Pedagogika fakulteti 5119900-pedagogika va psixologiya ta’lim yo`nalishi



Yüklə 151,5 Kb.
səhifə1/9
tarix12.05.2023
ölçüsü151,5 Kb.
#111915
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
qrq yekk


PEDAGOGIKA FAKULTETI


5119900-PEDAGOGIKA VA PSIXOLOGIYA
TA’LIM YO`NALISHI


«RIVOJLANISH PSIXOLOGIYASI VA PEDAGOGIK PSIXOLOGIYA» fanidan


«MAKTABGACHA TA’LIM TARBIYALANUVCHILARIDA MEHNAT KO’NIKMALARIDA SHAKILLANTIRISH » mavzusidagi





Bajaruvchi: 201-guruh talabasi To’xtayev.M.Sh
Ilmiy rahbar: Ishonqulova.N


Kafedra mudiri: dots.M.Salaxutdinova

Kurs ishi Pedagogika kafedrasida 2020-yil 20-mayda himoya qilindi va ______ foizga baholandi.




MUNDARIJA.
KIRISH.
I BOB. MAKTABGACHA TA’LIM YOSHIDAGI BOLALAR PSIXOLOGIYASI.
1.1. Maktabgacha Ta’lim Yoshidagi Bolalarning Rivojlanishi Va Mehnatsevarlik Tarbiyasi.......................................................................................................
1.2. Mehnat- bola qobiliyatini shakillantiradi...........................................................................................
II BOB MAKTABGACHA TA’LIM YOSHIDAGI BOLALARNING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI.
2.1. Maktabgacha Yoshdagi Bolalarning Psixik Rivojlanishi...................................................................................................
2.2. Mehnat Faoliyati Jarayonida Bolalarni Aqliy Tarbiyalash....................................................................................................
XULOSA.
FOYDALANGAN ADABIYOTLAR.

KIRISH.
Mavzuning dolzarbligi: Maktabgacha ta'lim tizimini qayta qurishning asosiy yo'nalishlaridan biri bolaning xususiyatlari, imkoniyatlari, layoqati va qobiliyatlarini e'tiborga olgan holda uni shaxs sifatida mukammal rivojlantirishga qaratilgan ta'limdir. Shuning uchun bizning asosiy vazifamiz maktab yoshigacha bo'lgan bolalarni bilimga undash, faollikka chaqirish, amaliy faoliyatning har bir turida matematik tushunchalarning muhimligini ko'rsatish, fikrlashga o'rgatishdan iboratdir.
Maktabgacha ta’lim davrida bolalarni jismoniy tomondan tarbiyalashning asosiy maqsadi bolalardagi turli ko‘nikma va malakalarni shakllantirish, ulardagi kuchlilik, tetiklik, chaqqonlikni amalga oshirish, ziyraklik kabi jismoniy sifatlarni rivojlantirishdan iboratdir. Agar yangi tug‘ilgan hamda maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarga beriladigan tarbiya asosan ularni ovqatlanishi gigienalarini tartibga solish va sezgi organlarini rivojlantirishga qaratilgan bo‘lsa, maktabgacha yoshidagi bolalarga beriladigan tarbiya ularning murakkab harakatlarini takomillashtirish, elementar gigiena, madaniy va mehnat malakalari hosil qilish, nutqlarini o‘stirish hamda ijtimoiy axloq va estetik didning dastlabki kurtaklarini yuzaga keltirishga qaratilgandir. Demak, asosan maktabgacha yoshidan boshlab bolaning bundan keyingi butun shaxsiy hayoti davomida tarkib topa boradigan individual hususiyatlari ham yuzaga kela boshlaydi.Ana shu sababli ham insonning har tomonlama kamol topa borishi va xususan , psixik jihatdan maktabgacha yoshidagi davrida olgan ta’lim tarbiyasiga bog‘liqdir. 2.Bolalarning har tomonlama rivojlanishini ta’minlashga qaratilgan pedagogik jarayon murakkab va rang – barangdir. Tarbiya masalalari ta’lim - tarbiya ishining tashkiliy shakllari, bolalar faoliyatining har xil turlari : mashgulotlarda ta’lim berish orqali, ijodiy va qoidali o‘yinlar, bolalarning mustaqil faoliyati, ularning o‘z mehnati va kattalar mehnati bilan tanishtirish, o‘z-o‘ziga xizmat qilish, sayrlar, gigienik tadbirlar orqali amalga oshiriladi.
O`zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimov haqli ravishda ta’kidlaganidek, -“Tarbiya sohasi islohati bugungi kunning eng dolzarb, ertangi taqdirimizni hal qiluvchi muammodir”. Darhaqiqat, huddi shunday. Biz tarixda misli ko‘rilmagan yangi jamiyat qurmoqdamiz. Bu jamiyatning tamal toshini qo‘yish bizning zimmamizga tushgan ekan, uni bajarish mas’uliyatini to‘g‘ri anglash, vijdon amri bilan ado etish g‘oyat murakkab va sharafli burchdir. Ziyolilar bu burchni qanchalik iftixor bilan ado etsalar, mustaqil imoratni poydevori shunchalik baquvvat bo‘ladi. CHunki ziyolilar, ayniqsa pedagogika sohasining vakillari ertamizning umidi, davlatimizning kelajagi bo‘lgan yoshlarni tarbiyalaydilar. Tarbiya, ayniqsa inson tarbiyasi bugunimiz emas, balki kelajagimizning ham hayot – mamot ishidir. Hozirgi yosh avlod to‘g‘ri tarbiya topsa, mustaqillik istiqbolini to‘g‘ri tushunsa, shubhasiz, erishgan yutuqlarimiz davomiyligi uzilmaydi. Fikrimizcha, insonni shaxs bo‘lib shakllanishiga elituvchi psixologik sifatlarning poydevori oiladan boshlanadi. Oilalarda tashkil etilayotgan tarbiya o‘zining tub mohiyatiga ko‘ra milliy xususiyatlarni namoyon etish bilan birga ijtimoiy oila tarbiyasi ijtimoiy pedagogikaning muhim yo‘nalishi sifatida o‘rganildi. Oila, turmush va vijdon qonunlari asosida quriladi. O‘zining ko‘p asrlik mustahkam va ma’naviy tayanchlariga ega. O‘zbeklarning aksariyati o‘zining shaxsiy farovonligi to‘g‘risida emas balki, oilasining qarindosh–urug‘lari va yaqin odamlarini, qo‘shnilarining omon esonligi to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilishini birinchi o‘ringa qo‘yadi. Bu esa eng oliy darajada ma’naviy kadriyat, inson qalbining gavharidir. Oilaning jamiyat va davlat oldidagi eng birlamchi va asosiy vazifasi unda voyaga etayotgan farzandlarni barkamol inson qilib tarbiyalashdir. Tarbiyachi ertalabki badantarbiya, jismoniy mashg‘ulotlari, o‘yinlar, salomatlik kunini tashkil qilish usullarini mukammal bilishi shart.

Yüklə 151,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin