YOsh o’qituvchi, agar o’tmoqchi bo’lgan darsidan odin o’zida ishonchsizlik,
bolalardan qo’rqish tuyg’ularini sezsa, iloji boricha hotirjamlanish seansini
o’tkazish lozim. Autogen mashqlar (ruhiy o’z–o’zini nazorat) – o’ziga hos ruhiy–
jismoniy gimnastika – nafas va artikulyatsiya mashqlari bilan bir qatorda
pedagogik faoliyat anjomlarining bir qismiga aylanishi lozim. Ruhiy o’z–o’zini
nazorat qilish hotirjam holatga keltirish mashqlari hamda muhim kasbiy sifatlarni
shakllantirishga oid formulalarni o’zida mujasamlashtiradi. Buning uchun
”foytunchi o’tirishi” holatida o’tirib, mahsus formulalar yordamida tana
a’zolalarida og’irlik va issiqlik, mushaklar erkinligi va hotirjamlik holatini paydo
etish kerak. Keyin o’zida muayyan holatni yuzaga keltirish uchun quyidagi
formulani ichdan takrorlash mumkin:
“Men hotirjamman. Men darsni ishonch bilan olib boraman.
Bolalar meni eshitishadi. Men darsga yahshi tayyorlanganman. Dars
qiziqarli. Barcha bolalarni taniyman va ko’ra olaman. Men o’zimga ishonmayman
va g’ayratim jo’sh uryapti. Men o’zimni boshqara olaman. Kayfiyatimni tetik va
a’lo. O’qitish qiziqarli mashg’ulot. O’quvchilar meni hurmat qilishadi, eshitishadi
va bergan topshiriqlarni bajarishadi. Darsda ishlash menga yoqadi. Men
o’qituvchi”.
Ammo dastlabki mashg’ulotlardagi muvaffaqiyatsizliklardan esankirab
qolmaslik kerak. Bu o’rinda muntazam o’z ustida ishlash, ruhiy–jismoniy apparatni
mashq qilidirish lozimki, bu mashqlar natijasida u pedagog faoliyatining zo’r
quroliga aylanadi.
Dostları ilə paylaş: