Pedagogik ta’lim klasteri: muammo va yechimlar Pedagogical Education Cluster: Problems and Solutions Кластер педагогического образования: проблемы и решения Chirchik, Uzbekistan 802 International Conference -
uzluksizlik;
-
bosqichma-bosqichlik;
-
faollik;
-
mafkurani e‟tiqodga aylantirish;
-
ish bilan so„z birligi;
-
shaxsiy ibrat;
-
hayotiylik (yutuqlar bilan birga kamchiliklarni ham ko„rsatish) [6;20].
tamoyillariga amal qilish maqsadga muvofiq.
O„zbekistonda mafkuraviy jarayonlarni tashkil etishning ustuvor yo„nalishlari
quyidagilardan iborat:
belgilangan tadbirlarning yuqori darajada uyushqoqlik bilan o„tkazilishini
ta‟minlash;
milliy g„oya targ„ibotining sifatini muntazam oshirib borish;
davr talablaridan kelib chiqqan holda mafkuraviy ishlarni tashkil etishning
yangi, samarali yo„llarini izlash;
mafkuraviy jarayonlarni tashkil etishda ijtimoiy muhitni hisobga olish;
mafkuraviy faoliyatning qanchalik samarali olib borilayotganini bilish
maqsadida uning monitoringini tashkil etish [7;19].
Mafkuraning targ„ibotiga aynan shunday yondashish ko„proq samara beradi.
Shundagina insonlarning salohiyati, mehnati, vaqti, mulki va mablag„larini
tanlangan maqsad sari yo„naltirish mumkin. Bu esa mafkuraviy siyosatning
natijasini moddiy narsalarda
- yuqori sifatli mahsulotlarda, badavlat
turmushimizda, bunyodkorlik ishlarida, erkin va farovon hayotda, iqtisodiy
o„sishda “o„lchash” imkonini beradi. Bu jarayonda esa innovatsion
texnologiyalarning o„rni beqiyosdir.
Xulosa qilib aytganda, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan olib
borilayotgan islohotlar milliy g„oya xalqimizning kuch-qudratiga aylanishi uchun
sharoit yaratdi. Endi gap milliy g„oyani har bir o„zbekistonlikning niyatiga va
harakatiga aylantirishda. Yaxshi fikr yaxshilikka, yomon fikr yomonlikka yo„l
ochadi. Axborot maydonini nuqul negativ kontent egallab olmasligi uchun milliy
g„oyaning targ„ibotini innovatsion texnologiyalar orqali yangicha mazmunda
to„ldirish masalasiga alohida e‟tibor qaratmog„imiz zarur. Shundagina biz istiqbolda
ma‟naviy barkamol insonni, sog„lom avlodni tarbiyalashga erishamiz.