Pedagogik tizimning asoslari va tarkibiy qismlari Reja



Yüklə 26,71 Kb.
səhifə1/2
tarix20.10.2023
ölçüsü26,71 Kb.
#158033
  1   2
Pedagogik tizimning tarkibiy qismlari




Pedagogik tizimning asoslari va tarkibiy qismlari


Reja:
1.Pedagogik tizim tushunchasi va uning kmponentlari. Pedagogik jarayon pedagogik tizimning mohiyati.
2.Pedagogik tizimning tarkibiy qismlari va ular o‘rtasidagi bog‘liqlik.
3.Pedagogik tizim loyihasi va uni amalga oshirish yo‘llari.
Xulosa

Uzoq yillar davomida pedagogik texnologiya nazariyasi va amaliyoti bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan holda o‘rganib kelindi va u turli faoliyat doiraisda edi. Bugungi kunda mutaxassislarning ilmiy salohiyatini birlashtirishga mamlakatimizda ham imkoniyatlar mavjud. Nazariya va amaliyot birligining ta’minlanishi zamonaviy pedagogik texnologiyaning mohiyatini aniqlashga yo‘l ochadi.


Yangi pedagogik texnologiyani pedagogika fanining alohida tarmog‘i sifatida yoki faqat ta’lim amaliyotini maqbullashtirishga yo‘naltirilgan tizim deb qarash mumkin emas. Pedagogik texnologiya bu sohadagi nazariy va amaliy izlanishlarni birlashtirish doirasidagi faoliyat yo‘nalishlarini aniqlaydi. Bu erda izlanishning mohiyatini- pedagogik tizimni tashkil etuvchi elementlarni o‘rganish asosida yangilashdan iborat. Sababi, har qanday o‘quv-tarbiyaviy jarayonni tashkil etish u yoki bu pedagogik tizimni aks ettiradi.
Pedagogik tizim didaktik vazifa va ta’lim texnologiyasini o‘z ichiga oladi. Ta’lim-tarbiyaning maqsadi va mazmuni-didaktik vazifa; didaktik jarayon, o‘qituvchi va texnik vositalar, ta’lim-tarbiya shakllari usullari-ta’lim texnologiyasiga kiradi. Pedagogik amaliyotda didaktik vazifani ta’lim texnologiyasi yordamchi o‘quvchi, talaba o‘zlashtirib oladi.
Pedagogik texnologiyaning mohiyati shundan iboratki, u birinchidan, ta’lim-tarbiya jarayonini oldindan loyihalash va so‘ngra, sinfda, auditoriyada o‘quvchilar bilan birga loyihani qayta ishlab chiqishni nazarda ttadi. Bu masalani “didaktik vazifa”, “ta’lim texnologiyasi” tushunchalarini qo‘llash bilan hal etish mumkin.
Ikkinchidan, an‘anaviy pedagogikada metodik ishlanmalar o‘qituvchi dars o‘tishi uchun tuzilsa, pedagogik texnologiya-o‘quvchini o‘quv-bilish faoliyatining shakllari va mazmunini tasvirlaydigan ta’lim jarayoni loyihasini ishlab chiqishni taklif etadi.
Uchinchidan, pedagogik texnologiyaning muxim belgisi-maqsad hosil qilish jarayonidir. An‘anaviy pedagogikada “pedagogik maqsad” masalasiga nazariyachilar ham, amaliyotchilar ham kam e‘tibor beradi, maqsad-metodik adabiyotlarda ham noaniq ifodalanib, unga erishish darajasi ham sub‘ektiv baholanadi.
Pedagogik texnologiyada –pedagogik maqsadni aniqlash asosiy muammo bo‘lib, maqsadni diagnostik ifodalash, bilim o‘zlashtirish sifatini ob‘ektiv baholash nazarda tutiladi.
Nihoyat to‘rtinchidan, ta’lim-tarbiya jarayonlari tuzilishi va mazmuni jixatidan yaxlitligi-pedagogik texnologiyani ishlab chiqish va amalga oshirishning muhim printsipi hisoblanadi. Yaxlitlik printsipi, shuningdek, ta’limning har turi bo‘yicha bo‘lajak pedagogik tizimning loyihasini ishlab chiqayotganda pedagogik tizimning barcha elementlari (chorak, semestr, o‘quv yili davomida ham, shuningdek butun ta’lim davomida ham) o‘zaro ta’sirda bo‘lishiga erishish zarur.
Pedagogik tizimning bir elementi, masalan maqsadi o‘zgarsa uning boshqa qismlari (mazmuni, shakllari, jarayonlar) ham o‘zgaradi.
“Kadralar tayyorlash Milliy dasturi” jamiyat , davlat va oila oldida o‘z javobgarligini xis etadigan har tomonlama rivojlangan shaxsni tarbiyalashni asosiy maqsad qilib qo‘ydi. Demak, Milliy dastur bizda ta’lim va tarbiya sohasidagi davlat buyurtmasi sifatida qabul qilinayapti. Faqat ijtimoiy (davlat) buyurtmasigina ta’lim va tarbiyaning umumiy maqsad va vazmfalarini aniq belgilab beradi yoki oliy (umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar) ta’lim uchun pedagogik tizimning mavjudlik shartlarini kafolatlaydi.
Quyida barcha ta’lim turlari uchun umumiy bo‘lgan pedagogik tizimi loyihasini misol qilib keltirishimiz mumkin.
Ta’lim sohasida olib borilgan ilmiy-tadqiqot ishlarining natijasi har qanday pedagogik tizim o‘zaro bog‘liq bo‘lgan quyidagi invariativ elementlardan tashkil topishini ko‘rsatib beradi: 1-talabalar; 2-ta’lim /tarbiya/ maqsadlari; 3-ta’lim /tarbiya/ mazmuni; 4-didaktik jarayon; 5-tashkiliy shakllari; 6-pedagog.
Bu pedagogik tizim, har qanday nazariyaga xos bo‘lgani kabi, quyidagi ikki tushunchani qamrab oladi: didaktik masalalar va ularni amalga oshirishning pedagogik texnologiyasi. Didaktik masalalar pedagogik tizim doirasida inson faoliyatining har qanday sohasi kabi aniq maqsad va unda erishish uchun shart-sharoitlar hamda bu faoliyatlar uchun axborotlar (mazmun) bo‘lishi kerak.
