat hali yetilmagan yoki ziddiyatga chiqyvchilarning lavozim darajalari yaqin bo‘lgan hollarda kuzatiladi.
Silliqlanish. Bu usul kishilarni yaxshilikka undash yo‘li bilan nizoni bartaraf qilishga qaratilgan. Ziddiyatli vaziyatda qarama-qarshi tomonlar bir-biri bilan hushmuomalali bo‘lishga, arzimagan napsaga achchiqlanish, umuman bir vaqtning o‘zida birga suzayotgan qayiqni “qaltis tebratish” yaramasligiga chaqirishadi.
Majburlash - bu tomonlardan birining xohish-irodasini, so‘zini majburan, zo‘rlab qabul qildirish. So‘zini o‘tkazmoqchi bo‘lgan tomon qarshi tomonning fikri bilan hisoblashmaydi, uni inkor etadi. Bunday strategiyani qo‘llaydigan tomon tajavuzkorlik bilan o‘z xohishini qarshi tomonga majburlab o‘tkazadi. Bu usulni ko‘proq rahbarlar qo‘l ostida ishlaydiganlarga nisbatan qo‘llashadi
Kelishuv. Nizoli holatdan muvaffaqiyatli chiqishning eng muhim sharti - bu murosaga kela olish. Kelishuv bilan nizolarni hal etish, bu yuqori baxolanuvchi strategik usul bo‘lib, bunda ikkala tomonni qanoatlantiruvchi yechimga kelinadi.
Muammoni xal qilish. Bu usul barcha tomonlarni qanoatlantiruvchi yechimni topish uchun nizoni chaqiruvchi sabablarni chyqyp tahlil qilish va barchaning fikrlarini inobatga olishga asoslanadi. Bu usul tarafdorlari o‘z maqsadiga boshqalar maqsadi orqali emas, balki nizoning eng oqilona yechimini topish evaziga erishishni hushlaydilar.

Rahbarning sa’y-harakatlari mehnat jamoalarida


nizolarni hal etishning asosiy vositasi hisoblanadi. Nizoni hal etish uchun rahbar quyidagilarni bajara olishi lozim:

  • yuzaga kelgan vaziyatni ob’yektiv baholash va agar haqiqatda shunday bo‘lsa, nizoning mavjudligini tan olish.

  • Nizoning mavjudligini tan olish ko‘plab salbiy jihatlarning – xodimlar o‘rtasida gaplarning chala qolishi, «parda orti» harakatlarining oldini oladi va nizoning hal etilishiga yaqinlashtiradi;

  • nizoning bahonasini uning predmetidan – ko‘pincha ob’yektiv yoki sub’yektiv yashiriladigan bevosita sababidan ajrata olish;

  • nizo turini, uning bosqichini, predmetini, qatnashchilarning (opponentlarning) asosiy maqsadlarini aniqlash;

  • qarama-qarshiliklar predmetining ishlab chiqarish, mehnat va boshqaruvni tashkil etishga qay darajada, nizo tomonlarining shaxsiy va ishbilarmonlik munosabatlariga qay darajada taalluqli ekanligini aniqlash;

  • odamlar nizoga yo‘l qo‘yishining sub’yektiv sabablarini aniqlash.

Ochiq nizolar odatda qarama-qarshi tomonlarning ko‘z oldida, to‘g‘ridan-to‘g‘ri vujudga keladi. Ular to‘qnashish sodir bo‘lgunga qadar to‘liq yetilgan bo‘ladi. Bunday nizolar rahbariyat nazorati ostida turganligi sababli, korxona uchun unchalik xavf tug‘dirmaydi va ularni boshqarish oson kechadi.


Yopiq nizolar o‘ta xavflidir. Bunday nizolarni asta-sekin, belgilangan fursatda portlaydigan minaga o‘xshatsa bo‘ladi.
Yopiq nizolar ko‘pincha fitna, ig‘vo, hiyla-nayrang, fisq-fasod shaklida rivojlanish oqibatida vujudga keladi. Ular oraga nifoq solish, buzg‘unchilikka qaratilgan bo‘lib, yolg‘on-yashiq, uydirma, bo‘hton gaplar muxoliflar uchun asosiy qurol vazifasini bajaradi.


Yüklə 116,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin