Tashkiliy nizo bu- xodimlar, tashkilot jamoalari o‘rtasida ularning birgalikdagi mehnat faoliyati jarayonida manfaatlar qarama-qarshiligi, kelishuvning yo‘qligi, hattoki biron-bir ishbilarmonlik masalasini hal etish jarayonida qarama-qarshiliklar tufayli vujudga keladi.
Nizolar ko‘p tomonlama, dinamik, rivojlanayotgan jarayonni ifodalaydi.
Nizolar rivojlanishining uchta asosiy bosqichini ajratib ko‘rsatish mumkin:
nizodan oldingi vaziyat
nizoning o‘zi
nizoning hal etilishi.
Nizolarni vujudga keltiruvchi sabablar
ayrim bo‘linmalar va xodimlarning maqsad va vazifalari muvofiqlashtirilmaganligi va bir-biriga qarama-qarshiligi rahbariyatning funsional xizmat bilan, masalan, mehnat intizomining buzilishi sababli to‘qnashuvi);
huquq va majburiyatlarning aniq cheklanmaganligi;
resurslarning cheklanganligi (resurslarni taqsimlash jarayoni uchun nizolarning vujudga kelishi xarakterli);
ijrochining professional tayyorgarlik darajasi pastligi;
«arzanda»larga asoslanmagan (ayniqsa, ommaviy) tanbeh berish yoki ularni maqtash;
xulq-atvor va hayotiy tajribadagi farqlar;
o‘sish istiqbollarining noaniqligi;
ish sharoitlarining yomonligi (bino harorati, noto‘g‘ri joylashtirish va h.k.);
menejer tomonidan e’tiborning yetarli emasligi (qo‘l ostidagi xodimlarning muhtojliklariga e’tiborsizlik, ayrim xodimlarga nisbatan yaxshilikni ravo ko‘rmaslik, tanqidni qabul qilmaslik va b.);
boshqa muvaffaqiyatga erishgan shaxslarga hasad, ishni adolasiz baholashdan xafa bo‘lish (psixologik fenomen).
Nizo oqibatlari
Funsional oqibatlar
Nizoni hal qilishda har ikkala tomon uchun ma’qul qaror qabul qilinishida namoyon bo‘ladi. Qarama – qarshi tomonlar nizo yechimiga teng manfaat nuqtai nazaridan yondashilganda mamnun qoladigan. Bunday oqibat o‘z navbatida nizo yechimi bo‘yicha qabul qilinadigan qaror to‘siqlarini, ya’ni qarama – qarshi tomonlarning bir – biriga bo‘lgan:
adovatni ;
xusumatni;
dushmanlikni;
adolasiz kabi g‘arazli to‘siqlarni yumshatishga yoki butunlay yo‘qotishga imkon beradi.
Funsional oqibatning boshqa ko‘rinishida qarama – qarshi tomonlarning ko‘proq hamkorlik qilishga, hattoki kelgusida ham o‘rtada nizo chiqmaslikka bo‘lgan moyilliklari namoyon bo‘ladi.
Disfunsional oqibatlar
Agar nizolarni boshqarishning samarali yo’llari topilmasa, u holda maqsadga erishishga xalaqit beruvchi quyidagi ko’rinishdagi disfunsional oqibatlar yuzaga kelishi mumkin ya’ni:
qoniqmaganlik, mamnun bo‘lmaslik, norozilik;
yomon ruhiy holat;
qo‘nimsizlikning oshishi;
mehnat unumdorligining pasayishi;
kelajakda hamkorlikning susayishi;
o‘zining guruhiga ko‘proq sadoqat va boshqa guruhlar bilan raqobatni susaytirish;
qarshi tomonni faqat “dushman” deb gumonsirash, o‘zining maqsadini ijobiy, qarshi tomonning maqsadini esa faqat “salbiy” deb o‘ylash;
hamkorlikka chek qo‘yish va qarama – qarshi tomonlar bilan nizoga chiqish;
o‘zaro munosabat va hamkorlikni sussaytirib, adovatni, xusumatni kuchaytirish;
urg‘uni o‘zgartirish: diqqat e’tiborni ko‘proq real muammoni yechishga emas, balki nizo jarayonida “g‘olib” chiqishga qaratish.
Dostları ilə paylaş: |