O`qituvchining aktyorlik mahorati
Pedagogik texnikalar tizimiga o`qitish samaradorligini oshirish va ijobiy tarbiyaviy
ta`sir ko`rsatadigan yana bir mahorat o`qituvchining aktyorlik va rejissyorlik
mahoratidir. Xususan, adbiyot, odob, ma`naviyat asoslari, tarix fanlari
o`qituvchilari uchun aktyorlik mahorati juda zarur. Ayrim mavzular, obrazlar,
tarixiy qaxramonlarni tasvirlash, aktyorlik, tarbiyaviy ma`lumotlar so`rash,
o`quvchilar vaoliyatini tashkil etishda o`qituvchidan rejissyorlik mahorati zarur.
Bu ko`nikmalar o`qituvchiga yoshlar bilan muloqotda bo`lishda –o`quvchilarning
intelektiga emas, balki ularning his-tuyg`ulariga ta`sir o`tkazishga, dunyoga hissiy
jihatdan
qimmatli
bo`lish
tajribasini
o`rgatishda
yordam
beradi.
Pedagogik
texnika
xususiyatlari
Pedagogik texnikaning muhim xususiyatlaridan biri o'qituvchining o‘quvchilar
bilan bevosita muloqoti jarayonida shakllanadigan kasbiy texnik ko'nikma va
malakalaridir. Bunda pedagogik texnikaning ko'nikma va malakalari o'qituvchining
pedagogik
mahorati
bilan
aloqadorlikda
shakllanib
boradi.
Rivojlangan pedagogik texnika xususiyatlari o'qituvchiga o‘quvchilar bilan
muloqot jarayonida zarur so'z va gap ohangi, qarash, imo ishorani tez va aniq
topish, kutilmagan pedagogik v aziyatlarda bosiqlik va osoyishtalik. aniq fikr
yuritish, vaziyatni fikran va tez tahlil qilish kabiqobiliyatiarini namoyish etish bilan
ifodalanadi. Pedagogik texnikaning ushbu xususiyatlari o‘qituvchj kasbiy
mahoratida aniq ifodalangan individual shaxsiy shakl oladi, ya’ni o‘qituvchining
psixologik-fiziologik xususiyatlari asosida uning shaxsiy pedagogik texnikasini
tarkib
toptiradi.
Individual pedagogik texnikaning shakllanishi o‘qituvchining yoshi, jinsi, mijozi,
fe’l-atvori,
salomatligi,
anatomik-fiziologik
xususiyatlariga
bogiiq.
0‘qituvchining shaxsiy “Mehnat professiograimnasi”ni ishlab chiqdilar.
Olimlaming fikrlariga ko‘ra o‘qituvchi professiogrammasi o‘qituvchilarga
qo‘yiladigan maxsus talablarni o‘z ichiga oladi hamda har bir fan o‘qituvchisining
alohida ixtisoslashgan xarakteristikasini belgilab beradi. Jumladan, ular ta’lim
muassasalarida pedagogik faoliyat olib boradigan “o‘qituvchi-murabbiy
professiogrammasi”da quyidagi hislatlar, ya’ni “Pedagogik texnika” malakalari
mujassamlashgan
bo‘lishini
ta’kidlaydilar.
1) 0 ‘qituvchining shaxsiy hislatlari: bolalarni sevishi, kamtarligi,dilkashligi,
mehnatsevarligi.
2) Kasbiga xos bilimlari: ta ’lim va tarbiya jarayoni mohiyatini bilishi, pedagogik
va psixologik bilim asoslarini egallashi, о 'quvchilarning yosh xususiyatlariga
asosan psixologik imkoniyatlarini anglashi, tarbiyaviy ta ’sir etishning samarali
usullaridan oqilona foydalana olishi, otaonalar va jamoatchilik bilan olib
boriladigan
faoliyat
mazmunini
puxta
bilishi.
3) Kasbiga xos hislatlari: milliy mqfkura, umuminsoniy qadriyatlar, milliy an’ana
va urf-odatlarning asl mohiyatini tushunishi, kuzatuvchanligi, pedagogik
qobiliyatga egaligi,o'zini qo'lga ola bilishi, o'zini anglay olishi, pedagogik takt,
nutq
madaniyati.
