SHuni inobatga olish kerakki, qo’l harakatlari ham,
huddi korpusning
boshqa harakatlari singari, aytilayotgan fikrning kechish jarayonini ko’rsatadi,
uning orqasidan kelmaydi.
Qaddi–qomatning to’g’ri bo’lishiga sport bilan shug’ullanish, mahsus
mashqlar yordam beradi. Masalan, zanjirga turgandek turish, devorga orqasini tutib
turish. SHuningdek, o’z–o’zini tekshirib turish, o’ziga chetdan turib, bolalar ko’zi
bilan qarash ham juda muhim ahamiyatga ega.
Muloqot faol bo’lishi uchun ochiq pozada turish muhimdir: qo’llarni
qovushtirib turmaslik, sinfga yuzma–yuz turish, bolalar bilan o’zi
orasidagi
masofani qisqartirish natijasida o’zaro ishonch hissi paydo bo’ladi. Bir qadam
oldinga yurish ahborotning muhimligini anglatadi va diqqatni to’plashga yordam
beradi. Bir qadam orqaga yurish bilan so’zlovchi tinglovchilarga dam berganday
bo’ladi.
Mimika.
Mimika – bu o’z fikri, hissiyotlari,
kayfiyati, holatini yuz
muskullarini orqali ifodalash. Ko’pincha yuz va nigohlar o’quvchilarga so’zdan
ko’ra kuchliroq ta’sir ko’rsatadi. Qo’l harakatlari va mimika yotkazilayotgan
ahborotning ta’sirchanligini oshirib uning yahshi o’zlashtirilishiga yordam beradi.
Bolalar o’qituvchining yuzini ”o’qiydilar” ya’ni uning munosabati va
kayfiyatini darhol bilib oladilar. SHuning uchun yuz faqat ifodalabgina qolmay,
balki masqsadga zid bo’lgan kayfiyatni yashirishi ham kerak. Sinfga uydagi g’am
tashvishlar niqobini olib kirmaslik kerak. YUz va qo’l harakatlari orqali faqat ishga
taalluqli bo’lgan, o’quv–tarbiya vazifasini bajarishga
qaratilgan narsalarni
ifodalash talab etiladi.
Albatta, yuz ifodasi nutq mazmuni va munosabat harakteriga mos bo’lishi
kerak. U, huddi butun tashqi ko’rinish singari o’ziga ishonch, ma’qullash, tanqid
qilish, qoniqmaslik, quvonch, qoyil qolish, befarqlik, qiziquvchanlik, hayratlanish
kabi holatlarning o’nlab ko’rinishlarini ifodalashi lozim. YUzdagi tabassum
kishining ma’naviy sog’lomligi va ahloqiy kuchini anglatadi. Mimikaning muhim
ifodaviy detallari ko’z va qoshdir. Ko’tarilgan qoshlar hayratni, chimirilgan
qoshlar – fikrning to’planganligini, harakatsiz qoshlar – hotirjamlik, befarqlikni,
qimirlab, titrab-turgani qattiq ta’sirlanganlikni anglatadi.
Ko’zlar ham kishi yuzidagi eng ifodali a’zo bo’lib hisoblanadi. “Quruq
nigoh – bo’sh qalbning ifodasidir” (K.S.Stanislavskiy). O’qituvchi o’z
yuzining
imkoniyatlarini, ma’noli qarash ifodasini chuqur o’zlashtirish, yuz muskullarini va
a’zolarini keragidan ortiq harakatlantirish yoki o’lik, harakatsiz yuz ifodasidan
qochish kerak. O’z hatti–harakatlari va o’quvchilarning hulq–atvorini anglash
ko’nikmalarini rivojlantirish uchun ruhshunoslar tadqiqotlarida berilgan etalonlar
bilan tanishib chiqish tavsiya etiladi. Masalan shodlik holatidagi hulq atvor etaloni:
tabassum, ko’zlar charaqlaydi, qo’l
harakatlari tezlashadi, ko’p gapiradi, birovga
yordam berish istagi paydo bo’ladi. Qo’rquv holatidagi hulq–atvor etaloni: ko’zlar
chaqchaygan, gavda biroz egilib, qotib qolgan, qoshlar ko’tarilgan, ovoz qaltiraydi,
yuz osilgan,qorachiqlar o’ynab turibdi, harakatlar keskin, tana qaltiraydi.
O’qituvchi nigohi bolalarga qaratilgan bo’lib, vizual aloqa imkoniyatini
hosil qilish kerak. Devorga, derazaga, shiftga qarab gapirishdan saqlanish lozim.
Vizual aloqa ongli rivojlantirishga muhtoj bo’lgan texnika bo’lib hisoblanadi.
Nigohlar bilan barcha o’quvchilarni qamrab olishga intilishi kerak.
Dostları ilə paylaş: