Pedagogik texnologiyalar masalasiga to‘xtalaylik. Pedagogik texnologiyalarga berilgan har xil ta’riflardan ba’zilarini ko‘rib chiqamiz:
1. Texnologiya – biror ishda, mahoratda, san’atda qo‘llaniladigan usullar, yo‘llar yig‘indisi. (Izohli lug‘at).
2. Pedagogik texnologiya – o‘qituvchi mahoratiga bog‘liq bo‘lmagan holda pedagogik muvaffaqiyatni kafolatlay oladigan, o‘quvchi shaxsini shakllantirish jarayonining loyihasidir. (V.P. Bespalko.)
3. Pedagogik texnologiya – ta’limning rejalashtiriladigan natijalariga erishish jarayoni tafsiloti. (I.P. Volkov.)
4. Pedagogik texnologiya – texnika resurslari, odamlar va ularning o‘zaro ta’sirini hisobga olgan holda ta’lim shakllarini optimallashtirish vazifasini qo‘yuvchi o‘qitish va bilimlarni o‘zlashtirishning hamma jarayonlarini yaratish, qo‘llash va aniqlashning tizimli metodi (YUNEKSKO).
5. Pedagogik texnologiya – bu o‘qitishga o‘ziga xos yangicha (innoatsion) yondoshuvdir. U pedagogikadagi ijtimoiy-muhandislik tafakkurining ifodalanishi, texnokratik ilmiy ongning pedagogika sohasiga ko‘chirilgan tasviri, ta’lim jarayonining muayyan standartlaShuvi hisoblanadi. (B.L. Farberman.).
6. Ta’lim oluvchilar va ta’lim beruvchilarning o‘quv-tarbiya jarayonida avvaldan belgilangan sifatlarning shakllanishiga olib keladigan izchil amaliy faoliyatlarini pedagogik texnologiya deb hisoblash mumkin. (J.G‘. Yo‘ldoshev, S. Usmonov).
Keltirilgan ta’riflarni tahlili asosida xulosa qilib aytish mumkinki: zamonaviy pedagogik texnologiyaning mohiyati ta’limni yuqori darajada samarali tashkil etish uchun maqsad va vazifalarni aniq belgilash, ta’lim natijasini oldindan qayd etish, o‘quv predmetlarini to‘liq o‘zlashtirishga erishish uchun zaruriy ta’lim vositalari, shart-sharoitlarini tayyorlash, oldindan qayd etilgan, aniq kafolatlangan natijaga erishishga qaratilgan zaruriy tadbirlar tizimini ishlab chiqish va ta’lim jarayonini unga rioya qilib tashkil etishdan iboratdir.
Dostları ilə paylaş: |