Pedagogik ta’lim klasteri: muammo va yechimlar Pedagogical Education Cluster: Problems and Solutions Кластер педагогического образования: проблемы и решения Chirchik, Uzbekistan 800 International Conference Milliy g„oyani targ„ibot qilishda innovatsiyaning amaliyotga kiritilishi
innovatsion jarayonlarda amalga oshiriladi. Innovatsion jarayon deb – innovatsion
o„zgarishlarga tayyorgarlik ko„rish va uni amalga oshirish jarayoniga aytiladi.
Innovatsion jarayon – bu ijtimoiy-siyosiy o„zgarishlar asosida yuzaga kelgan
yangiliklar, bu yangiliklarning shu soha vakillari tomonidan o„zlashtirilishi va
ulardan ilmiy asosda amaliyotda samarali foydalanishning o„zgarib boruvchi
yaxlitligidir.
Milliy g„oyani targ„ibot qilishdagi innovatsion o„zgarishlar, tizimga har
qanday yangilikning kiritilishi bevosita shu soha vakili faoliyatini yangilash va
o„zgartirish orqali amalga oshirilishi ham atroflicha o„rganilgan. Innovatsion
faoliyat – bu uzluksiz ravishda yangiliklar asosida ishlash bo„lib, u uzoq vaqt
davomida shakllanadi va takomillashib boradi. Shu boisdan, innovatsiyalar doimiy
ravishda ijtimoiy-siyosiy hayotga yangiliklar olib kirish orqali mafkuraviy
qarashlar rivojiga katta ta‟sir ko„rsatadi [3;596].
Milliy g„oya va mafkura xalqimizning azaliy an‟analariga, udumlariga, tiliga,
diniga, ruhiyatiga asoslanib, kelajakka ishonch, mehr-oqibat, insof, sabr-toqat,
adolat, ma‟rifat tuyg„usini ongimizga singdirishi lozim. Buning uch asosiy jihati
bor. Bular: Birinchidan, o„zbek milliy mafkurasi deyilsa – bu cheklanish,
botqoqlikka, xudbinlikka olib keladi. Balki mustaqil davlatning milliy manfaat
mafkurasi, umumiy mafkuraviy g„oyasi deb tushunish kerak; Ikkinchidan, turli
harakatlar, siyosiy partiyalar mafkurasi, yo„l-yo„rig„i mafkuraviy g„oyadan chetda
yoki teskari bo„lib qolmasligi kerak. Vaholanki, mafkuralar yagona, bir butun
jamiyat milliy mafkurasiga aylanishi lozim; Uchinchidan, milliy mafkuramiz
globallashuv mafkurasi bilan uzviy bog„liq – o„zboshimchalikka yo„l qo„ymasligi
bo„lib, xalqimiz qudrati va himoyasiga suyangan holda, umuminsoniy
qadriyatlarga asoslanib, jahon hamjamiyatidagi davlatlar orasida teng huquqli
hamda munosib o„rin egallashiga doimiy intilish hissini tarbiyalamog„i kerak
[4;326]; deb o„ylaymiz.
Mafkuraviy g„oyani o„z ongiga singdirgan inson ulug„dir. Chunki bola ota-
onasidan meros qilib olgan va dunyoga aytgan birinchi so„zida milliy g„oya va
mehr-muruvvat, insonparvarlik ifoda qilinadi. O„z xalqining milliy g„oyasiga,
an‟analariga, tili va madaniyatiga muhabbat va hurmatni tarbiyalamasdan turib, o„z
xalqini butun jahon nazdida tenglardan, o„zligini anglaganlardan biri sifatida idrok
qiluvchi haqiqiy insonni, o„z Vatani jonkuyarlarini tarbiyalashi mumkin emas!
G„oyaviy-mafkuraviy tizim faoliyatida innovatsiyalarni qo„llash uchun
sariflangan xarajat va kuchlardan maqsad ko„proq yuqori natijani qo„lga kiritish
hisoblanadi. Bunda innovatsiyalar har qanday yangiliklardan, o„zining boshqarish