Didaktik masalalarni hal etish maqsadi shaxs sifatlarini shakllantirish uchun zarurat bo‘lsa, shart-sharoitlar-talabalarning boshlang‘ich sifat ko‘rsatkichlari, axborot esa o‘quv predmetining mazmunidir.
Har bir didaktik masala pedagogik tizmda o‘ziga mos keladigan PT elementlari bilan hal qilinadi, ular: didaktik jarayon pedagog yoki o‘qitishning texnik vositalari hamda o‘qitishning tashkil qilish shakllari. Yuqorida ijtimoiy buyurtma yo‘nalishi didaktik masalalarga qaratilgan va bu bejiz emas: ta’lim har doim jamiyat talablarini qondirishga xizmat qiladi va u ongli ravishda yoki intiutiv (ichki his blan, sezib) trzda tez yoki sekinlik bilan bu talablarga mos holda tuzatila boriladi.
Shuni alohida ta’kidlash zarurki, pedagog-metodistlar hozirga qadar didaktik masalalarni aniq ifodalashga va unga mos keladigan PTni ishlab chiqishga kam e‘tibor berayotirlar. Shu nuqtai nazardan Milliy dastur ijtimoiy buyurtma sifatida yangi PTn yaratish va amaliyotga joriy etish majburiyatini yukladi.
PTga “yangi” so‘zining qo‘shib ishlatilishi nazariyani olimlar va o‘qituvchilarni bir qadar o‘ulantirib qo‘ydi, endilkda ta’lim-tarbiya jarayonini loyihalashga eskicha yondashish mumkin emasligini anglab etmoqdalar. Shunday ekan PTni qanday yangilash mumkin? E‘tiborni yuqorida keltirlgan pedagogik tizim tuzilishiga qarataylik. Bu tizimga uzluksiz ravishda ijtimoiy buyurtma o‘z ta’sirini ko‘rsatadi va ta’lim tarbiya maqsadini umumiy holda belgilab beradi. “Maqsad” (2) esa pedagogik tizimning bosh bo‘g‘ini hisoblanib, u qolgan elementlarni o‘z navbatida yangilash zaruriyatini keltirib chiqaradi. “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” ta’lim-tarbiyaning maqsadini yangi yo‘nalishga burdi, ya’ni “O‘tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to‘la xolos etish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida yuksak ma’naviy va ahloqiy talablarga javob beradigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash” deb belgilanadi. Demak, ta’lim-tarbiyaning maqsadi yangilandi, unga mos holda mazmunning yangilanishi tabiiydir. Ta’lim mazmuni o‘quv dasturlari, qo‘llanma va dasrliklard o‘z ifodasini topadi. Shu munsoabat bilan fan sohalari bo‘yicha ta’lim mazmunini ishlab chiqish ishlari amalga oshirldi.
Pedagogik tizimda didaktik masalalarning o‘z echimlarini topishi Milliy dastur g‘oyalarini ro‘yobga chiqarishning muhim bosqichidir.
Agar pedagog qo‘lida bilimga chanqoq, iqtidorli talaba o‘quvchilar, fan maqsadiga mos mazmun-dastur, o‘quv qo‘llanma, darsliklar mavjud bo‘lsa, u didaktik jarayonni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun bilish faoliyatining tashkiliy shakllaridan samarali foydalanib yangi PTni amaliyotga izchil va ketma-ket joriy etishi mumkin.
Shunday qilib, ta’lim taraqqiyotining xaqqoniy xarakatlantiruvchi kuchi sifatida mavjud didaktik masalalar va unga mos keladigan pedagogik texnologiya asosida oqilona qurilgan pedagogik tizim xizmat qiladi.
O‘qish, o‘qitish-inson faoliyatining boshqa sohalari singari ijtimoiy foydali faoliyatdir, garchi uning samarasi darxol bevosita ko‘zga tashlanmasa ham. Iqtisodiy tuzumlar nima ishlab chiqarayotgani bilangina emas, balki qanday ishla chiqarayotgani va qanaqa mehnat qurollari blan ishlab chiqarayotganligi Bilan biri ikkinchisidan farqlanadi, degan g‘oya o‘qish-o‘qitish faoliyatiga ham taalluqlidir.
Hozirgi paytda O‘zbekiston Respublikasini rivojlangan davlatlar darajasiga chiqarish maqsadida “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, “Ta’lim to‘g‘risidagi qonun” qabul qilindi. Ta’lim O‘zbekiston davlati siyosatining ustivor sohasiga aylandi, ulkan ishlar rejlashtirilmoqda, davlat byudjetidan bu soxaga katta mablag‘lar ajratilmoqda. Milliy dasturda rivojlangan mamlakatlar darajasida raqobatbardosh, yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarni egallagan, yuqori malakali kadrlar tayyorlash maqsadi kun tartibiga qo‘yildi.
Hozirgi kunlarda ko‘pchilik sinf xonalariga kirib ta’lim jarayonini kuzatgan kishi mavjud pedagogik tizim birinchi va ikkinchi bosqichlarga xos ekanligiga ishonch hosil qiladi. Vaholanki, hozirgi paytda ayrim umumiy ta’lim maktablarida pedagogik tizimni uchinchi, to‘rtinchi bosqichlar darajasida tashkil etish uchun imkoniyatlar, shart-sharoitlar mavjud.
Shuni ta’kidlash lozimki, kompyuterlarni sotib olib, sinf xonasiga o‘rnatish bilan o‘qitishning beshinchi bomqichi vujudga kela qolmaydi. Pedagogik texnologiyani loyihalash va qo‘llash yaxlit jarayonligini doimo yodda tutish va uni amalga oshirishga xarakat qilish, intilish lozim. Agar pedagogik tizimda ta’limning texnik vositasi sifatida kompyuter ishlatiladigan bo‘lsa, pedagogik tizimning boshqa elementlari ham shunga mos ravishda tashkil etilishi kerak, shundagina kompyuterning barcha didaktik imkoniyatlarini yuzaga chiqaradigan yangi, takomillashgan pedagogik texnologiya hosil bo‘ladi.