4) Shaxsiy pedagogik uddaburonligi: dars mashg'ulotlarida zarurmateriallami
tanlay olishi, o'quvchilarning bilish faoliyatini boshqarishi, ta ’lim-tarbiya
jarayonini istiqbolli rejalashtirishi, o'quvchilar ja moasini boshqara olishi.
5) Tashkilotchilik malakalari: o'quvchilar jamoasini uyushtira bilishi, turli
ziddiyatli vaziyatlarda ham о'quvchilar jamoasini boshqarishi, amaliy
muammolarni
hal
etishda
uddaburonligini
namoyish
eta
olishi.
6) Kommunikativ malakalari: о ‘quvchilarni о 'ziga jalb etishni bilishi, o'quvchilar
va ota-onalar bilan maqsadga muvofiq pedagogic muloqotlarni tashkil qilishi,
о'quvchilarning jamoada о'zaro munosabatlarida bir xil muvozamtni tartibga
solishi.
7) Gnostik malakalari: o'quvchilarning asab psixik holati darajasini aniqlay olishi,
o'z pedagogik faoliyati natijalarini tanqidiy tahlil qila olishi, ustoz о 'qituvchilar
mahoratini nazariy va amaliy jihatdan О`rganib borishi, psixologik va pedagogik
adabiyotlardan to'g ‘ri foydalana bilishi, о`quvchilar xulq-atvorini mukammal о
‘rganishi.
8) Ijodiy hislatlari: o'z pedagogik mahoratini doimiy takomillashtirib borishi,
о'quvchilarni tarbiyalashda о 'z dasturini ishlab chiqishi va uni muvaffaqiyatli
amalga oshirishi, o'quvchilar nazari bilan voqelikni tahlil qilish qobiliyati,
o'quvchilarga pedagogik ta ’siri natijalarini oldindan ко ‘ra olishga intilishi.
Psixolog olimlaming fikricha, ushbu professiogramma yosh o‘qituvchilarga
o‘zlarining kelgusida o‘qituvchilik kasbini to‘g‘ri va ongli ravishda tanlab, kasbiy
mahoratlarini
takomillashtirib
borishlariga
yordam
beradi
Mahoratli usta–pedagog muvaffaqiyati sirlariga chuqur kirib borgan sari
uning faoliyatidagi pedagogik ta’sir usullarining aniqligi, turli amaliy topshiriqlarni
san’atkorona qo’ya olishi va hal eta olishining guvohi bo’lamiz. Bu erda mahsus
ko’nikmalar: o’quvchilarni izchil o’quv–biluv faoliyatiga jalb eta olish, savol
qo’ya olish, jamoa va alohida shahs bilan muloqotga kirisha olish, kuzatuvchanlik,
jamoani tashkil eta olish, o’z kayfiyati, ovozi, mimikasi va hatti–harakatlarini
boshqara olish kabilar muhim o’rin egallaydi.
Pedagogik texnika o’qituvchi faoliyatining botiniy mazmuni va zohiriy
ifodasidagi mos uyg’unlikni ta’minlashga hizmat qiladi. O’qituvchining mahorati
ma’naviy madaniyat va pedagogik maqsadga muvofiq tashqi ifodaviylikda
namoyon bo’ladi.
SHunday qilib, texnika – bu usullar, mahsus ko’nikmalar majmuidir. Uning
vositasi – nutq va muomalaning noverbal vositalari.
Pedagogik texnika komponentlarini ikki guruhga bo’lib o’rganamiz: 1 –
guruh komponentlariga o’qituvchining hulq – atvorini boshqarishiga oid
ko’nikmalar kiradi. Bular – o’z tanasini boshqarish (mimika, pantomimika);
hissiyotlari va kayafiyatini boshqarishi; ijtimoiy–pertseptiv qobiliyatlar (diqqat,
kuzatuvchanlik, tasavvur); nutq texnikasi (nafas, ovozni boshqarish, talaffuz, nutq
sur’ati).
2 – guruh komponentlar jamoaga va shahsga ta’sir ko’rsata olish
ko’nikmalari hamda ta’lim jarayonining tehnologik tomonlari bilan bog’liq. Bular
– didaktik, tashkilotchilik, konstruktiv, kommunikativ ko’nikmalar, talab qo’yish,
pedagogik muloqotni boshqarish, jamoa ijodiy ishlarini tashkil etishning
tehnologik usullari.
Dars va tarbiya jarayoni tehnologiyasi keyingi mavzularda atroflicha
yoritilishini inobatga olib, bu mavzuda faqat o’qituvchi hulq–atvorini tashkil
etishga oid masalalar hususida to’htalamiz.
