a) Bolajonlarim dadajoningiz hozircha maoshidan bitta mashina olib
kelibdi, yana maosh olganda albatta hammangga yetadigan qilib o’yinchoqlar olib
keladi.
b) Astagina borib mashinani olib qo’yibdi va debdi: “Agar o’yinchoqqa
talashadigan bo’lsanglar, bu o’yinchoqni ham olib qo’yaman”.
v) Men Sizlardan xafa bo’ldim. Endi dadangizga aytaman, hyech qachon
sizlarga o’yinchoq olib kelib bermaydi.
Tahlil: Birinchi holat. Anvar aka o’yinchoq mashina olishdan oldin bir
o’ylab ko’rish kerak edi. Bunga sabab oilada 3 nafar farzand, ular ichida qiz bola
ham bor. Anvar aka oiladagi farzandlarining ko’proq qismi o’g’il farzandlar
ekanligini e’tiborga olib bu ishni qilgandir, ammo farzandlar orasida qo’pol
munosabatlar (mashinani talashib qolish va natijada ular og’zidan so’kinish yoki
yoqalashib ketishi holatlari) ning paydo bo’lishi ham yaxshi holat emas. Chunki
farzandlar orasidagi so’kinish yomon illat yoki ular bir – biriga mashinani otib
yuborib tan jarohati olish holatlari ham uchrab qolish mumkin. Eng achinarlisi
bunday farzandlar tarbiyasida salbiy holatlar yuz beradi va ular ma’naviy jihatdan
yetuk bo’la olmaydilar.
Ikkinchi holat. Anvar akaning o’yinchoq mashina olib kelganini ko’rgan
Hilola opa darrov hushyor tortish kerak edi va “bu mashinaga farzandlari talashib
qolsa, ular o’rtasidagi iliqlik yo’qoladi-ku”, - deb o’ylash kerak edi va Anvar
akaga: “bu o’yinchog’ingizni yanagi maoshingizgacha bolalaringizga bermay
turaylik, keyingi maoshingizdan qolgan farzandlarimizga ham yetadigan o’yinchoq
olib kelganingizdan keyin, hammasini birdan hursand qilamiz”, deyish kerak edi.
Yoki oiladagi farzandlarini to’plab quyidagi fikrni ham ayta ham bo’lar edi:
“Bolalarim dadajoningiz bugun maosh olibdi va hozircha bittagina o’yinchoq
mashina olibdi, keyingi maoshidan yana sizlarga o’yinchoqlar olib kelar ekan.
Agar urushmasdan, talashmasdan o’ynaymiz deb va’da bersalaring o’yinchoqni
beramiz, agarda bunday va’dani bera olmasalaring, o’yinchoqni dadajoningizning
yanagi maoshigacha, ya’ni o’yinchoqlarni hammaga yetadigan qilib olib
kelmaguncha yashirib qo’yamiz”.
Ushbu mazmundagi masalani guruhni ikkiga bo’lib olib, kichik guruhlar
hosil qilib, ularning navbatma – navbat fikrini eshitish ham yaxshi natija beradi.
Mashg’ulot oxiridagi xulosangizda bolalar o’rtasidagi intiboqlik narsani
o’rtada baham ko’rish ijobiy xislat ekanligini va qo’pollik esa yomon illat ekanligi
o’qtirilsin.