Xulosa
Pedagogik tizimlarni boshqarishni tashkil etish samaradorligining asosi o‘rta ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonidagi rasmiyatchilik elementlarining oldini olish va bartaraf etishdir.
Pedagogik menejmentning ushbu sohasidagi asosiy asosiy tushunchalar. Pedagogik boshqaruvdagi rasmiyatchilik - jonli biznesga nisbatan qog‘oz ishlab chiqarishni afzal ko‘rish, rejalashtirish, tashkil etish, kuzatish, tahlil qilish va ijrochilarning samaradorligini baholashga tizimli, kompleks yondashuvni buzish.
O‘qitishda rasmiyatchilik - qoidalarni, qonunlarni, ta’riflarni ularni tushunish va amalda ongli ravishda yo‘q qilishga zarar etkazuvchi mexanik, o‘ylamasdan yodlab olishga intilish.
Ta’limda rasmiyatchilik - ta’limda og‘zaki usullarni afzal ko‘rish (va vizual va amaliy emas), ishning ommaviy shakllari (va individual yondashuv emas), ta’limning muayyan sohalari (va integratsiyalashgan yondashuv emas), o‘quvchilarning tashabbuskorligi va mustaqilligini bostirish (direktiv ta’lim).
O‘quv jarayonini rejalashtirishda rasmiyatchilik - haqiqiy vaqtni, ijrochilarning haqiqiy imkoniyatlarini, rejalashtirilgan tadbirlarning maqsadga muvofiqligi va maqsadga muvofiqligini hisobga olmagan holda rejalashtirilgan tadbirlarning ko‘pligi.
O‘quv va bilim faoliyatini tashkil etishda rasmiyatchilik talabalar, birinchi navbatda, ta’lim va tarbiyaning hayot bilan bog‘liqligi, aqliy mehnatni tashkil etishning psixologik va fiziologik talablari bilan bog‘liqligi tamoyiliga e'tibor bermaslikda.
O‘quv jarayonini kuzatishda rasmiyatchilik - shaklni faoliyat mazmuniga, bir martalik miqdoriy ko‘rsatkichlarga - sifatli, eskirgan me'yorlar va ko‘rsatmalarga nisbatan - tekshirilayotganning haqiqiy va maqsadga muvofiq harakatlariga nisbatan qo‘yish istagidir.


Yüklə 26,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin