muammoni aniqlash va aniq ifodalashni shakllantiradigan keyslar; bunday
keyslarning maqsadi – vaziyatga tashxis qo‘yish va ko‘rsatilgan muammo bo‘yicha
mustaqil qaror qabul qilishdan iborat;
-
o‘quv vaziyatlar – oldingi variantdan murakkabroq vaziyat
tavsiflanadigan muammo yetarlicha aniqlanmagan bo‘lib, statistik ma’lumotlarda,
jamoaviy fikrlar, hukumat organlari va boshqalar bahosida taqdim etilib, muammo
ifodalanmagan keyslar; bunday keyslarning maqsadi –
muammoni mustaqil
aniqlash, mavjud ashyolarni tahlil qilish bilan uni muqobil yechimlarini
ko‘rsatishdan iborat;
- aniq sodir bo‘lgan vaziyat tavsiflanadigan, undan chiqish yo‘lini topish
taklif etiladigan amaliy mashqlar; bunday keyslarning maqsadi – muammoni
yechish yo‘llarini izlashdan iborat.
Keyslar bilan ishlashda o‘qituvchi xulqida mumkin bo‘lgan uchta
strategiyasi mavjud:
1. O‘qituvchi qo‘shimcha savollar yoki (qo‘shimcha)
axborot shaklida
yechishga kalit beradi.
2. Aniq bir sharotlarda o‘qituvchining o‘zi javobni beradi.
3. Muammo ustida kimdir ishlayotgan vaqtda, ularda «g‘oya paydo
bo‘lishi»ga haloqit qilmasdan, o‘qituvchi hech nima qilmasligi (jimgina o‘tirishi)
mumkin.
O‘quv vaziyatlarni tahlil qilish mobaynida o‘qituvchi «faol» yoki «passiv»
rol egallashi mumkin. Ba’zan, u tahlilga «dirijorlik» qiladi, ba’zan esa munozarani
yakunlash bilan chegaralanadi. Isbotlashning ajoyib yo‘lini ko‘rib, uni qo‘llab-
quvvatlashi yoki hatto boshqalarni
muhokama maydonidan chiqarib, shu yo‘lni
ustivor bo‘lishiga qat’iy turadi.
«Keysni sinfda tahlil qilib, men odatda qanday
yechimni to‘g‘ri hisoblashimni aytaman, so‘ngra talabalardan meni nuqtai
nazarimdan bo‘sh tomonini topishni so‘rayman. Bu ularga muammoga shaxsiy
nuqtai nazarni ishlab chiqishga yordam beradi»-degan edi Piter Ekman.
Vaziyatli masalalarni yechish jarayoni doimo o‘quvchini o‘quv
jarayonining
chegarasidan, ijtimoiy amaliyot fazosiga «chiqishini» ko‘zda tutadi.
Boshqacha aytganda, bunday jarayonda o‘quvchilarni faol jamoaviy faoliyatga
kirish shartlari yaratiladi.
O‘quvchilarning faol faoliyatga kirishishi amaliy
kompetentlikni-bazaviy
ko‘nikma, malaka va harakat qilishga tayyorgarligini rivojlantirishga imkoniyat
beradi.