Pedagogik takt о' qituvchi kasbiy mahoratining asosi



Yüklə 85,5 Kb.
səhifə1/12
tarix05.12.2023
ölçüsü85,5 Kb.
#173903
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Pedagogik taktni qo`llash shartlari.


Pedagogik taktni qo`llash shartlari.

Reja:

1.Pedagogik takt - о' qituvchi kasbiy mahoratining asosi.
2.Hamkorlik pedagogikasi.
3.Pedagogik odob me'yorlari va omillari.
4.O'qituvchining dilkashlik xususiyati va uning ahamiyati.

Pedagogik takt - о' qituvchi kasbiy mahoratining asosi.

Pedagogik takt - o'qituvchi kasbiy mahoratining asosi. Takt ahloqiy tushuncha bo'lib, u insonlarning o'zaro munosabatlarini muvofiqlashtirish, tartibga solish, insonparvarlik g'oyalariga asoslangan bo'lib, andishali xulq, har qanday ziddiyatli vaziyatlarda ham inson hurmati saqlanib qolishini talab qiladi. Har bir insondan, ayniqsa o'qituvchidan andishali bo'lish talab qilinadi.


Boshqacha qilib aytganda, pedagogik takt bu o'qituvchining talabalar oldida o'zini tutishni bilishi, bolaning holatini, intilishlari, qiziqishlarini tushuna olishi va eng samarali ta'sir yo'lini topa olishidir.
Shunday qilib, pedagogik takt bu o'qituvchining talabalarga nisbatan amalga oshiradigan ta'sirining mezonidir.
Таkt va taktika
Taktika tanlash turli vaziyatlarda turli rollarni bajarish bilan bog'liq. Bu haqida ma'lumotni psixolog A. B. Dobrovich kitoblaridan olish mumkin.
Bu to'rtta pozisiya bo'lib, ular quyidagicha:
«yuqoridan pastga», «pastdan yuqoriga», «yonma-yon» va «aralashmaslik pozisiyasi».
«Yuqoridan pastga» pozisiyasi o'qituvchi mustaqilligini, barcha mas'uliyatni o'z bo'yniga olishini namoyish etadi. Bu pozisiya "ota" pozisiyasi ham deb ataladi.
«Pastdan yuqoriga» pozisiyasida o'ziga ishonmaydigan, tobe' shaxs bo'ladi. A. B. Dobrovich so'zi bilan aytganda, bu "bola" pozisiyasi.
«Yonma-yon» pozisiyasida farosatlilik va vazminlik, vaziyatga qarab ish tutish, boshqalaming ham manfaatini o'ylash, o'zi va ular o'rtasida mas'uliyatni to'g'ri taqsimlash ifoda etiladi. Bu "katta odam" pozisiyasi.
MS: Sizningcha, pedagog qanday pozisiyani qo'llagani ma'qul?
Har bir pozisiyaning qo'llanishi vaziyat talabiga mos tanlanadi. Muloqot ikki tomonlama jarayon bo'lganligi uchun o'qituvchi talaba rolini ham inobatga olishi shart.
O'qituvchining odatiy pozisiyasi bu hamkorlikda ish olib borayotgan katta odamning, ishga aloqador (rasmiy) darajani talab qiluvchi pozisiyasi. Bu pozisiya talabada teng huquqli sherikni shakllantiradi, o'zaro ishonch muhitini yaratadi. Bunda shunday uslublarni qo'llash mumkin: «Sizlar bilan maslahatlashmoqchi edim», «Kelinglar, o'ylab ko'raylik...» va ho kazo.
Pedagogik ta'sirning etakchi usullaridan bin - pedagogik talabdir. Pedagogik talab iltimos, rag'batlantirish, ma'qullash, faoliyatga undash, talabaga nisbatan ishonchni namoyish qilish va boshqa shakllarda ifodalanadi.
Pedagogik taktni shakllantirish omillari.

Yüklə 85,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin