5.Ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilari kimlar? +ta’lim oluvchilar, voyaga etmagan ta’lim oluvchilarning ota-onalari yoki boshqa qonuniy vakillari, pedagog xodimlar va ularning vakillari
-ta’lim oluvchilarga chuqur nazariy bilim, malakalar va amaliy ko‘nikmalar berishga, shuningdek ularning umumta’lim va kasbiy bilim, malaka hamda ko‘nikmalarini shakllantirishga, qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan tizimli jarayon
-aniq maqsadli hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida yosh avlodni har tomonlama kamol toptirishga, ularning ongini, ma’naviy-axloqiy qadriyatlar va dunyoqarashini shakllantirishga qaratilgan tizimli jarayon
-o’qituvchi va o’quvchilar
6.Ta’lim sohasidagi asosiy prinsiplar “Ta’lim to’g’risida”gi Qonunning nechinchi moddasida berilgan? + 4-moddasida
- 6-moddasida
- 8-moddasida
- 10-moddasida
7.O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi Qonunning 2-bobi qanday nomlanadi? +Ta’lim tizimi, turlari va shakllari
-Ta’lim tizimini boshqarish
-Ta’lim faoliyatini tashkil etish va uning nazoratini amalga oshirish
-Umumiy qoidalar
8.Ta’lim sohasidagi asosiy prinsiplar quyidagilardan qaysi biri kiradi? + Yuqoridagilarning barchasi
- ta’lim ustuvorligining tan olinishi, ta’lim olish shaklini tanlash erkinligi, ta’lim sohasida kamsitishlarga yo‘l qo‘yilmasligi, ta’lim olishga doir teng imkoniyatlarning ta’minlanishi;
- ta’lim va tarbiyaga milliy hamda umuminsoniy qadriyatlarning singdirilganligi, ta’lim va tarbiyaning insonparvarlik, demokratik xususiyati, ta’limning uzluksizligi va izchilligi, o‘n bir yillik ta’limning hamda olti yoshdan etti yoshgacha bo‘lgan bolalarni bir yil davomida umumiy o‘rta ta’limga tayyorlashning majburiyligi;
- insonning butun hayoti davomida ta’lim olishi; jamiyatda pedagoglarni ijtimoiy himoya qilishning kafolatlanganligi; ta’lim tizimining dunyoviy xususiyatga egaligi; bilimlilik, qobiliyatlilik va iste’dodning rag‘batlantirilishi; ta’lim tizimida davlat va jamoat boshqaruvining uyg‘unligi