YOsh o’qituvchilarning faoliyatida uchraydigan odatiy kamchiliklar.
O’qituvchi faoliyatiga oid olib borilgan tadqiqotlar endigina ish boshlagan
o’qituvchilar faoliyatida uchraydigan bir nechta odatiy kamchilik – nuqsonlar
mavjudligini ko’rsatdi. Bu o’qituvchilarning ko’p yo’qotishlari o’quvchilar,
ularning ota–onalari bilan dildan erkin suhbat qura olmaslik, qahr–g’azabni saqlab
turish yoki aksincha, uni namoyon etish, ishonchsizlik oqibatida sodir bo’ladi.
O’zlarining birinchi darslari haqida yozgan ishlarida talabalar o’z nutqlaridan
havotirlanganliklari, haddan ziyod qattiqqo’llik qilganliklari, ochilib gaplashishga
qo’rqanliklari, doskaning u yog’idan bu yog’iga borib kelganliklari, qo’l
harakatlaridagi ortiqcha hatti–harakatlarga yo’l qo’ymasliklari yoki harakatsiz
qotib qolganliklari, qo’llarini qayoqqa qo’yishni bilmaganliklari haqida yozishgan.
Ko’pgina talabalarda gavda holatida elkalarning qisilib turishi, qo’l harakatlarining
noo’hshovligi, qo’lda turli keraksiz narsalarni o’ynab turish kabi holatlar
kuzatiladi. Ovoz texnikasidagi asosiy kamchiliklar bir hil ohangda gapirish,
nutqining jonsiz, quruqligi, ifodali, obrazli qilib o’qish ko’nikmalarining yo’qligi
ko’rinadi. Nutqdagi ko’pgina individual kamchiliklar – talaffuzning noaniqlik,
ovozning optimal balandligini topa olmaslik bilan bog’liq.
Bu kamchiliklarning barchasi o’qituvchi faoliyati samaradorligiga ta’sir
ko’rsatadi. Talabalarning oliy o’quv yurtidagi ta’limi jarayonidayoq ularni
yo’qotishga kirishish o’qituvchini o’quv–tarbiya jarayoniga rahbarlik qilishga
tayyorlashning muhim omillaridan biridir.
Tarbiyachining tashqi qiyofasi estetik talabga mos bo’lishi kerak. O’z tashqi
ko’rinishiga befarq bo’lish yaramaydi. Ammo haddan ziyod e’tibor qilish ham
hush kelmaydi.
Soch turmagi ham, kiyimi ham, kiyimdagi bezaklar ham pedagogik topshiriq
– tarbiyalanuvchi shahsini shakllantirishga samarali ta’sir ko’rsatish talabiga
bo’ysundirilgan bo’lishi kerak. O’qituvchi pardoz–andoz, turli bezak–
taqinchoqlardan foydalanishga haqli ekanligi holda, me’yor va shart–sharoitdan
kelib–chiqib ish ko’rishi kerak. O’qituvchining estetik qiyofasiga yuzidagi
hayrihohlik va ochiqlik, hatti–harakatlardagi me’yor va ihchamlik, gavda holati,
yurishidagi orastalik ham ta’sir ko’rsatadi. Hatto sinfga qanday kirishingiz,
bolalarga qarashingiz, stulni qanday surib qo’yishingiz, sinfda yurishingiz – ana
shunday “mayda -chuyda”larda sizning o’quvchiga ta’sir eta olishingiz namoyon
bo’ladi. Sizning barcha hatti–harakatlaringizdan, qo’l harakatlari va qarashingizdan
ular katta kuch va o’ziga nisbatan ishonchni his etishlari kerak. Aynan anna
shunday – o’ziga ishongan, hayrihoh va hotirjam – holda siz inson sifatida
tushunarli, tarbiyachi sifatida sezilarli daraja kuchli bo’lishingiz mumkin.
O’qituvchining tashqi qiyofasi, mimika, pantomimikasi, gavda holatiga
nisbatan qo’yiladigan muayyan talablar qanday? Bularni qanday boshqarish
mumkin? CHunki bu elementlarning barchasi kishining ichki holati kayfiyatiga
bog’liq bo’lib, ishni o’z ijodiy kayfiyatini boshqarish texnikasini o’rganishdan
boshlash kerak.
Dostları ilə paylaş: |