Pedagogika fakulteti 5119900-pedagogika va psixologiya ta’lim yo`nalishi


III. 2. BOB MAKTABGACHA TA’LIM YOSHIDAGI BOLALARNING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI



Yüklə 151,5 Kb.
səhifə4/9
tarix12.05.2023
ölçüsü151,5 Kb.
#111915
1   2   3   4   5   6   7   8   9
qrq yekk

III. 2. BOB MAKTABGACHA TA’LIM YOSHIDAGI BOLALARNING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI.
2.1. MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING PSIXIK RIVOJLANISHI.
Go‘daklik va maktabgacha yoshning psixologik xususiyatlari

1. Go‘daklikdagi psixologik rivojlanish asoslari va xususiyatlari
CHaqaloqlik (tug‘ilganidan boshlab bir-ikki oylikkacha). Bola ko‘pchilik jonivorlarning bolasiga qaraganda ancha ojiz tug‘iladi. U nisbatan cheklangan xulq-atvor, tashqi olamga moslashishning muqarrar-reflektor shakllari jamg‘armasiga ega bo‘ladi. Tug‘ma xulq-atvor shakllarining kamligi bola kuchsizligini emas, kuchini tashkil etadi – u deyarli cheksiz aqliy rivojlanish, xulq-atvorning yangi shakllariga ega bo‘lishning yangi tajribalarini o‘zlashtirish imkoniga sohib bo‘ladi. CHaqaloq rivojlanishining farqli xususiyatlari shuki, uning analizatorlari faoliyati somatik (jismoniy) harakatlarga qaraganda tezroq shakllanadi. SHu asosda munosabat refleksi rivojlanadi va xilma-xil shartli reflektor aloqalari shakllana boshlaydi. CHaqaloqlik davri oxiri va go‘daklikning boshlanishida «tetiklanish kompleksi» - kattalarnnig paydo bo‘lishiga munosabat bildirish paydo bo‘ladi.

Go‘daklikda (bir-ikki oylikdan bir yoshgacha) go‘dak to‘laligicha kattalarga bog‘liq bo‘ladi (uni ovqatlantirishadi, Yuvintirishadi, yo‘rgaklashadi, ag‘darib qo‘yishadi, qo‘lga olishadisayr qildiri-shadi, allalashadi, gapirishga, Yurishga o‘rgatishadi va h.k.). ²ayotining birinchi yili so‘ngiga kelib go‘dak ayrim so‘zlarni tushunadi va ilk so‘zlarni ayta boshlaydi. Tasodifan odamlar davrasidan chiqib qolgan inson bolasi o‘z rivojlanishida insoniy imkoniyatlar darajasigacha ko‘tarila olmaydi. Faqat ijtimoiy muhit va ta’lim natijasidagina bolada insonlarcha his qilish va fikrlashga qodir shaxsiyat shakllanadi. Go‘daklik so‘ngida bolalar kattalarga taqlid qila boshlaydilar. Maqsadli harakat va taqlid intensiv rivojlanayotgan intellektdan (aqliy faoliyatdan) dalolat beradi. Bola harakat jarayonida, o‘zining va boshqalarning harakatlariga taqlid qilib, fikrlashga o‘rganadi.


Yüklə 151,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin