Pedagogika bo‘yicha dissertatsiyalar tahlili
tadqiqot mavzusi va muammosi dolzarbligida
bir qator yaqqol kamchiliklarni yuzaga
chiqarishga imkonyat beradi:
•
tadqiqot mavzusining faqat ilmiy dolzarbligi asoslanadi: dalil-isbotlar
fanda ularning yetarli darajada ishlab chiqilmaganligiga borib taqaladi
(«aniqlanmagan,», «yuzaga chiqmagan,», «ochilmagan...»), amaliy
dolzarblik esa ochilmay qolyapti («Qay tarzda tadqiqot natijalari ta’lim
amaliyotidagi kamchiliklarni bartaraf uchun yordam beradi?»);
•
misollar-tasvirlar asosida faqat tadqiqot mavzusi dolzarbligi asoslanadi
(masalan, pedagogik jarayon natijadorligi to‘g‘risidagi
statistik
ma’lumotlar).
Mavzuni aniqlash uchun ilmiy
muammoni yuzaga chiqarish
va shakllantirish kerak, uning
dolzarbligini isbotlash lozim.
Tadqiqot mavzusi – bu
qisqa
ifodalangan muammodir.
Mantiqiy-metodologik aspektda
“mavzu” (“sarlavha”) ilmiy
ishning asosiy savolidir
(Yu.A.Petrov).