Pedagogik texnika va aktiyorlikka xos xususiyatlar. Pedagogik texnika va murabbiylik shartlari



Yüklə 250,2 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix19.10.2023
ölçüsü250,2 Kb.
#157073
  1   2   3   4
PEDAGOGIK TEXNIKA VA AKTIYORLIKKA XOS XUSUSIYATLAR. PEDAGOGIK TEXNIKA VA MURABBIYLIK SHARTLARI



PEDAGOGIK TEXNIKA VA AKTIYORLIKKA XOS XUSUSIYATLAR. 
PEDAGOGIK TEXNIKA VA MURABBIYLIK SHARTLARI 
REJA: 
1.Pedagogik texnika haqida tushuncha .
2.Pedagogik texnikaning muhim xususiyatlari .
3.Mehnat professiograimmasi.
XULOSA .


Pedagogik texnika - o'qituvchining nafaqat ta’lim-tarbiya jarayonida, balki butun 
kasbiy faoliyatida zarur bo'lgan umumiy pedagogik bilim va malakalari majmuidir.
ASOSIY 
QISM 
:
Pedagogik texnikaning muhim jihatlari -bu avvalo, o'qituvchining mahoratini 
belgilovchi kasbiy ko'nikmalar hisoblanadi , ya’ni uning savodli va ifodali so'zlay 
olishi , o'z fikr-mulohazasini va bilimini tushunarli tilda ta’sirchan bayon qilishi , 
his-tuyg'usini jilovlay olishi , o'zining shaxsiy xususiyatlariga xos mimik va 
pantomimik qobiliyatlarga ega bo'lishi , aniq imo-ishora , ma’noli qarash 
rag'batlantiruvchi yoki istehzoli tabassum , so'zning cheksiz qudrati orqali 
o'quvchilar ongiga va tafakkuriga ta’sir o'tkazishi , hozirjavoblik psixologik 
bilimlarga 
ega 
bo'lishi 
kabilardir.
O'qituvchining pedagogik texnikasi qanday ko'nikma va malakalardan iborat 
ekanligi , pedagogik texnika vositasida o'qituvchi ta’lim muassasalarida ta’lim-
tarbiyaviy faoliyatni zamonaviy talablar asosida qanday tashkil qilishi , 
o'quvchilarga tarbiyaviy ta’sir ko'rsatishida qanday ahamiyatga ega ekanligi kabi 
muammolar hozirgi kungacha dunyo olimlarining diqqatini o'ziga jalb etib 
kelmoqda
Hozirgi kunda pedagogik texnika tushunchasi ikkita guruhga bo'lib o'rganiladi
Birinchi guruh komponentlari : o'qituvchining shaxsiy axloqiy fazilatlari va xulqi 
bilan bog'liq bo'lib , ta’lim-tarbiya jarayonida o'z o'zini boshqarish malakalarida ( 
refleksiya) 
namoyon 
bo'ladi:
• ta ’lim-tarbiya jarayonida o'z xatti-harakatlarini boshqarishi , (mimika , 
pantomimika);
• ta ’lim-tarbiya jarayonida o'z hissiyotini va kayfiyatini ji- lovlay olishi va turli 
nojo‘ya 
ta’sirlarga 
berilmaslik;
•mukammal ijtimoiy perseptiv qobiliyatlarga (diqqat , kuzatuvchanlik,xayol ) 
egaligi;
• nutq texnikasini (nafas olish , ovozni boshqarish , nutq tempi) bilishi va o‘z o'rida 
qo‘Ilay 
olishi.


Pedagogik texnikaning ikkinchi guruh komponentlari o'qituvchining shaxs va 
jamoaga ta’sir ko'rsatish malakalari bilan bog'liq bo'lib, bu guruh ta’lim-tarbiya 
jarayonining 
texnologik 
tomonini 
qamrab 
oladi:
•o'qituvchining didaktik , tashkilotchilik , konstruktiv , kommunikativ qobiliyatlari;
•ma’lum bir reja asosida o'z oldiga qo'yilgan talablarining bajarilishini nazorat 
qilishi;
• ta ’lim muassasasida va o'quvchilar jamoasida ta’lim-tarbiya bi- lan bog'liq 
bo'lgan 
ijodiy 
faoliyatni 
tashkil 
eta 
olishi;
•o'quvchilar bilan pedagogik muloqot jarayonini bir muvozanatda saqlab boshqara 
olishi.
O'qituvchining tarbiyalanuvchi obyektlar oldida o'z harakatlarini boshqarishida 
aktyorlik san’atiga xos bo'lgan xususiyatlari, ya’ni mimik va pantomimik 
qobiliyatlari muhim rol o'ynaydi. Aktyor bir obrazni ma’lum bir muddatda 
tayyorlab, bir yoki bir necha marotaba bir xil ko'rinishda sahnada namoyish etsa , 
o'qituvchi butun o'quv yili davomida, har bir darsda yangi mavzuni o'tilgan 
mavzular bilan bog'lab , zamonaviy innovatsion usullar vositasida o'quvchilar 
ongiga yetkazish uchun chuqur tayyorgarlik ko'radi , sinf jamoasidagi o'ziga xos 
pedagogik va psixologik muhitni , har bir o'quvchining shaxsiy xususiyatlarini 
e’tiborga olib pedagogik faoliyat ko'rsatishga majbur . Bunday ulkan mas’uliyatni 
yuqori saviyada bajarish uchun o'qituvchidan yuksak pedagogik texnik 
tayyorgarlikka 
ega 
bo'lish 
talab 
etiladi.
Hozirgi zamon o'qituvchisi pedagogik mahorat tizimida pedagogik texnikaning 
rolini beqiyos deb biladi. Chunki u o'qituvchiga o'z gavdasini tuta bilishi (mimika, 
pantomimika), his-tuyg‘ularini (emotsiyasini) boshqara olishi , ishtiyoq
qobiliyatlar, nutq texnikasini egallashi va ularni o'quv faoliyatida, o'qishdan 
tashqari ta’lim va tarbiyaviy faoliyatlar jarayonida qo'llash yo'llarini tushuntiradi. 
Demak , pedagogik texnika o‘qituvchi kasbiy faoliyatida shunday kasbiy va 
shaxsiy malakalar yig'indisiki , u o'qituvchining pedagogik faoliyatiga ta’sir 
ko'rsatishi , ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil qilish va boshqarish ishlarida asosiy 
yo'l ko‘rsatuvchi bo`lib xizmat qiladi.



Yüklə 250,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin